Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Yuza suvlar
- joylashgan chuqurligi 0,5—1 metrgacha. Bu 
manbalar yer sathiga yaqin joylashgan suv o‘tkazmaydigan qatlam 
ustida bo‘lib, atmosfera yog‘inlari hisobiga to‘ldirib turiladi. Bunday 
suv tarkibida tuproqdan yuvilib o‘tgan iflosliklar (mikroorganizmlar, 
kimyoviy moddalar) boladi, shuning uchun gigiyenik nuqtai-nazardan 
yuzaki suvlar xo‘jalik-ichimlik ta’minoti foydalanishga yaroqsiz 
hisoblanadi. Bunday suvlar Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog‘iston 
viloyatlarida uchrashi mumkin. Bu tumanlardagi aholi o‘rtasida 
muntazam ravishda hattoki juda tiniq bo‘lsa ham ichish uchun yaroqsiz 
ekanligi haqida tushuntirish ishlarini olib borishni taqozo etadi. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
87 
Sizot suvlar
— yer ostidagi bir necha gorizont (qavatlar)da joylashishi mumkin, ularning 
chuqurligi esa 5—30 m ni tashkil qiladi. Bu manbalar ham atmosfera yog‘inlari hisobiga hosil 
bo‘ladi, biroq qalin yer qatlami orqali sizilib o‘tishi jarayonida iflosliklardan tozalanadi, shuning 
uchun undan maqsadli tarzda foydalanilganda mahalliy suv ta’minoti uchun yaroqli hisoblanadi. 
Artezian suvlari
. Bunday suvlar ikki turda bo‘ladi - bosimli va 
bosimsiz artezian suvlari. Artezian suvlari tog‘lardagi abadiy muzliklar 
va qorliklardan erigan suv hisobiga hosil bo‘lib, yer osti bo‘ylab bir 
necha o‘n km va yuz kilometrlargacha cho‘zilishi mumkin. Artezian 
suvlari katta chuqurliklarda to‘planadi (50-60 m dan bir necha yuz 
metrgacha). Bu suv manbalari o‘zidan suv o‘tkazmaydigan yer 
qatlamlari ustida joylashgan bo‘lsa bosimsiz, ikkita qatlam o‘rtasida 
joylashgan bo‘lsa, bosimli suv manbayi bo‘lib qoladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi artezian suvlari asosan 
tog‘lardagi abadiy muzlik va qorliklarning erishidan hosil bolgan suvlar 
hisobiga bo‘lib, ularning zahiralari tekisliklarda joylashgan. Artezian suvlarining sanitar nuqtai-
nazardan ustunligi juda kattadir; bu suvlar juda kam holatlarda uning sifatini yaxshilash lozimligini 
talab etadi, nisbatan barqaror kimyoviy tarkibga ega, bakterial tarkibi bo‘yicha esa tabiiy toza va 
yuqori darajadagi tiniqlikka egadir. Bunday suvlar rangsiz, ta’mi esa juda yoqimli. 
Yuqori yer qatlamlarida joylashgan ifloslangan suvlardan o‘tgan bo‘lishi mumkin, bu 
qatlamga esa quduq atrofidagi iflosliklarning so‘rilishi oqibatida uning tarkibi o‘zgarishi mumkin. 
Artezian suvlari unchalik katta bo‘lmagan suv tarqatish tarmoqlari uchun bemalol 
foydalanilishi mumkin, masalan, kasalxonalarning suv ta’minotini ta’minlash maqsadida. 
Agar tog‘li jinslarida yorilish yoki tirqishlar hosil bo‘lgan bo‘lsa, u 
holda abadiy muzlik va qorliklardan erigan suvlar ana shu yoriqlar va 
tirqishlar orqali tog‘ 
buloqlar
ini hosil qilishi mumkin hamda bu 
manbalardagi suvdan tog‘li sharoitda yashovchi aholi bemalol foydalana 
oladi. Bunday buloq suvlaridan quvvati unchalik katta bo‘lmagan suv 
tarqatish tarmog‘i uchun foydalansa bo‘ladi. Buloq suvlari qoida 
bo‘yicha yaxshi sifat ko‘rsatkichlariga ega va undan foydalanganda 
ularga qo‘yiladigan asosiy talablar buloq suvlarining yuzaga chiqadigan 
joylarini ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ladi. 
Yuza suvlarining tozaligi va qisman yer osti suvlarining ham 
atrofidagi hududning sanitar holati bilan aniqlanadi. Shuning uchun suv manbasidagi suv olish joyi 
atrofida sanitar himoya zonasini tashkil etish qabul qilingan. Sanitar himoya zonasi (SXZ) bu suv 
inshoati va suv tozalash va uzatish inshootlari atrofidagi hudud bo‘lib, yerda belgilangan sanitar 
tartibiga rioya qilinishi lozim. SXZ, 3 ta zonaga bo‘linadi 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish