Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Fermentatsiya deb
- produtsentni kultivatsiya 
qilish (o‘stirish) va maksiml darajada antibiotikni hosil qilinishiga aytiladi. Antibiotiklar 
mikroorganizmlar tanasida sintezlanadi yoki kultural suyuqlikda biosintez jarayonida ajraladi. 
Fermentatsiya jarayoni uchun asosiy jihoz bo‘lib, fermenterlar hisoblanadi. Ularning hajmlari 
turlicha, hatto 100 000 litrgacha bo‘lishi mumkin. Fermenterlar isitish va sovutish sistemalari, 
sterillangan havo aralashmasini berish, aralashtirgich, ovqatli muhit va kultural suyuqlikni kiritish 
va chiqarish mexanizmlari bilan jixozlangan. Texnologik jarayonning mazkur bosqichi 
qo‘llanadigan jixozlarning germetikligi bilan ta’riflanadi. Bunda havo muhitining antibiotiklarni 
biosintezlash uchun qo‘llanadigan moddalar, hamda fermentatsiya jarayonining yakuniy bosqichi 
bo‘yicha hosil bo‘ladigan biomassa bilan ifloslanish mumkinligi amalda bartaraf qilingan. 
Antibiotiklarning kultural suyuqlikda bo‘ladigan juda ko‘p moddalar bilan birikib, erimaydigan 
birikmalarni hosil qilishi, konsentratsiyani oshirish uchun hamda undagi aralashmalarni to‘liq 
cho‘kishini ta’minlash maqsadida, suyuqlikni suyuqlikning Rn 1,5-2,0 bo‘lguncha shovul va xlorid 
kislotasi bilan nordonlashtiriladi. Ishlov berilgan kultural suyuqlikni mitseliyalar va cho‘ktirilgan 
ballast moddalardan holi qilish uchun «nativ eritma» deb ataluvchi tiniq filtrat olinguncha suziladi 
(filtrlanadi). Ishlov berilgan filtral suyuqlik suzish ochiq turkumdagi romli filtr- presslarda amalga 
oshiriladi, natijada nativ eritmaning sochilishi yuzaga keladi. Filtr-presslarga mahsulotni qo‘lda 
solishda ishchilar, tarkibida antibiotiklari bo‘lgan kultural suyuqlik bilan aloqada bo‘lishi mumkin. 
Antibiotiklarni olishning keyingi bosqichi ajratish va kimyoviy tozalash hisoblanadi. Mazkur 
bosqichda antibiotikli eritmani konsentrlash va tozalash shunday bo‘lguncha olib boriladiki, toki 
undan tayyor dori preparatini olish mumkin bo‘lsin. Nativ eritmada antibiotiklarning miqdori juda 
kam, shuning uchun uni toza holda ajratib olish, tozalash va tayyor dori shakliga keltirish - juda 
murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan jarayondir. Masalan, 1 kg antibiotik olish uchun 600 
litrga yaqin kultural suyuqlikni qayta ishlash kerak bo´ladi. Antibiotiklarni ajratib olish va kimyoviy 
tozalashdan o‘tkazishda quyidagi usullardan birini qo‘llash mumkin: 1) turli eritmalardan, 
foydalanish bilan ekstraksiya qilish usuli; 2) cho‘ktirish usuli; 3) ion almashtirish usuli. 
Antibiotiklarni biosintezlashda ekstraksion va ion almashtirish usuli keng qo‘llanishga egadir. 
Oxirgi yillarda antibiotiklarni ajratish va tozalashdagi ion almashtirish 
usulidan 
boshqa 
turdagi 
dori 
preparatlarini 
olishda 
ham 
foydalanilmoqda. Bu usulning asosiy ustunligi shundan iboratki, bunda 
zaxarli va portlashga xavfli eritmalardan foydalanishga umuman xojat 
qolmaydi: usul iqtisod tomonidan ham foydali, chunki uning 
texnologiyasi oddiy va qimmatbaho jixozlar va xom-ashyolarni talab 
qilmaydi. Nativli eritmadan antibiotiklarni ekstraksiya qilish ekstraktor-
separatorlarda amalga oshirilib, uning asosiy kamchiligi ekstraktorlarga 
mahsulotni qo‘lda solinadi, natijada mazkur sex havosi eritmalar bilan 
ifloslanishi mumkin. Masalan, tetratsiklin va oksitetratsiklikni ishlab 
chiqarishda izooktanol moddasi bilan havo muhiti ifloslanishi mumkin. Antibiotiklarni ajratish va 
kimyoviy tozalash jarayonida qo‘llanilayotgan jixozlarning yaxshi takomillashtirilmaganligi tufayli 
havo muhitiga eritmalardan tashqari olein kislotasi, natriy ishqori, shovul kislotasi, butil va etil 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
71 
spirtlari, butilatsetat va b.q tushishi mumkin. Ionli sorbsiyalash usuli shundan iboratki, nativ eritma 
sulfokationit SBS-3 solingan ion almashtiruvchi kolonnalarga markazdan qochuvchi nasoslar 
yordamida uzatiladi. Ion almashinishi natijasida antibiotik ionitlarga sorbsiyalanadi, so‘ngra uni 
ammiak-boratli bufer eritmada desorbsiya qilinadi. 
Bu usul cho‘ktirish va ekstraksiya qilish usuliga qaraganda bir qator ustunliklarga ega. 
Cho‘kmalar bilan ishlashda qo‘l mehnatini talab qilmaydi, bu shu o‘rinda ishchilarni 
konsentrlangan eritmalar va cho‘kmalar va antibiotik qoldiqlari bilan bo‘ladigan aloqaga chek 
qo‘yadi. Bundan tashqari bu usulda zaxarli organik eritmalardan foydalanilmaydi. Kimyoviy 
tozalash jarayonida olingan pastasimon mahsulot, keyinchalik quritiladi va elashdan o‘tkaziladi.
Antibiotiklarni ishlab chiqarishdagi quritish jarayoni juda muhim ro’l o‘ynaydi, chunki uni 
to‘g‘ri tashkil qilish ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatini belgilaydi. Kristall holida 
olinadigan va ma’lum namlikka ega bo‘ladigan termostabil antibiotiklar vakuumli quritish 
shkaflarida quritiladi. Kimyoviy tozalashdan keyin suvli konsentratlar ko‘rinishida olinadigan 
antibiotiklar bug‘lantiruvchi-quritish agregatlar va vakuum-sublimatsiyali quritgichlarda quritishga 
duchor qilinadi. Quritish bo‘limida mahsulotlarni shkaflarga solish va chiqarishda qo‘l mexnatining 
ishlatilishi, bu bo‘limdagi texnologik jarayonning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Bu operatsiyalarni 
bajarish, hamda kukunsimon dori massasini aralashtirish va quritish agregatlarining, ish tartibini 
nazorat qilish, ishchilarni antibiotik changlari bilan aloqada bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi. 
Quritish shkaflarining ytarlicha germetik yopilmaganligi ishlab chiqarish xonalari havosiga ayrim 
zaxarli moddalarning chiqarilishiga yordam beradi va bu moddalarning qoldiq konsentratsiyalari 
antibiotiklar tarkibida ham bo‘lishi mumkin. Masalan, tayyor holdagi xlortetratsiklin tarkibida 
metanol qoldig‘i, tetrotsiklinda - izooktil spirti, xlorgidratli tetratsiklin va oksitetratsiklin- p- 
butanol va xlorid kislota qoldig‘ini uchratish mumkin. Steril holda quritilgan antibiotiklarni 
sterillangan shisha idishlariga (flakon) qadoqlanadi. Flakonlarlardagi quruq antibiotiklarni dozalash, 
tiqinlab berkitish, berkitish va pishitish avtomatlarda bajariladi. Ayrim hollarda bu maqsadda 
«texnolog» yarim avtomatlanishi mumkin. Bunda faqat flakonlarni antibiotiklar bilan to‘ldirishgina 
avtomatlashtirilgan, qolgan barcha operatsiyalar qo‘lda bajariladi, shuning uchun bunday sharoitda 
ishlab chiqarish xonalarining havosi antibiotiklar changi bilan ifloslanishi mumkin. Bir vaqtning
o‘zida bir necha turdagi antibiotiklarni qadoqlash vaziyatida ishchilar bu mahsulotlarning 
kombinatsiyalashgan ta’siriga uchrashi mumkin. Ichish maqsadlari uchun antibiotiklarni tabletka 
yoki draje shaklida chiqariladi.
Antibiotiklarni tabletkalash jarayoni quyidagilardan iborat: antibiotik tarkibiga kiruvchi 
hamma komponentlar – to‘ldiruvchilar (shakar tolqoni, kalsiy stearat, talk) aralashtirgichga 
solinadi, aralashtiriladi va shakarli qiyom, jelatina, xlorid kislota va etil spirti aralashmasi bilan 
namlantiriladi. So‘ngra hosil bo‘lgan massa granula holiga o‘tkaziladi va quritishga yo‘naltiriladi. 
Quritish, odatda kaloriferli quritgichlarda amalga oshiriladi. Granulalar quritilgandan so‘ng, 
sochiluvchanlik xossasini oshirish uchun talk, kalsiy stearat va kraxmal aralashmasi talqoni bilan 
ishlovdan o‘tkaziladi, keyin rotatsion tabletkalash mashinalarida jipslashtiriladi va konvalyutalarga 
joylanadi, gigiyena nuqtai-nazaridan tabletkalash jarayoni bo‘linib tutuvchanligi, germetiklikning 
yetarlicha emasligi va qo‘lda bajariladigan operatsiyalarning ko‘pligi bilan ta’riflanadi. Shu 
sabablar bilan antibiotik changlari amalda tabletkalash operatsiyasining barcha bosqichlarida ishchi 
zona havosiga tushishi mumkin. 
Antibiotiklarni ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat sharoiti havo muhitiga yuqori 
dispersli antibiotik changlari, texnologik jarayonda ishlatiladigan kimyoviy moddalarning bug‘ va 
gazlar va ortiqcha haroratning chiqarilishi bilan ta’riflanadi. Fermentatsiyalash bosqichida ishchilar 
xonalar va jixozlarni sterilizatsiya qilishda qo‘llanadigan fenol va formaldegid hamda produtsent 
changlari ta’siriga duchor bo‘lishlari mumkin. 
Mahsulotlarga birlamchi ishlov berish va filtrlash bosqichlarida ishchilar shovul va sirka 
kislotasi bug‘lari bilan aloqada bo‘ladilar, qo‘lda bajariladigan operatsiyalar ko‘pincha badan terisi 
va maxsus kiyimlarni kultural suyuqlik va antibiotiklarning - nativ eritmalari bilan ifloslanishiga 
olib keladi.


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
72 
Antibiotiklarni ekstraksiyalash va cho‘ktirish usullari yordamida ajratib olish va kimyoviy 
tozalashdan o‘tkazish jarayonlarida ishchilar organizmi bu bosqichda qo‘llanadigan butil, izopropil 
va metil spirtlari, butilatsetat, shovul, sirka, sulfat va xlorid kislotalari ta’siriga uchrashi mumkin. 
Bu moddalarning ishchi havosidagi konsentratsiyasi ayrim xollarda ruxsat etiladigan qiymatlardan 
ortib ketishi mumkin. Zararli moddalar bilan ishchi zonasi havosining ifloslanishiga sababchi 
bo‘ladigan jarayonlar apparatlarni nogermetikligi, qo‘l operatsiyalarining mavjudligi, shamollatish
tizimlarining past samarador ishlashi hisoblanadi. 
Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, yakuniy bosqichda antibiotiklarni quritish, elash, 
tabletkalash, qadoqdash va idishlarga joylashda atrof muxit tayyor mahsulotning kichik dispersli 
changlari bilan ifloslanishi bilan kuzatiladi. Bundan tashqari, tayyorlov sexlari, quritish, 
fermentatsiyalash bo‘limlarining ishchilari kimyoviy omildan tashqari, bir vaqtning o‘zida 
teploizolyasiyasi yetarlicha puxta bo‘lmagan inokulyatorlar, fermenterlar, quritish agregatlari, 
hamda kommunikatsion tarmoqlarining yuzasidan ortiqcha issiqlik ta’siriga duchor bo‘ladilar. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish