Polimerlar eritmasini ekstraktsiya usuli bilan tozalash uskunalari. Ekstraksiya (eritmalardan bir yoki bir necha tarkibiy qismlarni maxsus selektiv suyuq ekstragentlar yordamida ajratib olish) usuli plastik massalar ishlab chiqarishda polimerlar eritmalaridan yoki reaksiya aralashmalaridan boshlang‘ich xom ashyoning reaksiyaga kirishmagan qoldiqlarini, sintez maxsulini va boshqa komponentlarni ajratib olish uchun qo’llaniladi.
Ekstraksiyaning asosiy qonuniyatlari Ekstraksiya jarayonlarida muvozanat. Ekstraksiya jarayonlarida ikki suyuq, bir-birini eritmaydigan yoki juda oz miqdorda eritadigan fazalar va bu fazalar o‘rtasida taqsimlanuvchi modda qatnashadi.
Taqsimlanuvchi moddaning bir suyuq faza (dastlabki eritma)dan boshqasiga (ekstragent) o‘tishi muvozanat hosil bo‘lguncha, ya’ni fazalardagi kimyoviy potensiallar tenglashgunga qadar davom etadi.
Ekstraksiya jarayonlaridagi muvozanat taqsimlanishi koeffitsienta φ bilan ifodalanib, u ekstraksiyalanayotgan moddaning ikkala suyuq fazalaridagi, ya’ni ekstrakt va rafinatdagi teng vaznli konsentratsiyalarning nisbatiga tengdir. Eng oddiy sistemalarda, ya’ni doimiy temperatura Bertlo-Nernst qonuniga bo‘ysunuvchi, etarli darajada suyultirilgan eritmalarda taqsimlanish konsentratsiyasiga bog‘liq emas: φ = ur/x (ur, x - taqsimlanayotgan moddaning ekstrakt va rafinatdagi teng vaznli konsentratsiyasidir.
Sanoat sistemalarida taqsimlanish koeffitsienti odatda ekspriment yo‘li bilan aniqlanadi.
Suyuqlik-suyuqlik tipidagi turli sistemalarda muvozanat to‘g‘risidagi ma’lumotlar adabiyotlarda keltirilgan.
Bir bosqichli ekstraksiya. Sanoatda taqsimlanish koeffitsienti yuqori bo‘lgan holatlarda bir bosqichli ekstraksiya qo’llaniladi. Bu usul davriy va uzluksiz sxemalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Ekstraksiyaning bu eng oddiy usulida foydalaniladigan uskunalar aralashtirgich apparat va emulsiya taqsimlagichidan iborat.
Aralashtirgich apparatga dastlabki eritma F va E solinib, qorgich yordamida aralashtiriladi; so‘ngra taqsimlagichda ikki qatlamga - ekstrakt E va rafinat R ga ajratiladi.
Emulsiyani taqsimlashda tindirgichlardan, ajratilishi qiyin bo‘lgan emulsiyalarda esa separatorlardan foydalaniladi.
Bir bosqichdi ekstraksiya sxemasi 1 - ekstraktor; 2 - taqsimlagich - separator.
Taqsimlanayotgan moddaning moddiy balansi quyidagicha:
LxH = Lx + Ey
Faraz qilamiz: ur = φ x ekstraksiya moduli m=E/L, rafinat x va ekstrakta U konsentratsiyalari quyidagicha:
x = xn/(1 + tf) va u = fxn/(1 + tf)
Siqib chiqarish darajasi bunda, ε – ekstraksiya faktori ε = mφga teng
Ekstraksiya faktorining quyidagi kiymatlari eng makbo‘li hisoblanadi: 1,2Ko‘p bosqichli ekstraksiya. Ko‘p bosqichli ekstaksiya usuli ko‘p seksiyali ekstraktorlarda yoki shunday ekstraksion qurilmalarda o‘tkaziladiki, ulardagi xar bir agregat ekstraksiyaning mustakil bosqichini amalga oshiradi. Misol tariqasida turli konstruksiyalardagi ketma-ket joylashtirilgan kolonnali ekstraktorlarni, ekstraktor-separatorlarni, «Podbilnyak» tipidagi va boshqa tur ekstraktorlarini keltirish mumkin.
Ko‘p bosqichli ekstraksiyani ekstragentning qarshi oqimi bilan, eritma va ekstragentning kesishuvchi oqimi bilan yoki ekstragentlar bir nechta bo‘lsa, kombinatsiyali (xar xil usullarni aralash qo‘llagan holda) usul bilan o‘tkazish mumkin. Polimerlar eritmasidan iborat komponentlar ekstraksiyasi uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan usul qarama-qarshi oqimli ekstraksiya usulidir. U turli sxemalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.