133
kishilarning javob xatti-harakatlari nisbatan ongli ravishda yo’naltirilgan harakati
tushuniladi.
Ijtimoiy harakat ijtimoiyligining asosiy belgisi - individning kishilar xatti-
harakatidagi ijtimoiy yo‘nalishlarni sub'ektiv anglashidir.
Sub'ektning
xatti-harakatiga
nisbatan
o‘zaro
munosabatlarning boshqa
qatnashchilarining javobini «kutish» tushunchasida ifodalanadi. Bunday «kutish»ni o‘z
ichiga olmagan, harakat sotsial harakat hisoblanmaydi (masalan, behosdan qilinadigan
harakatlar). Bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy harakat — bu moddiy va ma'naviy
ne'matlarni yaratish jarayonida amalga oshiriladigan va shu orqali yangi ijtimoiy
aloqalar, munosabatlar, institutlar yaratishga olib keluvchi harakatidir.
Ijtimoiy harakat tushunchasini ishlab chiqishga g‘arb sotsiologiyasida katta e'tibor
berilgan. Ijtimoiy harakat nazariyasi kishilarning jamiyatdagi o‘zaro aloqalari va
munosabatlari majmuini izohlash imkonini beradigan
maxsus ijtimoiy omilni
qidirishdan boshlangan. «Ijtimoiy harakat» tushunchasini izohlash uchun dastlabki
bosqich sifatida harakatning ideal holatini olib ko‘rish zarur. Bu holda harakat maqsadi
va harakat qiluvchining maqsadi bir-biridan ajratilmaydi. Buni maqsadli-ratsional
harakat tushunchasi bilan izohlash mumkin. Boshqacha qilib aytganda, «maqsadli
ratsional harakat» tushunchasi individlarning ijtimoiy harakatlarini o‘rganish
metodi
sifatida qaraladi. Bu tushuncha orqali jamiyatni o‘rganishda xalq, jamiyat, davlat,
iqtisod va boshqa tushunchalar mohiyati ochib beriladi. Individning o‘zi esa qandaydir
ijtimoiy organizmning hujayrasi sifatida qaralmaydi. Harakatni uning mazmunidan,
onglilikdan mahrum etib bo‘lmaydi. Ijtimoiy harakatning zamonaviy sotsiologik
modeliga ko‘ra onglilik bunday harakatning zaruriy sharti hisoblanadi Umumiy bir
yaxlitlik emas, balki alohida individga tayanish talab etiladi. Biz individ xatti-harakatini
tushunamiz, lekin hujayraning xatti-harakatini tushunmaymiz.
Shu kabi xalqning
harakatini tushunmaymiz, lekin xalqni tashkil qiluvchi individlarning xatti-harakatini
tushunamiz. Sotsiologiyaning vazifasi-harakat turlarini tushunarli harakat ko‘rinishiga
keltirish, yakka individlarning harakatini o‘rganish. Individual maqsadli-ratsional
harakat ideal tip sifatida inson harakatiga onglilik ruhini beradi.
Sotsiologiya ijtimoiy
harakatni tushunishga, uning sabablarini va oqibatlarini ham izohlashga urinadi, bunda
u alohida individ yoki individlar guruhining xatti-harakatini o‘z tadqiqotlarida
boshlangich atom sifatida oladi. Sotsiologiya ma'lum bir mazmunga ega bo‘lgan
harakatgina qiziqtiradi. Ijtimoiy harakatni o‘rganayotganda biz nimaga asosiy e'tiborni
qaratishimiz harakat ma'nosigami yoki harakat qiluvchigami? Masalan, bozorda bir
odam biror narsa xarid qilayotganini ko‘rsak biz uni o‘zi uchun olayapti, sovg‘a uchun
olayapti, kimningdir iltimosini bajaryapti va shu kabi ko‘plab xulosalar chiqarishimiz
mumkin. Shunday tarzda fikrlashdan ko‘rinib turibdiki, harakat ma'nosini tushunishga
intilyapmiz, lekin buning yordamida harakat qilayotgan individni ham tushunsa bo‘ladi.
Agar sotsiologiya individning o‘zini tushunishga ko‘p e'tibor
berganda, ko‘p
qiyinchiliklar yuzaga kelgan bo‘lardi.
Chunki individ uchun har qanday harakat nimaningdir belgisi sifatida namoyon
bo‘ladi. Aslida esa butunlay teskarisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda ko‘pgina hollarda
individ tasavvurga ega bo‘lmaydi, bo‘lganda ham yashirishga harakat qiladi, ko‘proq
harakat ma'nosi qiziqishiga molikdir. Hozirda sotsiologiya
fanida ijtimoiy harakatning
to‘rt xili ajratib ko‘rsatiladi, bular: maqsadli-oqilona, qadriyatli-oqilona, affektiv va
an'anaviy.