Bog'liq O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi
nazoratga ega bo'lmagan faktor sanaladi. Bu albatta, eksperimentator xatosi
hisoblanadi.
Ko'pincha, kontrolga ega bo'lmagan faktorlar mavjudligi tufayli, o'rtacha qiymat ayrim
og'ishlarga ega bo'ladi. Garchi o'rganilayotgan faktorlar natijalarga o'z ta 'sirini ko'rsatmasa ham.
Ko'pgina
(
statistik tahlil) masalalarida interpretatsiya natijalari "statistik qiymatga ega bo'Igan
ma'lumotlar" sifatida ko'riladi.
Eksperiment rejasini tuzish
gomogen yoki
geterogen bo'lishi mumkin. Bu uning mustaqil
ko'rsatkichlar soniga, o'zgaruvchilar darajasining teng yoki teng emasligiga bog'liq bo'ladl
3 ta mustaqil ko'rsatkichga ega bo'Igan LxMxN rejasi
Lotin kvadrati" metodi asosida tuziladi.
"Lotin kvadrati" metodi 2 ta va undan ortiq bosqichga ega bo'Igan 3 ta ko'rsatkichni bir vaqtning
o'zida tekshirish uchun qo'llaniladi. "Lotin kvadrati" ning tamoyili shundan iboratki, 2 ta
bosqichga ega har xil o'zgaruvchilar eksperimental rejada bir martagina uchraydi. "Lotin
kvadrati" guruhlar sonini keskin qisqartirish imkonini beradi.
O 'zgaruvchilar o 'rtasidagi bo 'lishi mumkin bo'lgan ta'sirlar quyidagilardir:
- nolga teng bo'Igan ;
- ajraladigan;
- kesishadigan ta'sirlar.
O 'zaro ta 'sirning Yuqori baholanishi dispersion tahlil bo'yicha,
StYudent ning t-mezoni esa, har
xil guruhlarning faoliyatini baholashda qo'llaniladi.
Barcha ko'rib chiqilgan variantlarda eksperimentni rejalashtirishda
balansirovka usuli dan ham
foydalaniladi: turli xil sinaluvchi
guruhlarga har xil eksperimental talablar qo'yiladi.
Guruhlar miqdorini tenglashtirish natijalarni tenglashtirish imkonini yaratadi.
"Barcha sinaluvchilarga - barcha ta 'sirlar" strategiyasi aks ettirilgan rejalarni Makk Koll
rotatsion eksperimentlar deb ataydi. Kempbell bu rejaga kvazieksperimentlar sonini qo'shib,
ular asosida tashqi validlikni boshqarib turgan.
Faktorli eksperimentlarga misol uchun, konsensus liderli yoki lidersiz guruhda yaxshi
aniqlanishini bilmoqchi bo'lsak, qanday boshqa talablarni qo'yishimizni va o'zimiz qay tomonga
o 'zgarishimizni aniqlab olishimiz lozim. Guruhning har bir a'zosi qatnashishi shartmi va ular bir
xil jinsda bo 'lishliligi, kommunikatsiya ya 'ni o 'zaro aloqalar erkin yoki tizimlashtirilgan
bo'lishligi, guruhdagi muammoni yechish uchun qiyin yoki oson masalani berishimiz alohida
ahamiyat kasb etadi. Balki sizlar bularning hammasi hech qanday rol o'ynamaydi deb o'ylarsiz,
ammo liderning guruhga ta'sir etish jarayoni uning soniga bog'liqdir. Biz bu ma'noda faktorlar
sirasiga guruh sonini va guruh liderini hisobga olishimiz lozim.
Tasavvur qiling, guruhning qabul qilgan qarori nafaqat liderga balki guruh soni va
qatnashuvchilar jinsiga ham bog'liq deb o'ylaylik. Shuning uchun biz qatnashuvchilar jinsini 3-
faktor deb olamiz va uni 3 bosqichga bo 'lamiz : erkaklar, ayollar va aralash guruh(ayollar va
erkaklar). Ana shundagina natijalar biz kutgandek bo 'lishi mumkin.
Yuqorida biz faktorli eksperimentlar, rejalar va ularda qo'llaniladigan usullar haqida so'z
Yuritdik. Endi ularning Yutuq va kamchiliklariga to 'xtalib o 'tamiz.