Ko‟p darajali eksperimentlar – bu uch yoki undan ortiq darajali bir o‘zgaruvchi bilan
o‘tkaziladigan eksperimentlardir. Ayrim tadqiqotchilar ko‘p darajali eksperimentlarni
funktsional eksperimentlar deb ham ataydilar, chunki ular sizga mustaqil va tobe o‘zgaruvchilarni
bog`lovchi funktsiyalarning xususiyati haqida muayyan tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Afzalliklari Ko‘p darajali eksperimentning afzalligi asosan shu bilan belgilanadiki, uning natijalari bizga
eksperimental aloqaning xususiyati to‘g`risida bir to‘xtamga kelish uchun imkoniyat yaratadi.
Hatto eksperiment faqat uch darajaga ega bo‘lgan holda ham u baribir bizga aloqa haqida ikki
darajali eksperimentga qaraganda yaxshiroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Biz talabaning tashvishlanish darajasi imtihon ballariga qanday ta`sir ko‘rsatishini bilmoqchimiz,
deb faraz qilaylik. Biz umumiy psixologiyani o‘rganayotgan talabalarning ikki guruhini olishga
va ikki darajali guruhlararo mezonni qo‘llashga qaror qilamiz. 1-guruhda o‘qituvchi har bir
jiddiy imtihon oldidan talabalarga fakultetni muvaffaqiyatli tamomlash uchun baholarning
muhimligi haqida gapirishga besh daqiqa vaqt sarflaydi. U o‘qishni eng Yuqori baholar bilan
bitirgan talabalar eng yaxshi ishni olishlarini, ilmiy darajaga ega bo‘lgan bitiruvchilar ko‘proq
pul ishlab topishlarini va hozirgi vaqtda universitetga qabul qilingan talabalar soni me`yordan
ortiq ekanini tushuntiradi.
2-guruhda ham o‘qituvchi har bir imtihondan oldin besh daqiqali suhbat o‘tkazadi. Bu suhbatda
u talabalarga yuqori ball olish materialni o‘zlashtirish bilan teng darajada muhim emasligini
eslatadi. U talabalarga o‘n yildan keyin mazkur imtihonda qanday ball olganlarini ular baribir
eslay olishmasligini aytib o‘tadi. Biz ko‘proq potentsial aralashuvchi o‘zgaruvchilarni,
chunonchi: o‘qish yili, imtihonning og`irligi va guruhga berilgan yo‘l-yo‘riqlarni puxta nazorat
qilamiz. Pirovard natijada biz imtihon ballaridagi farqlarni suhbat tufayli paydo bo‘lgan
xavotirlanish darajasiga bog‘lash mumkin, degan qarorga kelamiz. Birinchi nutq talabalarda
Yuqori darajada xavotirlanish, ikkinchi nutq esa – pastroq darajada xavotirlanish paydo qiladi,
deb faraz qilsak, biz 9.3-rasmda ko‘rsatilgan natijalarni olishimiz mumkin.
O‘rtacha imtihon balli
Past
Baland
Xavotirlanish darajasi
26-jadval. Ikki darajali eksperimentning o‘ylab topilgan natijalari; bunda talabalarning
xavotirlanish darajasi o‘zgartiriladi va ularning o‘rtacha imtihon balli baholanadi.
Hozirgi vaqtda biz haqiqatga ayniqsa yaqin bo‘lgan quyidagi farazni ilgari surishimiz mumkin:
tashvishlanish darajasi va o‘rtacha imtihon bali bir-biri bilan umuman bog`liq emas; ikki nuqta
orqali o‘tkazilgan to‘g`ri chiziq qat`iy gorizontal. Biroq, biz ko‘p darajali mezonni tanladik va
xavotirlanishning uchinchi darajasi – neytral darajani qo‘shdik deb faraz qilaylik. Bunda
o‘qituvchi besh daqiqali nutq so‘zlab, talabalarga imtihonni o‘tkazish tartibining ayrim ikir-
chikirlarini eslatib o‘tishi nazarda tutiladi. 9.4-rasmda bu ko‘p darajali eksperiment uchun o‘ylab
topilgan natijalar ko‘rsatilgan.
O‘rtacha imtihon balli
Past Neytral Baland
xavotirlanish darajasi