273
XVII. EKSPERIMENTLARNI LOYIHALASHTIRISH
Reja:
17
.
1.Bitta o‘zgaruvchili eksperimentlar.
17
.
2.Faktorli loyihalar.
Maqsad:
Talabalarda eksperimentlarni loyihalashtirish haqida nazariy bilimlarni shakllantirish.
Vazifalar:
Talabalarda bitta o‘zgaruvchili eksperimentlar, faktorli loyihalar ilmiy dunyoarashni, ijodiy
mustail tafakkurni rivojlantirish.
T
ayanch tushunchalar:
Interpolyatsiya.
Ekstrapolyatsiya, Ikki darajali eksperiment.
Tub effekti.
omilli reja.
rotatsion
eksperimentlar
.
Shift effekti
, faktor.
Faktorli eksperiment.
Gomogen.geterogen
16.1.Bir o‟zgaruvchili eksperimentlar
Oddiy eksperimentda bir mustaqil o‘zgaruvchi ikki darajaga ega bo‘ladi. Ayrim
tadqiqotchilar mazkur darajalarga mos keluvchi guruhlarni
eksperiment guruhi
va
nazorat guruhi
deb nomlashni ma`qul ko‘radilar. Ba`zi hollarda nazorat sharti – biron-bir ta`sirning
mavjud
emasligi aniq-ravshan bo‘ladi. Masalan, sizni biron-bir dorining xulq-atvorga ta`siri qiziqtirsa,
nazorat guruhi bu dorini olmaydi, eksperiment guruhi esa – oladi. Bu erda nazorat guruhi
kuzatilayotgan effekt eksperimentda ishtirok etishining o‘zi bilangina paydo bo‘lmaganini
ko‘rsatishga ham yordam beradi. Boshqa hollarda, ayniqsa mustaqil o‘zgaruvchining bir necha
darajalaridan
foydalanilganida, qaysi guruhni nazorat guruhi deb nomlash zarurligi aniq
bo‘lmaydi
10
. Shu sababli odatda, mustaqil o‘zgaruvchini tavsiflash uchun
daraja
atamasi
ishlatiladi. Nima bo‘lganda ham biz real eksperimentga ega bo‘lish uchun kamida ikki darajadan
foydalanishimiz lozim. Aks holda mustaqil o‘zgaruvchining o‘zgarishi xulq-atvorda o‘zgarish
Yuz berishiga sabab bo‘lgan, deb aytish mumkin bo‘lmaydi, chunki taqqoslashni
amalga oshirish
mumkin emas.
Ma`lumotlarga qaraganda, eksperimental psixologiya endigina paydo bo‘lgan davrda bir
o‘zgaruvchili va ikki darajali eksperimentlar odatdagi bir hol hisoblangan. Fanimiz o‘zining
shakllanish bosqichida bo‘lgani bois, tadqiqotchilar mustaqil o‘zgaruvchi ta`sirining xususiyatini
aniqlashdan ko‘ra, umuman mustaqil o‘zgaruvchi biron-bir ta`sir ko‘rsatadimi, degan savolga
javob topish bilan ko‘proq shug`ullanganlar.
Boz ustiga, ular yanada murakkab eksperimental
omillarni tahlil qilish uchun zarur tekshirishlarning statistik metodlarini hali ishlab chiqqan
bo‘lmagan. Bir qator holatlar uchun metodlar mavjud bo‘lgan, biroq, qoida tariqasida, o‘rtacha
tadqiqotchiga ular yaxshi ma`lum bo‘lmagan.
Bugungi kunda jurnallarning muharrirlari odatda eksperimentda ta`sirlarning ikkitadan ortiq
darajalarini ko‘rishga umid qiladilar. Ba`zan juda yaxshi bajarilgan ikki darajali eksperimentlar
maqbul deb qaraladi (ayniqsa bir nechta eksperimentlar to‘g`risida xabar berilganida), biroq tipik
eksperiment odatda darajalar to‘plamiga ega bo‘ladi. SHunga
qaramay ikki darajali
eksperimentdan birinchi qadam sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Boshlovchi
10
Masalan, biz mustaqil o‘zgaruvchi sifatida jinsni (u sizda qay darajada ifodalangani nuqtai
nazaridan emas, balki siz ikki jinsdan qaysi biriga mansubligingiz nuqtai nazaridan) qo‘llashga
qaror qilgan bo‘lsak, kimni nazorat guruhi deb nomlasak, o‘rinli bo‘ladi:
erkaklarnimi yoki
ayollarnimi? Feministlar va ularning raqiblari bu xususda soatlab bahslashishlari mumkin, shu
bois, undan butunlay uzoqlashish va guruhlarni 1-daraja va 2-daraja deb belgilash, bizningcha,
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
274
eksperimentatorlar bunday eksperimentni o‘tkazishni o‘rganib olishlari lozim.
Ayrim hollarda
ikki darajali eksperimentlar qimmatli natijalar berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: