O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Download 6,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/238
Sana26.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#584145
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   238
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi

Veber (1796-1878)
va fizik 
Fexner (1801-1887)
amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi ta`sirotlar 
(fizik omillar) ta`sirida sezgilarning o‘zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan 
iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni 
qo‘zg`atuvchi ta`sirlar o‘rtasidagi q‘iyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo‘zg`atgich logarifmiga 
proportsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexner o‘tkazgan tajribalar 
«Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo‘lib 
psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini 
isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan 
psixologiya, endi aniq fanlardagi ob`ektiv metoddan foydalana boshlaydi. 
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi 
Vilgelm 
Vundtning (1832-1920)
ishlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va 
o‘z-o‘zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina ijtimoiy fan edi. Vundt 
eksperiment va o‘lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani eksperimental fanga 
aylantirishni maqsad qilib qo‘ydi. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo‘lib qolgan bir 
qancha metodlarni, ya`ni kuzatish metodi, ifodalash metod I va reaktsiya metodlarini kashf etdi 
hamda rivojlantirdi. 
Vundt 1879 yili Leyptsigda birinchi eksperimental psixologiya 
laboratoriyasini 
tashkil qildi. 
Vundt shug`ullangan masalalardan biri o‘sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir 
vaqtda ikkita har xil ko‘zg`atuvchiga to‘plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani 
aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda alohida mayatnik o‘ylab 
chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo‘lingan yoy atrofida harakatlanadi va har 
bir ma`lum vaqtdan keyin shig`irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun kashf etilgan birinchi 
asbob edi. 
Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo‘shimcha vosita sifatida turdosh fanlar, ayniqsa 
fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan ma`lumotlardan 
foydalanish zaruriyatini ilgari surdi. 
1883 yilda Vundt o‘z tajribalarini ommaga etkazish uchun ―Falsafiy maktab‖ degan jurnalga asos 
soladi va bu jurnalga 1903 yilda ―Psixologiya maktabi‖ degan nom beriladi. 1889 yilda Vundt 
laboratoriyasi psixologiya institutiga aylantirildi. 1887 yilda Vundt psixologik asbob-uskunalarni 
ishlab chiqaruvchi ―E. TSimmerman‖ firmasiga asos soldi.
1882 yilda Germaniyada yana boshqa psixologiyaga oid laboratoriyalar ochildi.
Geytengen shahrida ―Myuller‖, Berlinda ―Ebbingauz‖, Freyburgda ―Myustenburg‖, Bonnda 
―Lips‖, ―Geydelburg‖, ―Strasburg‖, ―Gall‖da psixologlarning kabinetlari ochildi. Keyinchalik
esa Vyurtsburgda – Kyunpe, Frankfurtda – Shumann labratoiyalari ochildi. 
1890 yilga kelib Ebbengauz va Kenning ishtirokida ―Sezgi a`zolari psixologiyasi va 
fiziologiyasi‖ jurnaliga asos solindi. 1903 yilda E. Meymann ―Umumiy psixologiya arxivi‖ degan 
jurnal nashr ettira boshladi.
Leyptsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib boshqa mamlakatlarda jumladan, Frantsiya, 
Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida 
Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada 
Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langerlar tomonidan shunday laboratoriyalar 


ochildi. 1911 yil Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov 
rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda bu institut RF 
Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. 
Bundan tashqari Rossiyada Sechenov eksperimental psixologiyaning otasi sifatida tan olindi. 
Uning asosiy g`oyalari nevropotologiya va psixologiya patologiyalari edi. Shundan so‘ng 
psixologiya va fiziologiyani bog`lab o‘rganish avj oldi.
1886 yilda Kozonda Bexterev tomonidan birinchi psixologiya laboratoriyasi ochildi. 1983 yilda 
esa Bexterev tomonidan ―Nevrologik axborotnoma‖ jurnaliga asos solindi. 1894 yilda Bexterev 
xarbiy akademiyada ikkinchi psixologiya laboratoriyasini ochadi. Bu erda asosiy e`tibor 
sezgilarga qaratiladi. 1986 yilda Bexterev asos solgan ―Psixiatriya, nevrologiya, eksperimental 
psixologiya xabarnomasi‖ jurnalida akademiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari yoritiladi. 
1907 yilda Bexterevning tashabbusi bilan Peterburgda ikkinchi psixologik nevropatologiya 
instituti ochiladi. 1918 yilda esa miya va psixik faoliyatni o‘rganuvchi institutga asos solinadi. 
XIX asrning 80 yillarida Xarkov va Yurev shaxarlarida psixologiya laboratoriyalari ochiladi. 
Xarkov laboratoriyasining asoschisi P.I.Kovalevskiy edi. 1883 yilda esa Kovalevskiy Rossiyada 
birinchi psixiatriya jurnali ―Psixiatriya, nevrologiya va sud psixopatologiyasi‖ jurnalini nashr 
qildiradi. 
Yurev shahridagi laboratoriyaning asoschisi Krepelin edi. 1891 yilda bu laboratoriyaga V.F.Chij 
rahbarlik qilgan. Bu laboratoriya dunyo bo‘yicha Vundt laboratoriyasidan keyin ikkinchi o‘rinda 
turadi. 
1895 yilda psixiatr Korsakov laboratoriya ochib unga rahbarlik qilishni Tokarskiyga topshiradi. 
Bu laboratoriyada sezgi, idrok, xotira o‘rganilgan. Bu erdagi ma`lumotlar ―Laboratoriya qaydlari‖ 
degan jurnalda yoritib borildi. 
1912 yilda Rossiyada psixologiya institutiga asos solindi. Bu institutga G.I.CHelpanov rahbarlik 
qildi. I.A.Skorskiy Kievda ochgan laboratoriyada aqliy faoliyat va toliqish muammolari 
o‘rganildi. 1985 yilda I.A.Skorskiy asos solgan ―Nevropsixik tibbiy muammolar‖ jurnali chop 
etildi.
1892 yilda Odessadagi ―Novorossiysk‖ universiteti filologiya fakulteti qoshida faylasuf va 
psixolog N.N.Lange laboratoriya ochdi. Bu erda idrok va xotira muammolari o‘rganildi.
Professor A. F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning alohida turi – 
tabiiy eksperiment ishlab chiqarilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini 
o‘rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta`lim psixologiyasi masalalarini ishlab 
chiqarishda keng va unumli foydalanilmoqda. 
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta`sir 
ko‘rsatdi. 
Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan aniqlash qiyin bo‘lgan 
yoki butunlay mumkin bo‘lmagan ko‘p ma`lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o‘rtasidagi 
bog`lanishlar aniqlangan, psixik protsesslardagi, ayniqsa, sezgilar, diqqat, idrok, xotira sohasidagi 
ba`zi bir qonuniyatlar ochilgan. 
Eksperimental analiz yo‘li bilan murakkab psixik protsesslar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida 
komponentlari tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik protsesslarning fiziologik hodisalar bilan, 
shuningdek, tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo‘lgan bog`lanishlari ochilgan. 
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan 
foydalanish praktik faoliyatning turli sohalarida – o‘quv tarbiya ishlarida, meditsinada, mehnatni 
tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud ishlarida, san`atda juda ko‘p foyda keltiradi. 
AQSHda eksperimental psixologiyaning rivojlanishida evropalik olimlarning xissasi kattadir. 
Amerika psixologiyasining asoschilari S.T.Xoll, D.Kettel, D.Endjel, Skripcher kabilar edi. Ular 
uzoq vaqt Leyptsig shaxridagi Vundt laboratoriyasida ta`lim olishgan.
AQSHga Evropadan ko‘chib kelgan psixologlar E.Titchener, G.Myustenger, K.Levin, Mak-
Dugalli kabi psixologlar eksperimental psixologiyani AQSHga olib kirdilar. 
1883 yilda Baltimor shaxridagi D.Gopkins universitetida Xoll ta`lim olib, AQSHda birinchi 
laboratoriyani ochdi. 1888 yilda Vorchestordagi S.Klarks universitetida Xoll ikkinchi 


laboratoriyani ochdi. Bu laboratoriyani E.Sanford boshqardi. 1891 yilda ―Pedagogik seminar‖ 
uyushtirildi. 
1877 yilda ―Amerika psixologiyasi‖ jurnali, 1915 yilda ―Amaliy psixologiya‖ jurnaliga asos 
solindi. 1892 yilda Xoll tashabbusi bilan Amerika psixologlari assotsiatsiyasi tuzildi. Bu 
assotsiatsiyaning birinchi prezidenti etib Xollning o‘zi tayinlandi. 
1887 yilda Kettel Penselvaniya shahrida laboratoriya ochadi. Xuddi shu yilda D.Petrik ham Yova 
universiteti qoshida laboratoiya ochadi. 1888 yilda Viskonsern universitetida (D.YAstrov), 1891 
yilda Torontoda (D.Bolduin), 1891 yilda Kolumbiya universitetida (D.Kettel), 1892 yilda Garvard 
universitetida (G.Myustenburg) lar psixologik laboratoriya ochdilar. 
XIX asrning oxiriga kelib Amerikada 27 laboratoriya va psixologlar mahkamalari faoliyat 
Yuritgan. 
Angliyada birinchi laboratoriya 1897 yilda ochildi. Kembridjda ochilgan bu laboratoriyaga 
dastlab R.Rivers, 1912 yildan boshlab esa S.Mayerlar boshchilik qildi. 1897 yilda J.Solli 
Londonda universitet kolledji qoshida ikkinchi laboratoriyaga asos soldi. Ushbu laboratoriyaning 
ayrim jihozlari Myustenburg (Freyburg shahrida) laboratoriyasidan olindi. 1900 yilda Angliyada 
boshqa laboratoriyalar yo‘q edi. 1903 yilda Mayer qirollik kolledjida uchnchi laboratoriyaga asos 
soldi. 1936 yil Oksfordda eksperimental psixologiya instituti ochildi. 1901 yilga kelib ilk bora 
psixologlarning birinchi yig`ilishi bo‘lib o‘tdi. 1904 yilda Rivers, Mayer va Uartlar 
psixologiyaning ―Britaniya‖ jurnaliga asos soldilar. 
Frantsiyada psixologiyaning rivojlanishi P.Jane, A.Bine va T.Ribo nomi bilan bog`liq. Rossiya 
psixologiyasida Sechenev, Germaniya psixologiyasida Vundt qanchalik katta ahamiyatga ega 
bo‘lsalar Frantsiya psixologiyasi uchun T.Ribo shunchalik qadrlidir. T.Ribo eksperimental 
tadqiqotlar o‘tkazmagan bo‘lsa ham, Frantsiya psixologiyasining g`oyaviy otasi hisoblanadi. 1889 
yilda Ribo Sarbonnada birinchi laboratoriyani ochadi va unga Bonini prezident etib tayinlaydi. 
1895 yildan boshlab esa bu laboratoriyaga A.Bine rahbarlik qila boshlaydi. 
1896 yilda V.Burdon Reyn shahrida ikkinchi laboratoriyani ochadi. 1921 yilda Parij psixologiya 
institutiga asos solinadi. Bu institutga A.Peron rahbarlik qilgan. 1901 yilda esa frantsuz 
psixologlar jamiyati tashkil etildi.
Rossiya – Bexterev (1886 
yil, Kozon) 
AQSH – Xoll (1883 yil, 
Baltimor) 
Germaniya – Vundt (1879 
yil, Leyptsig) 
Frantsiya – Ribo (1889 yil, 
Sarbonna) 
Angliya – Rivers (1887 
yil, Angliya) 
Eksperimental 
laboratoriya asoschilari 
Germaniyada tashkil qilingan psixologiyaga oid birinchi ilmiy jurnallar nomi 
1883 yilda nashr qilingan “Falsafiy maktab” 
jurnali


1890 yilda nashr qilingan “Sezgi a`zolari 
psixologiyasi va fiziologiyasi” jurnali 
1903 yilda nashr qilingan “Psixologiya maktabi” 
jurnali 
1903yilda nashr qilingan “Umumiy psixologiya 
arxivi” jurnali 


Rossiyada tashkil qilingan psixologiyaga oid birinchi ilmiy jurnallar nomi 
1883 yilda nashr qilingan 
―Nevrologik axborotnoma‖ jurnali
1883 yilda nashr qilingan “Psixiatriya, 
nevrologiya va sud psixopatologiyasi” jurnali 
1985 yilda nashr qilingan 
“Nevropsixik tibbiy muammolar” jurnali 
1886 yilda nashr qilingan “Psixiatriya, 
nevrologiya, eksperimental psixologiya
xabarnomasi” jurnali 
1895 yilda nashr qilingan “Laboratoriya qaydlari”
jurnali 



Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish