Farg’ona Davlat Universiteti
filologiya fakulteti o’zbek tili
yo’nalishi 18-72 guruh talabasi
Adxamjonova Gulzodaxonning
“Turkiy tillarning qiyosiy tarixiy grammatikasi”
fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
Turkiy tillar leksik taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari
Reja:
1. Til leksikasining o’zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko’zgusi.
2. Turkiy tillar leksikasida asosiy qatlamlar.
3. Turkiy tillar leksikasini o’rganishda ajratilishi lozim bolgan asosiy davrlar.
4. Umumturkiy leksik qatlam haqida.
Til sathlari ichida eng ozgaruvchan qatlam, sath leksika ekanligi, uning o‘zgaruvchnligini bir odam umri davomida emas, hatto bir avlod (20-30 yil) ham seza olishi haqida o‘quv faninig ilk ma’ruzalarida ham aytib o‘tgan edik. Buni siz boshqa fanlardan ham bilasiz. Buning boisi shundaki, xalq hayotida − xojaligi, turmush tarzi, aloqa va robitalari, fani va madaniyatida har soatda, har kuni bir yangilik sodir boladi inson tafakkuri hamma vaqt ijod va bunyodkorlikda. Bu bunyodkorlik, yangilik to soz shaklini qabul qilib sh a k l l a n t i r i l m a s a, u tekis yerda oqizilgan suvdek tarqalib, yoyilib ketaveradi. Soz - hayotdagi, tafakkurdagi mana shu yangilikni ozida saqlovchi, uni boshqalarga yetkazishga xizmat qiluvchi va imkon beruvchi idish, shakl. Shuning uchun tilning leksikasi hamisha ozgarish va taraqqiyotda boladi. QTTning yosh grammatiklar oqimida otgan asrning boshlarida Karl Fossler (1972-1949) tomonidan Worter und Sachen (Sozlar va narsalar) jurnaliga va shu nom bilan ataladigan tilshunoslik maktabiga asos solingan edi. Bu maktabning shiori narsa hayotga tildagi oz nomi bilan kirib keladi.
Turkiy tillarda ozlashmalar har bir xalq tilining qanday xalqlar va madaniyatlar bilan aloqalarda bolganligi oynasidir. Shu nuqtayi nazaradan turkiy tillarni oziga xos tasnifini ham berish mumkin. Bunday tasnifning birinchi korinishini XI asrda Mahmud Koshgariy bergan edi. Shu belgi asosida u turkiy tillarni dastlab ikki katta guruhga:
sof tillar
aralash, boshqa tillar tasiriga uchragan tillarga
Olinmalar xalqning bosib otgan manaviy-madaniy tarixi inikosi bolsa, har bir turkiy til leksikasidagi oz qatlam uning zotiy tabiatini ochib beruvchi, uning ildizlariga ishora qiluvchi, genealogik aloqalarini aks ettiruvchi muhim omildir. Shuni alohida takidlash kerakki, turkiy tarixiy yozma yodgorliklarda va hozirgi turkiy tillar leksikasida oz qatlam (turkiy tillarning deyarli barchasi uchun umumiy va umumturkiy deb ataladigan soz va ozaklar, shuningdek har bir tilning ichki soz yasash usullari asosida umumturkiy leksik birliklardan va o l i n m a l a r dan yasalgan sozlar xazinasi) sifatan va miqdoran ozlashma qatlamdan ustun turadi. Bu xulosa muayyan turkiy tillarning barchasi boyicha otkazilgan statistik tadqiqotlar bilan uzil-kesil tasdiqlangan va munozaraga orin qoldirmaydi.
Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik, tana azolari, insonning juda kop sonli harakatlari, azaliy tabiiy hodisalar, atrof-muhitning umumiy xusususiyatlari, kopchilik hayvonlar, asosiy ranglar, shaxs va korsatish olmoshlarini atash bilan bogliq bolgan sozlar juda qadimiydir va barcha turkiy tillarda, asosan, umumturkiy leksik qatlamga mansubdir. Lekin bu umumturkiy leksika muayyan turkiy tillarda malum bir ozgarishlarga uchragan va bu ozgarishlar, asosan, quyidagi turlardadir:
So’zning moddiy qobig’i tovushlar almashinishi va mos kelishi qonuniyatlari asosida malum ozgarishlarda uchragan shaklan o’zgarib mano saqlangan: o’zb.ota ~ qoz.ata. O’zb. ona ~ turk.anna, o’zb.kichik ~ tur.kuchuk;
So’zning shakli saqlanib, manosi bir muncha o’zgargan: turk.dada - bobo,Qiyos: o’zb.dada ;
So’zning shakli ham, manosi ham o’zgargan: turk.dayi ~ o’zb toga (es,o’zb.tagayi).
Hozirgi Ozbekistonning katta hududida miloddan oldingi davrlardan boshlab turkiy-eroniy zullisonaynlik amalda bolgan. Milodning IV asridan keyin esa bu hodisaning haqqoniyligi tarixiy yodgorlikllarda qayd etilgan, zeroki aftalitlarning turkiy qavmlarga mansubligi bugun hech kim uchun sir emas.VIII asrdan boshlab Orta Osiyo mintaqasidan tarqagan turkiy qavmlarining hozirgi ozbek, uygur, turk, turkman va ozarilarning (saljuqiylarning) arab tili va islom madaniyati bilan aloqalari boshlanib, XX asr boshlarigach davom etadi; yozma yodgorliklar ichida hozircha eng qadimiy sanalayotgan Quradgu biligda (XI) arabiy va forsiy olinmalar miqdori ularning kopchili turkiy muqobilga ega bolsa-da (chunonchi, Haq/Alloh/Xudo va Ogan, Edhi, salot/namoz va yukunch, kitob bitig, rasul/paygambar va savchi, ilm bilig, alim bilga, shah elig, beg.), juda kop.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Абу Райхон Бeруний. Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. Танланган асар. Т.: “Фан”, 1968 й. 306-бeт.
2. Абулҳаким Шаръий Журжоний. Тасаввуф ва инсон. Т.: “Адолат”, 2001 й. 164-174-175-бетлар.
3. Исо Жабборов, Санжар Жабборов. Жаҳон динлари тарихи. Т.: “Ўзбекистон”, 2002 й. 158-162-бетлар.
4. Ислом энциклопедияси. Т.: Давлат илмий нашриёти, 2004 й. 137-бет.
5. Хамиджон Хомидий. Тасаввуф алломалари. Т.: “Шарқ”, 2009 й. 3-бет.
6. Нажмиддин Комилов. Тасаввуф. Т.: “Мовароуннаҳр”, 2009 й. 333-бет.
7. Фалсафа энциклопедик луғат. Т.: Давлат илмий нашриёти, 2010 й. 301-302 бет.
8. Шайх Муҳаммад Солих Муҳаммад Юсуф. Тасаввуф ҳақида тасаввур. Т.: “Шарқ”, 2011 й. 29-36-64-70-бетлар.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |