ochildi. 1911 yil
Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov
rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda bu institut RF
Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi.
Bundan tashqari Rossiyada Sechenov eksperimental psixologiyaning otasi sifatida tan olindi.
Uning asosiy g`oyalari nevropotologiya va psixologiya patologiyalari edi. Shundan so‘ng
psixologiya va fiziologiyani bog`lab o‘rganish avj oldi.
1886 yilda Kozonda Bexterev tomonidan birinchi psixologiya laboratoriyasi ochildi. 1983 yilda
esa Bexterev tomonidan ―Nevrologik axborotnoma‖ jurnaliga asos solindi. 1894 yilda Bexterev
xarbiy akademiyada ikkinchi psixologiya laboratoriyasini ochadi. Bu erda asosiy e`tibor
sezgilarga qaratiladi. 1986 yilda Bexterev asos solgan ―Psixiatriya, nevrologiya, eksperimental
psixologiya xabarnomasi‖ jurnalida akademiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari yoritiladi.
1907 yilda Bexterevning tashabbusi bilan Peterburgda ikkinchi psixologik nevropatologiya
instituti ochiladi. 1918 yilda esa miya va psixik faoliyatni o‘rganuvchi institutga asos solinadi.
XIX asrning 80 yillarida Xarkov va Yurev shaxarlarida psixologiya laboratoriyalari ochiladi.
Xarkov laboratoriyasining asoschisi P.I.Kovalevskiy edi. 1883 yilda
esa Kovalevskiy Rossiyada
birinchi psixiatriya jurnali ―Psixiatriya, nevrologiya va sud psixopatologiyasi‖ jurnalini nashr
qildiradi.
Yurev shahridagi laboratoriyaning asoschisi Krepelin edi. 1891 yilda bu laboratoriyaga V.F.Chij
rahbarlik qilgan. Bu laboratoriya dunyo bo‘yicha Vundt laboratoriyasidan keyin ikkinchi o‘rinda
turadi.
1895 yilda psixiatr Korsakov laboratoriya ochib unga rahbarlik qilishni Tokarskiyga topshiradi.
Bu laboratoriyada sezgi, idrok, xotira o‘rganilgan. Bu erdagi ma`lumotlar ―Laboratoriya qaydlari‖
degan jurnalda yoritib borildi.
1912 yilda Rossiyada psixologiya institutiga asos solindi. Bu institutga G.I.CHelpanov rahbarlik
qildi. I.A.Skorskiy Kievda ochgan laboratoriyada aqliy faoliyat va toliqish muammolari
o‘rganildi. 1985 yilda I.A.Skorskiy asos solgan ―Nevropsixik tibbiy muammolar‖ jurnali chop
etildi.
1892 yilda Odessadagi ―Novorossiysk‖ universiteti filologiya fakulteti qoshida faylasuf va
psixolog N.N.Lange laboratoriya ochdi. Bu erda idrok va xotira muammolari o‘rganildi.
Professor A. F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning alohida turi –
tabiiy eksperiment ishlab chiqarilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini
o‘rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta`lim psixologiyasi masalalarini ishlab
chiqarishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta`sir
ko‘rsatdi.
Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan aniqlash qiyin bo‘lgan
yoki butunlay mumkin bo‘lmagan ko‘p ma`lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o‘rtasidagi
bog`lanishlar aniqlangan, psixik protsesslardagi, ayniqsa, sezgilar, diqqat, idrok, xotira sohasidagi
ba`zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yo‘li bilan murakkab psixik protsesslar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida
komponentlari
tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik protsesslarning fiziologik hodisalar bilan,
shuningdek, tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo‘lgan bog`lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan
foydalanish praktik faoliyatning turli sohalarida – o‘quv tarbiya ishlarida, meditsinada, mehnatni
tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud ishlarida, san`atda juda ko‘p foyda keltiradi.
AQSHda eksperimental psixologiyaning rivojlanishida evropalik olimlarning xissasi kattadir.
Amerika psixologiyasining asoschilari S.T.Xoll, D.Kettel, D.Endjel, Skripcher kabilar edi. Ular
uzoq vaqt Leyptsig shaxridagi Vundt laboratoriyasida ta`lim olishgan.
AQSHga Evropadan ko‘chib kelgan psixologlar E.Titchener, G.Myustenger, K.Levin, Mak-
Dugalli kabi psixologlar eksperimental psixologiyani AQSHga olib kirdilar.
1883 yilda Baltimor shaxridagi D.Gopkins universitetida Xoll ta`lim olib, AQSHda birinchi
laboratoriyani ochdi. 1888 yilda Vorchestordagi S.Klarks universitetida Xoll ikkinchi
laboratoriyani ochdi. Bu laboratoriyani E.Sanford boshqardi. 1891 yilda ―Pedagogik seminar‖
uyushtirildi.
1877 yilda ―Amerika psixologiyasi‖ jurnali, 1915 yilda ―Amaliy psixologiya‖
jurnaliga asos
solindi. 1892 yilda Xoll tashabbusi bilan Amerika psixologlari assotsiatsiyasi tuzildi. Bu
assotsiatsiyaning birinchi prezidenti etib Xollning o‘zi tayinlandi.
1887 yilda Kettel Penselvaniya shahrida laboratoriya ochadi. Xuddi shu yilda D.Petrik ham Yova
universiteti qoshida laboratoiya ochadi. 1888 yilda Viskonsern universitetida (D.YAstrov), 1891
yilda Torontoda (D.Bolduin), 1891 yilda Kolumbiya universitetida (D.Kettel), 1892 yilda Garvard
universitetida (G.Myustenburg) lar psixologik laboratoriya ochdilar.
XIX asrning oxiriga kelib Amerikada 27 laboratoriya va psixologlar mahkamalari faoliyat
Yuritgan.
Angliyada birinchi laboratoriya 1897 yilda ochildi. Kembridjda ochilgan bu laboratoriyaga
dastlab R.Rivers, 1912 yildan boshlab esa S.Mayerlar boshchilik qildi. 1897 yilda J.Solli
Londonda universitet kolledji qoshida ikkinchi laboratoriyaga asos soldi. Ushbu laboratoriyaning
ayrim jihozlari Myustenburg (Freyburg shahrida) laboratoriyasidan olindi. 1900 yilda Angliyada
boshqa laboratoriyalar yo‘q edi. 1903 yilda Mayer qirollik kolledjida uchnchi laboratoriyaga asos
soldi. 1936 yil Oksfordda eksperimental psixologiya instituti ochildi. 1901 yilga kelib ilk bora
psixologlarning birinchi yig`ilishi bo‘lib o‘tdi. 1904 yilda Rivers, Mayer va Uartlar
psixologiyaning ―Britaniya‖ jurnaliga asos soldilar.
Frantsiyada psixologiyaning rivojlanishi P.Jane, A.Bine va T.Ribo nomi bilan bog`liq. Rossiya
psixologiyasida
Sechenev, Germaniya psixologiyasida Vundt qanchalik katta ahamiyatga ega
bo‘lsalar Frantsiya psixologiyasi uchun T.Ribo shunchalik qadrlidir. T.Ribo eksperimental
tadqiqotlar o‘tkazmagan bo‘lsa ham, Frantsiya psixologiyasining g`oyaviy otasi hisoblanadi. 1889
yilda Ribo Sarbonnada birinchi laboratoriyani ochadi va unga Bonini prezident etib tayinlaydi.
1895 yildan boshlab esa bu laboratoriyaga A.Bine rahbarlik qila boshlaydi.
1896 yilda V.Burdon Reyn shahrida ikkinchi laboratoriyani ochadi. 1921 yilda Parij psixologiya
institutiga asos solinadi. Bu institutga A.Peron rahbarlik qilgan. 1901 yilda esa frantsuz
psixologlar jamiyati tashkil etildi.
Rossiya – Bexterev (1886
yil, Kozon)
AQSH – Xoll (1883 yil,
Baltimor)
Germaniya – Vundt (1879
yil, Leyptsig)
Frantsiya – Ribo (1889 yil,
Sarbonna)
Angliya – Rivers (1887
yil, Angliya)
Eksperimental
laboratoriya asoschilari
Germaniyada tashkil qilingan psixologiyaga oid birinchi ilmiy jurnallar nomi
1883 yilda nashr qilingan “Falsafiy maktab”
jurnali
Rossiyada tashkil qilingan psixologiyaga oid birinchi ilmiy jurnallar nomi
1883 yilda nashr qilingan
―Nevrologik axborotnoma‖ jurnali
1883 yilda nashr qilingan “Psixiatriya,
nevrologiya va sud psixopatologiyasi” jurnali
1985 yilda nashr qilingan
“Nevropsixik tibbiy muammolar” jurnali
1886 yilda nashr qilingan “Psixiatriya,
nevrologiya,
eksperimental psixologiya
xabarnomasi” jurnali
1895 yilda nashr qilingan “Laboratoriya qaydlari”
jurnali