ijtimoiy roli
nazariyasida
belgilangan
va
erishilgan ijtimoiy mavqyelari
o’zaro farqlanadi. Belgilangan mavqye – bu, shaxs xizmati va xatti-
harakatidan qat’i nazar, jamiyat tomonidan belgilab qo’yiladi. Shaxsning etnik kelib chiqishi,
tug’ilgan joyi, oilasi, jinsi va boshqalar shular jumlasidandir.
Erishilgan mavqye deganda
,
shaxsning o’z xatti-harakati, qabiliyati bilan erishgan mavqyei tushuniladi. Masalan, yozuvchi, firma
boshlig’i, direktor, professor va shu kabilar. Bulardan tashqari, yana shaxsning tabiiy va kasbiy
lavozim mavqyei ham o’rganiladi. Shaxsning tabiiy mavqyei erkak va ayol, bolalik, o’smirlik,
yoshlik, o’rta yosh, keksalik davrlarini bildirsa, kasbiy lavozim mavqyei shaxsning ijtimoiy -
iqtisodiy va ishlab chiqarish - texnik holati (muhandis, temirchi, haydovchi va boshqalar)ni
bildiradi.
Ijtimoiy mavqye
shaxsning muayyan ijtimoiy tizimda egallagan konkret o’rnini
ifodalaydi.
Ijtimoiy rol
esa shaxsning ijtimoiy tizimda egallagan mavqye bilan bajaradigan faoliyati
majmuini ifodalaydi.Masalan, ma’muriy - buyruqbozlikka asoslangan sobiq sovet tizimi buyruqboz
shaxslar tipini shakllantirdi. Bunday shaxs tipiga «yuqori»ga ko’r-ko’rona, so’zsiz bo’ysunish,
dunyoqarashi tor, bir tomonlama, o’z mansabini saqlab qolish va yuqori mansablarga erishish
yo’lida har qanday qabihlikdan qaytmaydigan, munofiqlik kabi xususiyatlarga ega bo’lganlar
kiritildi. Bunday kishilarning shaxs xususiyatlari ular bajaradigan vazifasiga o’z o’rnini bo’shatib
beradi.
Shaxs faoliyati
deganda, uning ichki va tashqi tendensiyalarining ijtimoiy hayotda namoyon
bo’lishi xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi
bo’lib, uning yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirishlari va sifat ko’rsatkichidir. Demak, ijtimoiy
faollik shaxsning muhim sifatidir.Shaxs faolligi deb, uning hayotini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan
va qadriyatlarining nomoyon bo’lish xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik inson shaxsi sifati
darajasining asosiy ifodasi bo’lib, uning yuksak qadriyatdagi ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat
ko’rsatkichidir. Shu jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va kichik (tor) ijtimoiy darajalarda
o’rganiladi. Shaxsning bunday darajalarda o’rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi. Shu
boisdan ham shaxs sotsiologiyasini o’rganish Vatan, xalq farzandi, haqiqiy chin insonga xos bo’lgan
shaxs darajasiga yetishishni anglab olishimizga yordam beradi. Vatanni sevish Vatan farzandi
bo’lish g’ururini o’stiradi.Vatan uchun, xalqi uchun kerak bo’lsa, jonini fido qilishga shay turish –
buyuk insoniy fazilatdir. Shaxs sotsiologiyasi ana shunday yetuk shaxslarni yetishtirib berishga
xizmat qiladi
Individ sifatida namoyon bo’lgan mavjudot ijtimoiy muhit ta’sirida shaxs sifatida
shakllanadi.Individning jamiyat bilan o’zaro munosabatiuni ma’lum bir Sotsial jamoa vakiliga
aylantiruvchi turli guruhlardir.Bu munosabatni amalga oshirishda muloqat asosiy rol o’ynaydi,
Sotsial guruhlar orqali amalga oshadi. Demak, shaxs kishining hayot kechirish sharoitlarida Sotsial
guruhlar, Sotsial institutlar, Sotsial tashkilotlar ta’sirida faoliyat jarayonida shakllanadi. Shaxsning
shakllanishida guruhlar va jamoalar yetakchi rol o’ynaydi.Demak, shaxs - o’ziga xos intellektual,
emosional, irodaviy-shaxsiy belgi va sifatlarga ega bo’lgan subyekt. Bu belgi va sifatlar muayyan
Sotsial-iqtisodiy formasiyaning mahsulidir. Shaxs o’tmish tarixiy tajribani, o’tmishdagi madaniy
boyliklarni o’zida to’playdi.«Shaxs - barcha ijtimoiy munosabatlarning yig’indisidir».Jamiyatdan
tashqaridagi shaxs norealdir. Shaxsning shakllanishi:
- shaxsning rivojlanish davriva uning natijasi.
- shaxsni maqsadga yo’naltirilgan tarzda tarbiyalanishidan iboratdir.
Shaxsning rivojlanishi uning faoliyatida o’zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni
qondirishning imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlarda aniqlanadi.Mustaqil O’zbekistonning buyuk
8
kelajagini barpo qiladigan, unga munosib shaxs bo’la oladigan kishini tarbiya qilib yetishtirish
hozirgi davrning asosiy vazifasi ekanligi shaxs sotsiologiyasida o’rganiladi.
Hozirgi davrda jamiyatimizda shaxsning quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |