10
Hozirgi davr sotsiologiyasida «inson» deganda Yerda yashayotgan mavjudot turlaridan biri
tushuniladi.Inson alohida olingan tur (Homo sapiens) vakilini ifodolovchi umumiy tushunchadir.
Inson, umuman inson zotining yig’iq obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir vaqtning
o’zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Gegel ta’biri bilan aytganda, «insonning
o’zida bevosita mavjudligi qandaydir tabiiydir, bu uning o’z tushunchasiga binoan tashqidir; faqat
o’ziga tegishli tana va ruhini
takomillashtirish vositasida, mohiyatan o’zini o’zi anglashi sababli
ham u o’zini erkin tutadi, u o’ziga o’zi egalik qilishga kirishadi va ham o’ziga, ham boshhalarga
nisbatan bo’lgan munosabatlarda o’ziga o’zi egalik qiladi. Bu o’ziga o’zi egalik qilishga kirishish,
shuningdek, bu holatni voqyelik deb bilish shuni ko’rsatadiki, inson o’z tushunchasiga binoan
(imkoniyat, qobiliyat, moyillik), endi o’zini o’ziniki deb bilishi, o’zini
xuddi predmetdek
hisoblashi - oddiy o’zini o’zi anglashdan farq qilib, u haqiqatda narsa (buyum) shaklida namoyon
bo’la olish qobiliyatiga erishadi»
1
Individ esa inson zotining alohida olingan nusxasi, uning
vakillaridan biridir. Shaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo’lib, u ma’lum va betakror
individuallikka ega bo’ladi. An’anaviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijodiy qobiliyati ancha
chegaralangan edi. Chunki, an’anaviy jamiyatda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi,
shaxslararo munosabatlarning o’ta
tabaqalashuvi, o’zaro harakatlar va munosabatlarni norasmiy
muvofiqlashtirish, jamiyat a’zolarini bir-biriga tobelik, urug’chilik va qon-qarindoshlik
munosabatlari bilan bog’liqligi, boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat a’zolarining
faolligini cheklab qo’ygan bo’lib, bu holat shaxsning ijodiy faoliyat ko’rsatish va fikrlash
qobiliyatini rivojlantirishga yo’l bermas, o’zaro munosabatlarning esa biqiq bo’lishini taqozo etar
edi.Zamonaviy jamiyatning paydo bo’lishi bilan insonning ijtimoiy va siyosiy munosabatlardagi
o’rni yuksalib bordi. Bu jamiyatlarda o’zaro munosabatlarning bir-biriga ta’sir
etish darajasi va
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi - uning sekinlik bilan yuksak ta’lim va tajribaga, shuningdek,
yuqori kasbiy malakaga asoslanishi, ijtimoiy munosabatlarning qonunlar, me’yorlar, shartnomalar
asosida muvofiqlashtirshning rasmiy tizimini shakllanishi, ijtimoiy boshqaruvning takomillashgan
tizimini
yaratilishi, dinni davlat va boshqaruvdan ajratilishi, ijtimoiy institutlarning ko’payishi va
rivojlanishi kabi omillar natijasida insonlararo munosabatlar yuksalib, siyosiy institutlarni nazorat
etish, inson huquq va erkinliklarini himoya etish, jamiyatda tenglik o’rnatish imkoniyatlari paydo
bo’ldi. XX asrga kelib eng takomillashgan va zamonaviy kishilik birliklari fuqarolik jamiyati, deb
atala boshlandi.
.Xozirgi zamon rivojlangan mamlakatlarida barpo etilgan fuqarolik jamiyatlari to’g’risidagi
tasavvurlardan kelib chiqadigan bo’lsak, u qolda fuqarolik jamiyati bu:
- avvalo, jamiyat hayoti faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida ixtiyoriy ravishda
shakllangan, boshlang’ich nodavlat tizimlarini o’z ichiga qamrab olgan insoniy birlikdir;
- ikkinchidan,
jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, oilaviy, milliy, ma’naviy, aqloqiy, diniy, ishlab
chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir;
- uchinchidan, erkin individlar, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilotlar va fuqarolarning turli
davlat organlari tazyiqlari yoki bir qolipga solishlaridan qonunlar vositasida himoyalangan jamiyat
bo’lib, unda ular o’zligini namoyon qila olishlari uchun doimiy imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
Bu jamiyatda shakllangan mamlakatlar fuqarolari siyosiy, axloqiy
va huquqiy madaniyatlari
darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
2
Jamiyatda o’rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga
chiqish holatlarini o’rganuvchi deviant xulq-atvor sotsiologiyasi O’zbekistonda o’rganilmagan
sohadir. Faqat turli soha mutaxassislari deviant xulq-atvorning turli ko’rinishlarini o’z tadqiqot
obyektlari doirasida o’rganganlar. Respublika faylasuflari X. Shayxova, o’. Nazarov, M. Xolmatova,
N. Komilov (shaxs tarbiyasida ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari), huquqshunoslar A. Јulaqmetov,
Y. Karaketov, M. Usmonaliyev (jinoyatchilik, jumladan, o’smirlar jinoyatchiligi masalalari),
psixolog olimlar o’. Shoumarov, N. Sog’inov, S. Axunjanova, Z. Јodirova, E. Usmonov, B. Umarov
(o’z joniga qasd qilish va jinoyatchilik muammolarining ruhiy-psixologik asoslari), pedagog-olimlar
O. Musurmonova, D. J. Sharipovalarning (oilada barkamol shaxsni tarbiyalash hamda giyohvandlik,
ichkilikbozlik, chekish kabi illatlarni oldini olish muammolari) olib borgan ilmiy ishlarini shular
1
Гегель Г.В.Ф. Философия права. - Москва: Мысль, 1990, с. 113.
2
ЈирІизбоев М. Фуµаролик жамияти. «Ёшлик» журнали, 1996, №6, 3-4 бетлар.