6
4-MAVZU:Shaxs sotsiologiyasi va deviant xulq-atvor.(2 soat).
Reja:
4.1 Shaxs, inson, individ tushunchalari.
4.2 Deviant xulq-atvor tushunchalari.
4.3 Sotsial nazorat kishilar hatti-harakatini tartibga solish mexanizmi sifatida.
Shaxs Sotsial o’zaro ta’sir va munosabatlarning birlamchi omili hisoblanadi. Shu jihatdan
qaraganda shaxsning o’zi nima?Bu savolga javob berish uchun, avvalo, «inson», «individ», «shaxs»
tushunchalarini bir-biridan farqlab olish kerak. «Inson»
tushunchasi, umumiy, hamma uchun xos
bo’lgan sifat va qobiliyatni izohlash uchun qo’llaniladi. Bu tushuncha dunyoda mavjud bo’lgan,
tarixan o’ziga xos shunday rivojlanayotgan birlikki, insoniyatni anglatib, u boshqa hamma moddiy
tizimlardan farqli o’laroq, o’ziga xos ijtimoiy faoliyat usullari bilan farq qiladi. Ushbu hayotiy
faoliyat usuli tufayli inson tarixiy rivojlanishning
hamma bosqichlarida, dunyoning barcha
nuqtalarida o’ziga o’xshash bo’lgan antologiyaga oid holatni saqlab qoladi.
Demak, insoniyat o’ziga xos moddiy voqyelik sifatida mavjud bo’ladi. Ammo, insoniyat o’z
holicha mustaqil mavjud bo’lmaydi.Aniq insonlar yashaydilar va harakat qiladilar. Insoniyat alohida
vakillarining mavjud bo’lishi «individ» tushunchasi bilan ifodalanadi. Individ – bu, insoniyat
zotining
yakka vakili, insoniyatning hamma Sotsial va ruhiy jihatlari idroki, irodasi, ehtiyojlari,
manfaatlari va hokazolarning sohibi hisoblanadi. «Individ» tushunchasi bu vaziyatda «aniq inson»
sifatida foydalaniladi.Masalaning bunday qo’yilishida turli biologik omillar (yosh
jihatlari, jinsiy
mijozlarining o’ziga xos tomonlari), shuningdek, inson hayotiy faoliyatining
Sotsial sharoitlardagi
tafovutlar individni belgilamaydi. Insonni turli darajada: yakka tarzda va tarixiy rivojlanishining
aniq-tarixiy o’ziga xosligini aks ettirishda «individ» tushunchasi bilan bir qatorda «shaxs»
tushunchasi ham qo’llaniladi. «Shaxs» bir qator gumanitar fanlarning falsafa,
ruhshunoslik,
pedagogika va sotsiologiyaning o’rganish obyekti hisoblanadi.
Falsafa shaxsni faoliyat subyekti, ong va ijodiyot sifatida tutgan o’rni, nuqtainazaridan qarab
chiqadi. Ruhshunoslik - shaxsni ruhiy jarayonlar, xususiyat,
qobiliyat, iroda sifatlari va boshqa
jihatlar barqaror yaxlit holda o’rganadi.Sotsiologik yondashuv shaxsning Sotsial-tipik jihatini
ajratadi. Shaxs sotsiologik nazariyasining asosiy masalasi shaxsning shakllanish
jarayoni va uning
ehtiyojlarini qondirish, Sotsial birlikda rivojlanishi va amal qilishi,
jamiyat bilan shaxs aloqalari,
shaxs va guruhlar, shaxsning Sotsial fe’l-atvorini,
Do'stlaringiz bilan baham: