www.ziyouz.com
kutubxonasi
31
Sulaymon, sen muni bilmasmu erdingkim, Tengri taolo maxluqotin magar o‘z xoni karamidnn
to‘yg‘ozg‘ay, bu nav’knm meni ko‘rdung. Bu bahrda Tengri taolo andoq jonivorlar yaratibdurkim, har
biriga iki mendekni tu’ma qilibdur. Sulaymon a. s. Tengri taolo sun’ng‘a ofarinlar qilib, o‘z qilg‘onidin
munfail bo‘lub, haq taolo qoshida ajzig‘a e’tirof qildi, afvu ma’rifat tiladi. Tengri taolo aning matlubini
anga yetkurdi. Ul tanbih bo‘ldi. Manquldurkim, Sulaymon a. s. tuyurdin har birini bir ishga ta’yin qilur
erdi. Hudhudni suv topmoq amrig‘a muqarrar etib erdikim, taxti yiliga biyobonlarg‘a guzar qilurda suv
darboyist bo‘lur erdi. Bir kun suvg‘a ehtnyoj bo‘lub, Hudhud topilmadi. Sulaymon a. s. suvg‘a
buyurdikim, ani hozir qilg‘ay. Ul hozir qilg‘och, Sulaymon a. s. xitob qildi, g‘azab bilakim, qayon
borib erding? Va hol ul-ki, Hudhud bir zamon mulozimatdin forig‘ topib, sayr uchun tayron qilib, bir
shahrg‘a ko‘zi tushub erdikim, oti Sabo erdi va podshohi Bilqis otlig‘ xotun erdi. Va aning ahvolining
kayfiyatin mashruh bilib kelib erdi, Sulaymon a. s. so‘rg‘och, arz qildikim, bu nav’ shahrg‘a yettim va
bu nav’ podshohi bor. G‘oyat husnu jamol va nihoyati husnu kamol va salotindin munfarid va millati
oftobparastlig‘. Otasi Sharohil Ya’rib binni Qahiton naslidin va onasi Rayona jinikim, jin shohining
qizi bo‘lg‘ay. Va muning asnosida oncha ta’rif qildikim, Sulaymon a. s.g‘a aning muloqoti mayli
bo‘lub, maktub bitdikim, islom davlatig‘a musharraf bo‘lsunki, «Innahu min Sulaymona va innahu
bismillohir-rahmon-ar-rahimi allo ta’lu alayya va’tuni muslimina»
47
andin muxbirdur. Va bu nomani
Hudhudqa berib, Sabo shahrig‘a yibordi. Va noma Bilqisqa yetkondin so‘ngra, Bilqis taammul bila
to‘rt kirpich ikisi oltun, ikisi kumush, dog‘i bir muhrlik durj va yuz qiz va o‘g‘ul – barisin borchasig‘a
eranlar libosi kiydurulgan orasta qilib, Manzar binni Umarkim, aql va kayosatlig‘ kishi erdi, bu nimalar
bila Sulaymon a. s. hazratig‘a yibordi. Dog‘i dedikim, agar xishtlarni qabul qilur va sening bila istig‘no
yuzidin muloqot qilur, payg‘ambar emas va agar aks qilur, payg‘ambardur. Andin so‘ngra o‘g‘lonlarni
qizlardin ayirsun, dog‘i huqqada ne nima erkanni desun va degondin so‘ngra yetishmokin ham aytsun.
Manzar mutavajjih bo‘lub, Sulaymon a. s.g‘a Jabrail a. s. kelib, ul ishlardin xabar berdi. Sulaymon a. s.
mazkur bo‘lg‘on ul o‘n iki yig‘och oltun, ko‘mush, xisht to‘shagon yerda sipohini orasta qilib,
Manzarning yo‘lida to‘rt xisht o‘rnini ochuq qildilar. Manzar bu hashamatni ko‘rub, hayron qolib, o‘z
kelturgon tuhfasidin sharmanda bo‘lub, hamul ochuq qolg‘on to‘rt xisht o‘rnig‘a qo‘yub, Sulaymon a.
s. hazratig‘a keldi. Ochuq yuz bila e’zozu ikrom qilib buyurdnkim, tuhfakim kelturub erding, ne uchun
tashlading? Ani qabul qilmasbiz, qoytib Bilqisa aytkim, iymon qabul qilsun. Va inosni zukurdin ayirdi
va durj ichinda dedikim, yoquti nosuftadur. Ani chiqorib buyurdikim, olmos bila sufta qilsunlar. Chun
Manzar Bilqis xizmatig‘a ko‘rgonlarin arz qildi, Bilqis Sulaymon a. s. xizmatig‘a mutavajjih bo‘ldi.
Bir yig‘och yoqin yetkonda Sulaymon a. s.g‘a xabar bo‘ldi. Va mazolim devonida o‘lturub, dedikim,
bo‘lg‘ayki Bilqisning taxtin Sabo shahridin bot kelturgay. «Qola ifritun minal jinni ana otika bihi qabla
an taquma min maqomika va inni alayhi laqaviyyun amin»
48
. Sulaymon a. s. dedikim, mundin botroq
kerak. Yana bir jin dedikim, ko‘z yumub – ochquncha kelturay. Sulaymon a. s. qilg‘on da’viysi bila
hozir qildi. Va ul taxtni Bilqis yeti o‘tlosh uy ichinda qo‘yub, borchasin muqaffal qilib erdi, Sulaymon
a. s. buyurdikim, o‘z taxti ustida qo‘ydilar. Bilqisqa bor bo‘ldi va o‘z taxti go‘shasida yer berib,
iltifotlar qildi. Bilqis o‘z taxtini ko‘rub, mutaajjib bo‘lub, Sulaymon a. s.ning nubuvvatig‘a shaki
qolmadi. Va Sulaymon a. s. Bilqisni o‘z qiz-qardoshi qoshida tushurdi. Necha kunluk musohabatdin
so‘ngra, mezbon mehmonning xasoyili hamidasin ta’rif qilib, Sulaymon a. s. Bilqisni o‘z nikohig‘a
tortti. Va aning muborak ayog‘ida tuk bor erdn. Aning jihatidin devlar hammom binosin qilib, to‘ra
tarkibi bila ul ishning iloji qildilar. Va ul sohibi davlat jihatidin necha ming yildurkim, xaloyiq
hammom osoyishig‘a musharrafdurlar, ta’rifdin mustag‘niydur. Sulaymon a. s. fitnasi «Qolallohu
taolo: va laqad fatanno Sulaymona va alqayno alo kursiyyihi jasadan summa anoba»
49
. Sulaymon a. s.
fitnasi sharhida muxtalif rivoyat bor. Ammo ulcha bu muxtasarg‘a munosibdur yozilur. Ba’zi
debdurlarki, bovujudi yeti yuz haram va uch yuz surriyat Tengri taolo Sulaymon a. s.g‘a bir o‘g‘ul
berdikim, bir ko‘zi ko‘r va bir iliki va bir oyog‘i yo‘q erdi. Sulaymon a. s. va Bilqis va Osaf insof
yuzidin o‘zlarining uyubig‘a mu’tarif bo‘lub, duo qilg‘och ul tiflni haq taolo tandurust qildi va aning
muhofazati uchun Sulaymon a. s. jinlarni ta’yin qildi. Tengri taolo aning o‘z o‘g‘lini soyir atfoldin
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |