www.ziyouz.com
kutubxonasi
49
58. «Bas, Parvardigori uni (Maryamni)
xush qabul aylab, chiroyli parvarish etdi...» («Oli Imron» –
37).
59. Har qachon Zakariyo (Maryamning) oldiga hujraga kirganida, uning huzurida bir rizq –
nasiba
ko‘rdi. U: «Ey Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?» – deb so‘raganida (Maryam) javob qildi:
«Bular Olloh huzuridandir...» («Olv Imron» – 37).
60. «Albatta, Olloh o‘zi xohlagan kishilarga behisob rizq berur» («Oli Imron» – 37).
61. So‘ng mehrobda namoz o‘qib turgan vaqtida unga farishtalar nido qildilar... («Oli Imron» –
38).
62. (Biz unga): «E Yahyo, Kitobni (ya’ni Tavrotni) mahkam ushlagin, (dedik) va unga go‘daklik
chog‘idayoq hikmat – ma’rifat ato etdik» («Maryam» – 12).
63. Eslang (Ey Muhammad), farishtalar: «Yo Maryam, albatta, Olloh senga o‘zining so‘zini
xushxabar
qilib beradiki, uning ismi al-Masih Iso binni Maryam bo‘lib, dunyoyu oxiratda obro‘li va
(Ollohning) yaqinlaridap bo‘lur hamda odamlarga go‘daklik paytida ham voyaga yetgan chog‘idagidek
gapirur va Solih bandalardan bo‘lur...» («Oli Imron» - 46).
64. Eslang, Iso binni Maryam: «Ey Bani Isroil, albatta, men Ollohning sizlarga (yuborgan)
payg‘ambaridurman. (Men) o‘zimdan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchi va o‘zimdan
keyin keladigan
Ahmad ismli bir payg‘ambar haqida xushxabar berguvchi bo‘lgan holda yuborildim...» («Saf» – 6).
65. «Men sizlarga loydan qush timsolini yasab,
unga puflasam, u Ollohning izin – irodasi bilan
haqiqiy qush bo‘ladi. Va yana ko‘r, pes kasallarini tuzata olaman...» («Oli Imron» – 49).
66. «Va Ollohning izni bilan o‘liklarni tiriltiraman...» («Oli Imron» – 49).
67. «... Ey tangrim, Parvardigor, bizga osmondan
bir dasturxon nozil qilgilki, u avvalu oxirimiz
uchun bayram va sening oyat – mo‘‘jizang bo‘lib qoladi. Bizni (shu ne’matdan) bahramand qilgil.
O‘zing eng yaxshi rizq berguvchisan...» («Moida» – 114).
68. Ollohdan panoh tilaymiz nafslarimizning va amallarimizning yomonligidan (Duo).
69. Hali ular (ya’ni, payg‘anbar (a. s.)ga zamondosh bo‘lgan yahudiy
va nasorolarning ayrimlari
o‘sha Ashobul – Qahfni): «Uchtadir, to‘rtinchilari itlaridir», – deb gaybga tosh oturlar (aniq bilmagan
narsalari haqida gap soturlar)... («Qahf» – 22).
70. (Ular Qahf – g‘orlarda) uch yuz yil turdilar va yana to‘qqiz yilni ziyoda ham qildilar («Qahf» –
25).
71. So‘ng (yahudin va nasroniy) firqalar (Iso xususida) o‘zaro ixtilof qildilar... («Maryam» – 37).
72. Choh egalari la’nat qilingaylar («Buruj» – 4).
73. (She’r) Ayollarning vafosi haqida zikr qilishni qo‘y. (Ularning vafosi)
tonggi shabada va
(yolg‘on) ahdu paymonning o‘zidir.
74. Qadr kechasi mnig ondan yaxshiroqdir («Qahf» – 3).
75. Olloh senga zoniya xotinlarning yuzini ko‘rsatsin.
76. Me’dangda taom bo‘laturib, taom yema. Qur’oni karim oyatlari Alouddin Mansur tarjimasidan
olindi.