3.
Asosiy vositalarni qayta baholash va tamirlash hisobi
Asosiy vositalarni qayta baholash - asosiy vositalar tiklash qiymatini hozirgi bozor
narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan
aniqlashtirishdir. Asosiy vositalarni qayta baholash «Asosiy vositalarni har yili 1 yanvar
holatiga kora qayta baholash tartibi togrisida»gi nizom qoidalari boyicha: – har yili
tashkilotlar tomonidan, mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari; – uch yilda bir
marta mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan (1-fevralgacha) 1-yanvar holatiga
kora qayta baholash otkazilayotgan paytdagi narxlar darajasidan kelib chiqib amalga
oshirilishi kerak. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy
qiymat boyicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlangich qiymati qayta
baholanishi mumkin (shu jumladan ozbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari boyicha
vaqti-vaqti bilan). Asosiy vositalarning boshlangich (tiklash) qiymati qayta baholangan
holatlarda qayta baholash otkazilgan sanadagi ularning jamlangan amortizatsiyasi asosiy
vositalarning boshlangich (tiklash) qiymati ozgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi
hamda keyingi hisoblanadigan amortizatsiya qayta baholangan qiymati hisobidan amalga
oshiriladi. Asosiy vositalar indeksatsiya yoli bilan yoki rasmiy tasdiqlangan bozor
narxlari boyicha bevosita qaytadan hisob-kitob qilish orqali qayta baholanadi. Asosiy
vositalarning baholashdagi ortgan summasi qayta baholash natijasida "Uzoq muddatli
aktivlarni qayta baholash boyicha tuzatishlar" hisobvaragiga rezerv kapitali tarkibiga
hisoblanadi. Asosiy vositalarning baholashdagi kamayish summasi qayta baholash
natijasida "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boyicha tuzatishlar" hisobvaragi
rezerv kapitalining mazkur obektning avvalgi hisobot davrlarida otkazilgan baholashdagi
ortgan summasi atrofida kamayishiga tegishlidir.
Byudjet tashkilotlari - yuqori tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot
mavjud bolmaganda - qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda unitar korxonalar
tomonidan xojalik yuritish huquqi bilan ularga tegishli bolgan kochmas asosiy vositalar
- korxona mol- mulkining mulkdori roziligi bilan, qolgan asosiy vositalar esa - qonun
hujjatlariga asosan mustaqil ravishda boshqa korxona va tashkilotlar - qonun hujjatlariga
muvofiq mustaqil ravishda tezkor boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar
korxonalari (davlat korxonalari) tomonidan korxona muassisining roziligi bilan Asosiy
vositalarni balansdan chiqaradilar: Asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobi "Asosiy
vositalarning chiqib ketishi" 9210-hisobvaragida yuritiladi. Ushbu hisobvaragning
debetida boshlangich qiymat va tugatish boyicha xarajatlar, kreditida esa chiqarish
kuniga hisoblangan eskirish summasi va tugatishdan olingan daromad hisobga olinadi.
Tugatish dalolatnomalari tasdiqlanguniga qadar asosiy vositalarni qismlarga bolish va
demontaj qilishga yol qoyilmaydi. Tugatish jarayoni yakunlanganidan song korxona yoki
tashkilot buxgalteriyasi tomonidan asosiy vositalarni tugatish bilan bogliq xarajatlar va
ularni tugatishdan moddiy boyliklarning kelib tushishi togrisida malumotnoma
tayyorlanadi. Qismlarga bolingan va demontaj qilingan asosiy vositaning boshqa asosiy
vositani tamirlash uchun yaroqli bolgan barcha uzellari, detallari, materiallari, rangli va
qimmatbaho metallari ular hisobga olinadigan tegishli hisobvaraqlarga asosiy vositalarni
tugatish komissiyasi tomonidan belgilanadigan ehtimoliy foydalanish narxi boyicha
kirim qilinadi. Yaroqsiz uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar
ikkilamchi xom ashyo (temir-tersak, qiyqindi yoki otin) sifatida kirim qilinadi hamda
korxona yoki tashkilotning xohishi boyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
ishlatiladi. Unitar, davlat va boshqa korxona hamda tashkilotlar uchun uzellar, detallar,
materiallar, rangli va qimmatbaho metallarni, shuningdek, asosiy vositalarni qismlarga
ajratish va demontaj qilishdan olingan ikkilamchi xom ashyoni sotishdan olingan
mablaglar, tugatish bilan bogliq xarajatlar chegirilgach, ular tasarrufida qoladi va, agar
qonun hujjatlarida boshqa narsa nazarda tutilmagan bolsa, ularning xohishiga qarab
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |