Xirurgik kasalliklar


Gemorroyning asoratlariga



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Gemorroyning asoratlariga 
gemorroidal tugun trombozi, qisilishi, mo’l 
profuz qon ketishlari kiradi. Tromboz aksariyat xollarda parhezni buzganda, 
jismoniy zo’riqishdan so’ng kelib chiqadi. Og’riq ozgina jismoniy harakatda
yo’talganda vujudga keladi, yot jism hissi paydo bo’ladi. Anal teshigidan 
ko’kimtir tusli tugun ko’rinib turadi, paypaslaganda u kuchli og’riqli. Rektal 
tekshiruv ham kuchli og’riq bilan kechadi. Trombozlarni davolash ko’pincha 
konservativ bo’lib, o’z ichiga parhez, surgi dorilar, yallig’lanishga qarshi dori 
vositalari, 3-4 kun davomida permanganat kaliyli vannachalardan iborat. 
Bunday xolatlarda operativ davo maqsadga muvofiqdir. U trombozga 
uchragan tugunni kesib olib tashaladan iborat. 
Gemorroidal tugunlardan ko’p qon ketishi anemiyaga sabab bo’lib, bu 
bemorlarda umumiy lohaslik, uyqusizlik, tomir urishning tezlashishi, yurak 


403 
sohasidagi og’riq, bosh og’rishi, bosh aylanishi, mehnat qobiliyatining pasayib 
ketishidan noliydilar. Teri qoplamlari oqarib ketadi, tezda charchash, arterial 
bosimning pasayib ketishi kuzatiladi. Doimiy ko’p qon ketishidan oldin odatda 
qonning oz-ozdan ajralib turishi kuzatiladi. Arzimagan jismoniy harakat ham 
qon ketishiga sabab bo’ladi. 
Bemorlar uyda konservativ dori-darmonlar yordamida davolanib yuradilar 
va anemiya simptomlari kuchayib ketgandan keyingina bunday bemorlar 
shoshilinch yordam ko’rsatish uchun statsionarga olib kelinadilar. 
Davolash – 
operatsiya usulida bo’ladi. Tashqi gemorroidal tugun 
trombozi aksariyat parhez buzilganda, ichkilik va o’tkir taomlar eyilgandan 
keyin paydo bo’ladi. Orqa chiqaruv yo’lida qattiq og’riq boshlanadi, go’yo unda 
yot jism bordek tuyuladi. Harorat 38—39°C gacha ko’tariladi. Tashqi ko’zdan 
kechirishda orqa chiqaruv yo’li sohasida ko’kimtir tugun yoki bir necha 
tugunchalar ko’rinadi, ular paypaslanganda og’riydi, zich bo’ladi. Davolash 
parhezga qattiq rioya qilish, ovqatdan o’tkir taomlar, ichkilikni chiqarish, surgi 
dori ichish, yallig’lanishga qarshi preparatlar (diklofenak natriy, nimesil, 
ketoprofen, atsetilsalitsilat kislota), antibiotiklar qo’llanishdan iborat. Mahalliy 
qo’rg’oshinli xo’llab bosish (primochka), Vishnevskiy malhami qo’llaniladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish