Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Siklonlar
. Oddiy cho‘ktirish uskunalarida gaz aralashmalaridagi mayda 
changlarni ajratish ancha qiyin. Cho‘ktirish uskunalarining o‘lchami katta 
bo‘lganligi uchun ular ko‘p joyni egallaydi. Bundan tashqari, gazlarni tozalash 
darajasi ancha kichik. Shuning uchun changli gaz aralashmalarini tozalash 
uchun sanoatda siklonlar keng ishlatiladi. Siklon silindrik va konussimon 
qismlardan iborat bo‘ladi. Uskunada tozalangan gaz chiqadigan va chang 
tushadigan patrubkalar bor. Changli gaz siklonga tangensial yo‘nalishda 20÷25 
m/s tezlikda kiradi. So‘ngra pastga spiralsimon aylanma harakat bilan yo‘naladi. 
Natijada markazdan qochma kuch hosil bo‘ladi. Bu kuch ta’sirida gaz oqimidagi 
qattiq zarrachalar o‘qdan siklonning ichki devori tomon harakat qiladi, so‘ngra 
devorga urilib o‘z kinetik energiyasini yo‘qotadi va og‘irlik kuchi ta’sirida 
pastga tushadi. Siklonning pastki konussimon qismida gaz oqimi inersiya 
bo‘yicha aylanma spiralsimon harakatini davom ettiradi va yuqoriga yo‘nalgan 
oqim paydo bo‘ladi. Tozalangan gaz markaziy quvur orqali uskunadan chiqib 
ketadi. Siklondagi changli gazlarning tozalanish darajasi qattiq zarrachalarning 
kattaligi, gaz oqimining tezligi va uskunaning geometrik o‘lchamlariga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Siklonlar konstruktiv tuzilishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: silindrli va 
konusli (1-rasm). Silindrli siklonlarda qobiqning silindrli qismi ancha uzun qilib, 
konusli siklonlarda esa konussimon qilib tayyorlangan bo‘ladi. Silindrli 
siklonlar yuqori ish unumdorlikka, konusli siklonlar esa yuqori tozalash 
darajasiga ega. Biroq konusli uskunalarda bosimning yo‘qolishi ko‘proq bo‘ladi. 
Konusli siklonlarda yuqoridan pastga qarab ko‘ndalang kesim yuzasining 
kamayib borishi sababli uskuna devori yaqinda chang zarrachalarining ajralishi 
tezlashadi. Silindrli siklonning diametri 2 m dan, konusli siklonning diametri esa 
3 m dan ortmasligi kerak. Siklonlarning diametri 2–3 m dan ortib ketsa, 
uskunaning tozalash darajasi kamayadi. 


157 
1-rasm
. NIIOgaz konstruksiyali siklonlar sxemasi: 
a – silindirli; b – konusli. Oqimlar: I–changli gaz, II–tozalangan gaz, III–chang. 
Umuman olganda, siklonlar tarkibida 400 g/m
3
gacha qattiq fazani 
ushlagan changli gazlarni tozalash uchun ishlatiladi. NIIOgaz tomonidan ishlab 
chiqarilayotgan siklonlarning diametri 100÷1000 mm ga, changli gazlarning 
tozalanish darajasi 30÷85 % ga teng. Changli gaz aralashmalaridagi qattiq 
zarrachalarning diametri kattalashgani sari gazlarning tozalanish darajasi 90÷95 
% gacha ortishi mumkin. 
Siklonlarda 
gaz 
aralashmalarining 
tozalanish 
darajasi 
ajratish 
koeffitsiyentiga bog‘liq: 
Ka = 
rg
W
2
,
(4) 
bu yerda, W – gaz oqimining tezligi, m/s; r – siklonning radiusi;
g – erkin tushish tezlanishi (g=9,81 m/s
2
). 
Bu tenglikdan ko‘rinib turibdiki, tozalanish darajasini oshirish uchun gaz 
oqimi aylanma harakatining radiusi, ya’ni siklonning radiusini kamaytirish yoki 
gaz oqimining harakat tezligini oshirish kerak. Gazlarning tezligini ortishi 
natijasida siklonda kuchli turbulent oqim hosil bo‘lib, gidravlik qarshilik 
kattalashadi, changli gazlardagi qattiq zarrachalarning normal cho‘kishi buziladi 
va gazlarni tozalash qiyinlashadi. Siklonlarning radiusi kichiklashtirilsa, 
ularning unumdorligi kamayadi. Shuning uchun ko‘p miqdordagi changli 
gazlarni (140 m
3
/s gacha) tozalash va ajratish tezligini oshirish uchun parallel 
ishlaydigan siklonlar guruhi yoki batareyali siklonlar ishlatiladi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish