Ilm olish sirlari.
Imom Zarnujiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
44
-Hikmat mo’’minning yo’qotgan kerakli narsasidir. Uni qayerda topsa darhol oladi, qabul qiladi,-
deganlar. Shu muborak hadis hukmi talaba uchun hayotiy shiordir. Uni hayotiga tatbiq etmog’i
zarurligi va foyda tapabida davomli bo’lishi
hamda fazilati, usullari haqida so’z yuritamiz.
Shubhasiz, ulug’ niyatliktalaba foyda talabini hamma vakp" va joyda qilishi shart, ya’ni o’z manfaatini
doim ko’zlashi zarurdir. Ularni yodda saqlab o’z o’rnida iste’mol eta olishi bilan fayzi oshadi.
Jamiyatda ham hurmat-e’tibori paydo bo’ladi.
Ammo
istifoda, foyda talab qilishning usuli har vaqt yonida yozuv asboblari bo’lishidir. Ruchka,
qalam va qog’oz, daftar kabi ashyolar tolibning hamrohi bo’lmog’i kerak.
Zamona takomillashi bilan o’quvqurollari ham kamolga qarab yuz burmokda. Kitobning nusxasida
siyohdon deb zikr qilingan bo’lsa, biz zamonamiz keng ishlatayotgan yozuv ashyolarini keltirdik. Agar
yonida bu asboblarni olib yursa, eshitgan foydali, hikmatli gapni o’ziga qayd qilib ko’yishi
mumkin
bo’ladi. Axli donishlar:
Kim zehniga ishonib yod olibdi,
Yod olgani tezda undan qochibdi,
Kim yozib, qayd ayladi,
Ketmas qilib uni bog’ladi.
Doim o’z yonida qaror topadi,- deganlar. Yana debdilar:
-Ilm - kishilar tillaridan olingan ulug’ mahsul. Chunki, ular eng yaxshi va purfoyda eshitganlarini
yodlaganlar, qalblariga muhrlaganlar va ko’ngillaridagi tajribadan o’tgan, foydalisini gapirganlar.
Mana shulari ilmdir.
Shayxul islom,
buyuk ustoz, Adibul Muhtor nomi bilan mashhur zot a.r. aytar edilar:
Hazrat Hilol ibn Yasir (r.a.) janob Rasulullohning sahobai kiromlarga bir narsa deb turganlarini
ko’rgan ekan. Shunda:
-Yo, Rasulalloh! Jonim sizga fido bo’lsin! Hozirgi sahobai kiromlarg’a aytgan hikmatli so’zlaringizni
menga ham aytib bering!- dedi. Janobimiz:
-Ey, Hilol! Yoningda siyoxdoning bormi? Yozuv ashyolaring bormi?- dedilar. siyohdonim yo’q,- dedi.
Janobi Sarvari Koinot:
-Ey, Hilol! Zinhor siyoxdondan ajralma!
Х
ayrning ko’pi qalamda va qalam ahllaridadir. Ular
qiyomatgacha fazilat sohibi bo’lishda bardavomdirlar,- deb aytdilar. Janob s.a.v
ilmni qayd etish, uni
yozib qo’yishning ulug’ ishlardan ekanigg ishora qildilar.
Shayxul islom, Sadri Shahid Hisomiddin (a.r.) hazratlari o’g’illari Shamsiddinga har kuni ilmu
hikmatdan biron yengil narsani yod olib borishni buyurgan ekanlar. Chunki, bu ish yengil va osondir.
Т
ez kunlarda ular to’planadi. Umr ham zoye ketmaydi.
Hazrati Asom ibn Yusuf (a.r.) bir dinorga qalam sotib olgan ekanlar. Bir dinor xuda katta pul.
Maqsadlari eshitgan foydalarini darhol yozib olish edi. Zero, umr qisqa, ilm esa ko’pdir.
Umr tugaydi,
ilm aslo tugamaydi. Umrining o’tib borayotgan soniyalarini g’animat bilmog’i kerak.
Ayniqsa, kechani va bo’sh vaqtlarni g’oyat g’animat bilib, qadrlash zarur. Mashoyixlarimiz:
Kechalari uzun va u sening buyuk o’ljangdir. Undan o’rinli foydalanib qol! Zinhor uyqu bilan kechani
qisqartirma! Kunduz esa yorug’lik, ziyodir. Uni gunoh va bekorchilik bilan changitib, ifloslantirma!