Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


O‘zini - o‘zi nazorat qilish savollari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

O‘zini - o‘zi nazorat qilish savollari 
1. O‘zbekistonning xalqaro huquq subyektliligi nimalarda namoyon 
bo‘ladi? 
2. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari nechta va qaysi xalqaro 
hujjatlarda bayon qilingan? 
3. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatini tartibga 
soluvchi huquqiy asoslarni ko‘rsating. 
4. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan 
hamkorligi to‘g‘risida o‘z fikringizni bildiring. 
 
 
12
https://mfa.uz/uz/cooperation/ 


121 
UCHINCHI BO‘LIM. INSON VA FUQAROLARNING 
ASOSIY HUQUQLARI,ERKINLIKLARI VA BURCHLARI 
VIII BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
KONSTITUTSIYASIDA INSON HUQUQLARIGA XOS UMUMIY 
QOIDALAR 
REJA: 
1-§. Inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari 
tushunchasi. 
2-§. Fuqarolarning qonun oldida tengligi konstitutsiyaviy 
tamoyilining mohiyati. 
3-§. Fuqaro va davlatning o‘zaro mas’ulligi. 
4-§. Huquqlar daxlsizligi va sud himoyasi. 
5-§.O‘zgalarning huquq va manfaatlariga daxl qilmaslik. 
1-§.Inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarining 
tushunchasi 
Har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy 
hayotida inson huquqi muhim ahamiyat kasb etib, uning ta’minlanganlik 
holati jamiyatning demokratik taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi 
asosiy mezon, davlatning insoniyligini belgilovchi barometr bo‘lib 
hisoblanadi. Shu sababdan, har bir davlatda inson huquqi va unga 
bog‘liq munosabatlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy 
voqeliklarning markazida turuvchi asosiy masala hisoblanadi. 
Yangidan barpo etilayotgan har qanday jamiyat o‘zining rivojini dastlab 
inson huquqini ta’minlashga nisbatan munosabatni o‘rnatishdan 
boshlaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Inson huquqi – bu demokratik huquqiy davlatning eng muhim 
belgisidir. Inson huquqini qonunda va amalda ta’minlay olmagan 
jamiyat demokratik davlat hisoblanmaydi. Inson huquqining milliy 
yurisdiksiya ta’siriga olinganligi unga nisbatan huquqiy munosabatlar 
vujudga kelganligini bildiradi. Inson huquqi bilan bog‘liq vujudga 
kelgan va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlarning
aksariyat qismini inson huquqi qonunchilik tarmog‘i tartibga soladi. 
Inson huquqi – butun insoniyatning orzu-umidlarini o‘zida 
jamlagan keng qamrovli tushunchadir. Inson huquqi to‘g‘risidagi 
qonunchilik – inson va fuqarolarning huquqlari, manfaatlari, erkinliklari 
va majburiyatlari haqidagi normalar majmuyidir. Bu normalar majmuyi 


122 
inson huquqi bo‘yicha xalqaro hujjatlar va milliy qonunlarda o‘z 
ifodasini topadi. 
Insonning huquq va burchlari o‘zi yashaydigan davlatdagi butun 
ijtimoiy normalar (masalan, urf-odat, odob, an’analar, jamoat 
normalari, huquqiy normalar va boshqalar) bilan belgilanadi. 
Insonning huquq va erkinliklari bitta huquq sohasining emas, balki 
barcha huquq sohalarining normalari bilan tartibga solinadi. Bu 
jarayonda Konstitutsiya asosiy o‘rin egallaydi.
Demak inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari
va burchlari Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ular joriy 
qonunchilik normalarida, ya’ni konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqaroviy, 
mehnat va boshqa huquqiy normalarda rivojlantirilgan, 
aniqlashtirilgan, to‘ldirilgan bo‘ladi. Insonning Konstitutsiya 
va qonunlarda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklari biror bir
shaxs yoki tashkilot tomonidan buzilishi, cheklab qo‘yilishi mumkin 
emas. Ushbu huquq va erkinliklarning daxlsizligi qonun bilan 
qo‘riqlanadi.
Insonning huquqlari, erkinliklari va burchlari uning xulq-atvorini 
tartibga solish vositasi bo‘lib, ular jamiyat, davlat yoki muayyan
ijtimoiy guruhlar tomonidan o‘rnatiladi. Davlat tomonidan o‘rnatilgan 
huquqiy normalar insonning xatti-harakatlarini belgilab, ularga huquq
va erkinliklar beradi va burchlar yuklaydi.
Insonning konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari 
asosiy, deb ataladi. Chunki, birinchidan, ular insonning eng muhim 
hayotiy manfaatlarini ifodalaydi, ikkinchidan, insonning 
konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari oddiy, joriy qonunlarda emas
balki Konstitutsiya normalarida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘ladi 
va insonning boshqa huquqlari esa shu asosiy huquq va erkinliklarga 
mos tarzda yaratiladi. 
Inson huquqi tushunchasi xususida gapirganda, «inson huquqi», 
«shaxs huquqi» va «fuqaro huquqi» kabi iboralarning mazmuniga 
to‘xtalib o‘tish lozim. «Inson huquqi» va «fuqaro huquqi» iboralarini 
qo‘llash nisbatan to‘g‘ri yondashuvdir, chunki «inson huquqi» deganda, 
qonun normalarida o‘rnatilgan odamlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
ehtiyojlarini qondirishni belgilaydigan, o‘rnatadigan va ta’minlaydigan 
axloqiy yurish-turish qoidalari yig‘indisi nazarda tutiladi. 
«Fuqaro huquqi» deganda esa, shu davlatning a’zosi bo‘lgan 
insonlarga davlat tomonidan taqdim etilgan va normativ-huquqiy 


123 
hujjatlarda belgilab qo‘yilgan yurish-turish qoidalari yig‘indisi 
tushuniladi.
Inson huquqi – bu jamiyatning muhim ijtimoiy hodisasi hisoblanib, 
shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarini tartibga solib 
turuvchi normativ me’yorlar yig‘indisidir. Inson huquqini davlat 
tomonidan o‘rnatilgan, qonun asosida mustahkamlangan, jamiyatning 
har bir a’zosiga taalluqli bo‘lgan, yashash, turmush tarzini belgilash, o‘z 
xatti-harakatlarini to‘g‘ri amalga oshirish, unga berilgan imtiyozlardan 
foydalanish va jamoatchilik faoliyatini samarali olib borish imkoniyati, 
deb tushunish mumkin.
Inson huquqi har bir odamga mamlakatning ijtimoiy tuzumi, 
davlatning ichki huquq-tartiboti, o‘zining ijtimoiy mavqeyidan, 
jinsidan qat’iy nazar, tug‘ilishi bilan tegishli bo‘ladi. Inson huquqisiz 
fuqarolarning shaxsiy hayotini, faoliyatini to‘laqonli tasavvur etib 
bo‘lmaydi.
Insonning tabiiy huquqini tan olmaslik, ularni davlat tomonidan 
huquq normalarida o‘rnatmaslik inson huquqini cheklab qo‘yishga 
yoxud ularni amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga sabab bo‘ladi.
Inson huquqini himoya qilish maqsadida davlat tomonidan ma’lum 
yuridik mexanizm aniq belgilab qo‘yiladi. Qonunda belgilab qo‘yilgan 
yuridik mexanizmlar amalda himoya vositasi sifatida inson huquqiga 
tajovuz qilganlik yoki unga ziyon yetkazganlik uchun huquqiy 
javobgarlik choralarini qo‘llashga olib keladi.
Davlat tomonidan inson huquqi qonun hujjatlari orqali 
o‘zgartirilishi, cheklab qo‘yilishi yoki bekor qilinishi, yoxud boshqa 
huquqlari vujudga keltirilishi mumkin. Odatda, davlat inson va 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalda ta’minlashning kafolati 
bo‘lishi kerak.
Inson huquqi davlatning siyosiy tizimi, iqtisodiy ahvoli, ma’naviy-
madaniy taraqqiyot darajasi, shu davlatda yashayotgan insonning davlat 
bilan o‘zaro munosabati doirasi, jamiyatda tutgan ijtimoiy mavqeyiga, 
ushbu huquqlarning davlat tomonidan kafolatlanganligi darajasiga 
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, insonning yashash huquqi, shaxsiy daxlsizlik 
huquqi, mulkiy huquqi va boshqalar shu davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy tuzumi bilan chambarchas bog‘liq holda belgilanadi. Inson 
huquqini ta’minlash va kafolatlashda har bir davlatning asosiy qonuni, 
ya’ni konstitutsiyasi muhim manbayi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson huquqlari va 
kafolatlariga alohida e’tibor berilgan.


124 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘limi 
inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini 
o‘rnatishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda insonning shaxsiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy huquqlari umuminsoniy qadriyatlar va xalqaro 
huquqning umume’tirof etilgan qoidalari asosida belgilangan. 
Konstitutsiyaning muqaddimasidayoq O‘zbekiston xalqi inson 
huquqlariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qiladi, deb belgilangan. 
Bundan tashqari, uning 43-moddasida davlat fuqarolarning Konstitutsiya 
va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari hamda erkinliklarini 
ta’minlanishi nazarda tutilgan. Inson huquqlari O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida oliy qadriyat sifatida tan olingan
13

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari insonni 
ijtimoiy muhofaza qilish kafolatini belgilaydi, insonning erkin kamol 
topishi uchun munosib hayot tarzini ta’minlashga qaratilgan huquqiy 
qoidalarni o‘zida ifoda etadi. Milliy qonunlarimizda belgilanishicha, 
hech kim qiynoqqa solinishi, g‘ayriinsoniy, qadr-qimmatini xo‘rlaydigan 
muomalaga duchor qilinishi, roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalarga 
jalb etilishi mumkin emas. Har bir fuqaro mehnat qilish, haq 
to‘lanadigan ta’til va dam olish kunlaridan foydalanish, bilim olish va 
tibbiy xizmatdan foydalanish, ijtimoiy ta’minot olish va ko‘plab boshqa 
huquqlarga egadir. Insonning huquq va erkinliklarini himoyalash tizimi 
sud himoyasini, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa inson huquqini ro‘yobga 
chiqarishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 
Inson huquq va erkinliklarini amalda ta’minlash vositalaridan biri 
– bu fuqarolarning o‘z huquqini himoya qilish mexanizmining qonun 
hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilganligidadir. Inson huquqi buzilgan 
taqdirda protsessual qonunchilik qoidalariga ko‘ra, ularga nisbatan 
qilingan g‘ayriqonuniy harakatlar ustidan ma’muriy yoki sud tartibida 
shikoyat qilinishi va buzilgan huquqlar tiklanishi mumkin.
Inson huquqi milliy huquq tizimimizdagi har bir huquq sohasining 
asosiy, eng ustuvor va markaziy masalalaridan birini tashkil etadi. U 
konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, jinoyat 
protsessual huquqi, ekologiya huquqi va boshqa huquq sohalarining 
normalari bilan tartibga solinadigan asosiy ijtimoiy munosabatlar 
sirasiga tegishlidir. 
13
Ўзбекистон
Республикасининг
Конституцияси
. –
Т
.:
Ўзбекистон
, 2018 


125 
Inson huquqini munosib ta’minlash davlatning va boshqa ijtimoiy 
munosabat subyektlarining huquq va erkinliklariga ta’sir etmasligi 
kerak. Chunki, barcha insonlar tug‘ilishidan erkin va tengdirlar. Inson 
huquqi tabiiy va ajralmas xususiyatga ega bo‘lib, har bir demokratik 
davlatning asosiy vazifasi uni to‘la ta’minlashdan iboratdir.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish