Perkutan
- zahar moddalarni yo‘g‘on ichak orqali organizmga kirishi tushuniladi.
In'eksion
- ya'ni parenteral, ukol, ilon yoki boshqa zaharli xashoratlar (chayon,
qora qurt kabi) chaqishidan zaharlanish turlari kiradi.
Bo‘shliqlar orqali
- to‘g‘ri ichak, qin yoki quloq bo‘shliqlari orqali zaharlanish
turlari kiradi.
Dori turlari zaharlanishda o‘sha dori modda turi qo‘shib atalganidek (masalan,
barbituratlar bilan alkaloidlar bilan) zaharlanish sanoat tarmoqlarida sodir etilsa,
sanoat zaharlanishi, ayrim shaxsiy holatlarga tegishli bo‘lsa o‘sha holatga monand:
masalan ichkilik is'temoli orqali zaharlanishni - alkagolizm, dori turlariga qarab -
morfinizm va boshqa nomlarda ataladi.
Zaharlanishning
klinik
xususiyatlariga
asoslanib
sinflanishi
Bunda asosan zaharlanishning klinik xususiyatlari e'tiborga olinadi.
Kuchli zaharlanish
- zaharli moddani inson yoki hayvon organizmiga bir yo‘la
yuqori miqdorda kirishi va zaharlanish belgilarining tezda paydo bo‘lishi bilan
xarakterlanadi.
Xronik zaharlanish
- zahar kam miqdorda asta-sekin, lekin uzoq vaqt bo‘linib-
bo‘linib organizmga kirishi tushuniladi.
Nozologik sinflanishi
- kimyoviy birikma nomi bilan bog‘lab ataladi. Uyqu
keltiruvchilar bilan, MNS qo‘zg‘atuvchilar bilan, is gazi, zaharli ximikatlar bilan
va
boshqalar.
Shunday qilib zaharli moddalar organizmga oshqozon-ichak sistemasi orqali,
nafas yo‘li yoki teri orqali, qon tomiriga yoki teri ostiga yuborilishi orqali kirishi
mumkin va kirish yo‘li asosida organizmga ta'sir etishi ham turlicha bo‘ladi.
Zahar og‘iz bo‘shlig‘i orqali tushganda og‘iz bo‘shlig‘ida shilliq qavatdayoq
surila boshlaydi. Qolgani esa oshqozon-ichak sistemasi shilliq qavatlarida so‘riladi.
Ma'lumki, oshqozon-ichak sistemasi o‘ziga xos kimyoviy laborotoriyadir va oziq
moddalarning qonga shimiluvchan holatga o‘tishida muhim ahamiyatga ega.
So‘lak fermentlari, oshqozon suyuqligidagi pepsin va xlorid kislotasi, o‘t
suyuqligi, oshqozon osti bezi va ichak devorlarida ajraluvchi ko‘pdan-ko‘p
fermentlar, oshqozon-ichak sistemasidagi moddalarning o‘zgarishlarida asosiy
ahamiyatga ega. Mana shunday kuchli biologik birikmalar organizmga tushgach
yot, zaharli birikmalarni ham parchalab, aktivligini pasaytiradi. Zaharli moddalarni
organizmga shimilishi moddaning suv yoki yog‘da eruvchanligi, oshqozon ovqat
bilan to‘liqligi, iste'mol qilingan oziqni xarakteri va oshqozon shirasining moddaga
ta'sir ko‘rsatish darajasiga bog‘liq.
Oshqozonda suv va yog‘da eruvchi modda shimiladi. Suvda yaxshi eriydigan
moddalar esa butun organizm bo‘ylab to‘qima suyuqliklarida erib tarqalishi ham
mumkin. Oqsilga boy oziq moddalarda metall zaharlar yaxshi shimilsa, alkaloidlar
oshlovchi moddalarda yomon shimiladi va xokazo. Ichak va oshqozon atoniyasi
(qisqarish) zaharli modda shimilishini kamaytiradi.
Moddalarni so‘rilishida oshqozon suyuqligining kislotalik xossasi bilan zaharli
moddani elektrolitik aktivligi orasida uzviy bog‘liklik bo‘lib, ionlanish aktivligi
kuchli birikmalar oshqozon suyuqligi rN- sharoiti past bo‘lsa ham yaxshi shimilsa,
organik birikmalar, aksincha yomon shimiladi.
Oshqozonda organizmga so‘rilgan zaharli modda qon orqali jigarga o‘tadi va u
yerda zararsizlantiriladi. Lekin og‘iz bo‘shlig‘idan shimilgan zahar esa to‘g‘ridan-
to‘g‘ri katta qon aylanish sistemasiga o‘tadi, masalan sianidlar. Bunda zaharli
modda
4
xil
membranalarda
ushlanishi
va
zararsizlanishi
mumkin.
Birinchi
tipdagi membranalar-neytrall
molekulalarni
o‘tkazib,
ionli
birikmalarni tutib qoladi. Ikkinchi tip membranalarda tashuvchi to‘qima bilan
zaharli modda birikadi va xujayralarga o‘tib u yerda parchalanib tashuvchi to‘qima
sof holda ajraladi. Uchinchi tip membranalarda tushuvchi to‘qima bilan zaharli
modda
kompleks
birikmalar
hosil
qiladi. To‘rtinchi
tip membranalarda
ultramikroskopik bo‘shliqlar bo‘lib, bu bo‘shliqlarda musbat zaryadlangan ionlar
zaharli moddalarni o‘ziga biriktiradi. Elektrolit bo‘lmagan birikmalar uchun 3-
100nm kattalikdagi o‘ziga xos bo‘shliqlar bo‘lib, bu bo‘shliqlarda molekulyar
massasi 70000 dan kichik birikmalar tutiladi.
Moddalarning organizmda saqlanish va ta'sir etish vaqti ko‘p faktorlarga bog‘liq.
Bularga moddalarning qonga o‘tish tezligi, hujayralarga yetib borishi, modda
strukturasining biokimyoviy o‘zgarishlari kirad.
Organizmda zaharli birikmani tashuvchi bo‘lib qon hisoblanadi. Qondagi albumin,
oqsil plazmalari va zardob asosiy tashuvchi (transport) vositadir. Zaharli ekzogen
birikma va transport vositalari orasidagi munosiblik, ularning farmakologik
aktivligi va to‘qimalarda to‘planishi bilan o‘zaro uzviy bog‘liq.
Qonda spetsifik va nospetsifik tashuvchilar mavjud. Zardobdagi globulin spetsifik
tashuvchi bo‘lib, u farmakologik aktiv moddalarni (tiroksin, kortikosteron, temir
va mis birikmalari kabi) biriktiradi.
Zardob albumini esa nospetsifik tashuvchi bo‘lib, u universallikka ega, ya'ni
barcha endogen va ekzogen kichik molekulyar agentlarni biriktiradi. Organizmning
fiziologik xususiyati shunday tuzilganki, barcha modda ham qonga o‘tavermaydi.
Ammo qonga shimilgan taqdirda ham modda ayrim to‘qimalarga, masalan,
markaziy nerv sistemasiga, homilaga, jigar to‘qimalarga o‘taolmaydi. Bu o‘ziga
xos, ushlab qoluvchi kuchli to‘qimalar, ya'ni to‘siqlar borligidandir. Bular bir
necha:jigar to‘siqlari, gematoensefoletik (miyaga o‘tishga to‘siqlik qiluvchi),
platsentar
(homilani
asrovchi
bachadon
to‘qimasi)
va
boshqalar.
Bular giosogematik. bar'erlar deb nomlanadi.
Shunday qilib, zaharli modda ba'zi organlarda ko‘plab to‘plansa, boshqa a'zolarda
umuman to‘siqqa uchraydi. Masalan, qon gemoglobini o‘ziga is gazi va vodorod
sulfidni yaxshi biriktiradi, shu sababli is gazi eritrotsitlarda to‘planadi.
Keratin to‘qimalari (soch, teri, tirnoq) margimush va uni birikmalarini yaxshi
biriktiradi. Organizmdagi yog‘ to‘qimalari esa yog‘da eruvchi moddalarni yaxshi
biriktiradi va xokazo.
JIGARDAGI ZARARLI MODDALAR
Jigar – hazm bezi. Odam va hayvonlarda ovqatning hazm boʻlishi va
soʻrilishida qatnashadi, yogʻ va karbonsuvlarni zaxiraga yigʻadi. Xordali hayvonlar
va Odamda jigar – murakkab, hayot uchun muhim aʼzo. Baliq va amfibiyalarda bu
aʼzo sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuchilardagiga nisbatan kattaroq;
yirtqich hayvonlarda oʻtxoʻr hayvonlarnikiga nisbatan katta. Uning shakli
hayvonning tana tuzilishiga bogʻlik.
Odamda jigar – organizmdagi eng katta bez (vazni 1200-2200 g). Qorin
boʻshligʻida, difragmaning tagida, oʻng qovurgʻalar va qisman chap qovurgʻalar
ostida yotadi. Rangi qizgʻiqoʻngʻir, kattaroq oʻng boʻlagi bilan kichikroq chap
boʻlagi bor.
Oʻrta qismining pastki yuzasidagi koʻndalang chuqurcha jigar darvozasi yoki
qopqasi deb ataladi. Shu joydan aʼzoga arteriya, darvoza venasi, nervlar kiradi va
jigarning oʻt yoʻli, jigar venasi chiqadi. Bu oʻt yoʻli oʻt pufagidan chiqqan yoʻlga
qoʻshilib, oʻn ikki barmoq ichakka qoʻyiladigan umumiy oʻt yoʻlini hosil qiladi.
Jigar organizmning markaziy biokimyoviy laboratoriyasi boʻlib, turli-tuman
vazifalarni bajaradi; U boʻlmasa, odam, hayvon yashay olmaydi.
Aʼzo bir sutkada 600-700 g oʻt (safro) ishlab chiqarib, ovqat hazm boʻlishida va
oziq moddalarning ichakdan qonga soʻrilishida muhim rol oʻynaydi; oqsillar,
yogʻlar va karbonsuvlar almashinuvida qatnashadi; bundan tashqari, moddalar
almashinuvida hosil boʻladigan yoki tashqaridan kirgan zaharli moddalarni
zarasizlantirib, himoya funksiyasini bajaradi.
Jigarning maxsus yulduzsimon hujayralari fagotsitozga va antitelolar hosil qilishga
qodir. U qonni zahira sifatida yigʻib tura oladi. Jigar embrional rivojlanishda qon
elementlari va gemoglobin hosil qilishda ham ishtirok etadi. Organizmdagi jami
qonning 1/5 qismi bu aʼzo tomirlariga sigʻishi mumkin. Qondagi ortiqcha suv
qisman jigarda ajralib chiqib, oʻt va limfa hosil boʻlishiga ketadi.
Jigar oʻtni uzluksiz ishlab, oʻzining oʻt yoʻli orqali chiqaradi; oʻn ikki barmoq
ichakka oʻt kirishi ovqatlanish vaqtida boshlanib, meʼda ovqatdan boʻshamaguncha
davom etadi. Boshqa vaqtda esa umumiy oʻt yoʻlining halqasimon mushagi
(sfinkteri) qisqarib, shu yoʻlning teshigini berkitib turadi. Aʼzoda hosil boʻladigan
oʻt, oʻt pufagiga kirgach, Quyulib qoladi, chunki undagi suv va qisman boshqa
baʼzi moddalar pufag devoridan qonga oʻtadi.
Hazm tizimidan qonga oʻtgan hamma moddalar bu aʼzoga kelib, qisman murakkab
moddalar tuzilishiga sarf boʻladi, qisman esa parchalnadi. Masalan, qon bilan
kelgan aminokislotalardan qon oqsillari (albuminlar, globulinlar va boshqalar)
hosil boʻladi, bir qancha moddalar (fruktoza, galaktoza, laktoza, glitserin)dan
jigarda glyukoza sintezlanadi, bundan esa glikogen vujudga keladi. Glikogen jigar
hujayralarida zaxirada turadi va organizm koʻproq energiya sarflayotgan vaqtda
glyukozaga aylanib, qonga oʻtadi.
Jigar pigmentlar almashinuvida qatnashadi; unda gemoglobin yemiriladi va
bilirubin hosil boʻlib, eriydigan holga keladi. Bu aʼzoda yogʻsimon moddalar
(lipoidlar) ishlanib chiqadi va qon bilan boshqa aʼzo, toʻqimalarga borib, moddalar
almashinuvida, qatnashadi. Jigarda xolesterin, protrombin va geparin ham
sintezlanadi.
Qon bilan jigarga keladigan moddalardan baʼzilari organizmga zararli boʻlishi
mumkin. Shu moddalarni zararsizlantirish, qisman esa oʻt bilan chiqarib yuborish
jigarning vazifasidir. Masalan, qoʻrgʻoshin, margimush va boshqa(lar) zaharli
moddalar J. da ushlanib qoladi, soʻngra bezarar organik moddalar (koʻpincha oqsil
moddalar) shaklida organizmdan chiqib ketadi.
Organizmda oqsillar parchalanishidan hosil boʻladigan ammiak, qisman siydik
kislota ham J. da mochevinaga aylanib, organizmdan siydik bilan chiqib ketadi
(mochevina esa kamroq zaharli va yaxshi eriydigan moddadir).
Organizmda zararli moddalar koʻplab paydo boʻlganda (masalan, hazm
aʼzolarining surunkali kasalligida, alkogolizmda) aʼzo faoliyatlari buziladi, bu esa
ogʻir kasalliklarga olib keladi. Jigar kasalliklaridan oʻtkir va surunkali yalligʻlanish
jarayonlari, shuningdek, parazitar kasalliklar uchraydi (q. Gepatit, Jigar sirrozi,
Exinokokkoz).
Do'stlaringiz bilan baham: |