O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/173
Sana23.04.2022
Hajmi3,22 Mb.
#576823
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173
Bog'liq
oziq-ovqat texnologiyasi asoslari (2)

Takrorlash uchun savollar 
1.Qayta ishlash usullarining guruxlarga bo’lishi.
2.Bijg’itishga asoslangan ishlab chiqarishlar.
 


11 
3.Fizik-kimyoviy ishlab chiqarishlar. 
4.Mexanik-teplofizik jarayonlarga asoslangan ishlab chiqarishlar. 
5.Kimyoviy ishlab chiqarishlar. 
6.Fermentlar va drojjilar ishtirokida boradigan jarayonlarning mohiyati. 
7.Presslash va ekstrakstiyalash jarayonlarining mohiyati va qo’llanilishi. 
8.Tindirish va filtrlash jarayonlarining mohiyati. 
9.Adsorbstiya va dezodorastiya jarayonlarining mohiyati va qo’llanilishi. 
10.Eritish va kristallash jarayonlarining mohiyati. 
11.Oziq-ovqat xom ashyo va maxsulotlarining reologik ko’rsatkichlarining ahamiyati. 
12.Optimal termik ishlov berish tushunchasi. 
«Tayanch» so’z va iboralar 
Bijg’ish, ferment, mikroorganizm, drojji, presslash, ekstrakstiya, tindirish, filtrlash, adsorbstiya, 
dezodorastiya, eritish, kristallash, reologik ko’rsatkich, termik ishlov. 
3-MA’RUZA. YoG’ VA MOYLAR TEXNOLOGIYaSI MAXSULOTLARINING 
AHAMIYaTI. 
Reja: Moyli urug’larni qayta ishlash korxonasining umumiy sxemasi. 
O’simlik moylari ishlab chiqarish. Moyli urug’larni sinflanishi. Moyli urug’larni tozalash. Moyli 
urug’larni namlash, quritish, chaqish, separastiyalash va moyli urug’lar mag’zini yanchish, 
namlash va termik ishlov berish, yanchilmadan qovurma tayyorlash va presslab moy olishning 
prinstipial sxemasi. Moyli maxsulotdan ekstrakstiyalab moy olishning prinstipial sxemasi. 
O’simlik moylarini aralashmalardan tindirib, cho’ktirib va filtrlab birlamchi tozalash. 
Yog’-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining etakchi tarmoq-laridan biridir. 
O’zbekistonda qadimdan o’simlik moyi kunjut, zig’ir, indov, maxsar urug’i, paxta chigiti, poliz 
ekinlari urug’laridan juvozlarda olingan. Respublikada yillik kuvvati 3,5 mln. tonna moyli 
o’simlik urug’larini qayta ishlaydigan korxonalar ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog’ida paxta, 
soya, raps moylari, meva danaklari hamda sabzavot urug’laridan moy olinib, oziq-ovqat, atir-upa 
va farmastevtika sanoatlari tarmoklarida ishlatiladi. Yog’ moy sanoatida bu moylardan margarin 
mahsulotlari, mayonez, kir sovun, atir sovun, texnika maksadlari uchun boshqa turli mahsulotlar 
ishlab chikariladi. O’simlik moyi ishlab chikarishda yiliga o’rtacha 2,1 mln. tonnadan ko’prok 
paxta chigiti ishlatiladi. Yog’-sanoati korxonalari YoMK (yog’-moy kombinati), MEZ (moy 
ekstrakstiya zavodi) va turli xususiy kichik korxonalar ko’rinishidagi ayrim stexlar ko’rinishida 
ishlamoqdalar. Barcha ishlab chiqarish va qayta ishlash stexlaridan tashkil topgan yog’-moy 
kombinatining umumiy sxemasi quyidagi sxemada keltirilgan bo’lib, unda xomashyo va material 
xarakati bo’yicha ishlab chiqarish bo’limlarining ketma-ketligi va bog’liqligi keltirilgan. 


12 
1
3
4
5
7
8
6
9
10
11
12
Gudron
Salomas
Margarin
Sovun
Mayonez
Sheluxa
Shrot
Salat moyi
SPS
DYOK
2
 
Yog’-moy kombinati bo’limlari umumiy sxemasi. 
1-
Chigit xo’jaligi
2-
Tozalash bo’limi 
3-
Chaqish-ajratish bo’limi 
4-
Forpress stexi 
5-
Rafinastiya stexi 
6-
Ekstrakstiya stexi 
7-
Kristallizastiya stexi 
8-
Mayonez stexi 
9-
Gidrogenizastiya stexi 
10-
Margarin stexi 
11-
Yog’ kislotalarini distillyastiyalash stexi 
12-
Sovun stexi 
Bunday korxonada 1,2,3 va 4 raqam bilan belgilangan belgilangan bo’limlar o’simlik 
moylari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etsa, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11- bo’limlar moylarni qayta 
ishlash korxonalari hisoblanadi.
Sxemadan ko’rinishicha yog’-moy korxonasidan, rafinastiyalangan moy, salat moyi, 
mayonez, margarin, sovun kabi tayyor maxsulotlar va sheluxa, gudron kabi chiqitlar sotuvga 
chiqariladi.
Zamonaviy texnologiya asosida o’simlik moylari olishning asosan ikkita usuli bor: 1. 
Urug’ mag’zidan moyni presslab olish. 2. Kunjaradan qoldiq moyni erituvchi yordamida to’liq 
ekstrakstiyalab olish. 
Kaysi bir usul ishlatilishidan kat’iy nazar xar bir usul aniq texnologik sxema buyicha 
olib boriladi. Texnologik sxema deb, bir-biri bilan mantikiy jixatdan o’zviy boglangan 
texnologik jarayonlarning yigindisiga aytiladi. Texnologik jarayon deb, aloxida omillar ta’siri 
ostida (bosim, temperatura, vakuum, namlik x.k.) olib boriladigan jarayonlar tushiniladi. 
Texnologik jarayon o’zgarishiga ba’zi bir mexaniq, issiqlik, namlik va kimyoviy 
reaktivlar ta’sir etadi va jarayon o’z yunalishini o’zgartiradi. Texnologik jarayonlar asosiy
tayyorlov, yordamchi va kushimcha operastiyalardan tashkil topadi. 
Quyida o’simlik moylari ishlab chiqarish korxonasini tashkil qiluvchi ishlab chiqarish 
bo’limlaridagi texnologik jarayonlar bilan tanishib chiqamiz. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish