74
ko‘rsatib, kelgusi darsda javob berishga va'da qilsa, buning aybi yo‘q. Agar savol in-
duvidual tarzda bo‘lsa, ma'ruzadan so‘ng yoki maslahat
darsida javob berish
mumkin.
8.
Har
qanday
sharoitda
(tashqaridagi
shovqin-suron,
eshik
or-
tidagi g‘ala-g‘ovur, qurilish va hokazo) o‘qituvchi o‘zini tuta bilishi
lozim.
9.
Nutqda taqliddan qochish, bir gapni bir necha marta
takror-
lamaslik kerak.
10. Nutqda
siyqasi
chiqqan
so‘zlarni
imkon
qadar
ishlatmaslik
zarur.
Albatta, ideal tarzda ma'ruza o‘qib bo‘lmaydi. Lekin har bir o‘qituvchi o‘zining
barcha
imkoniyatini, mahoratini ishga solib, dars o‘tishi shubhasiz, ma'ruzaning
ijobiy tomonlarini ustun bo‘ishiga olib keladi.
Ta'lim tizimidagi o‘rniga ko‘ra, ma'ruzalar — mavzuni, bo‘limni, kursni
o‘rganishni boshlovchi yoki ta'limning ma'lum bir kursini tugallovchi ma'ruzalarga
bo‘linadi.
Axborotni talabalarga yetkazish nuqtayi nazaridan monolog yoki dialog tarzida
o‘tkazilgan ma'ruzalar bo‘ladi. Monolog tarzidagi ma'ruzada asosan ma'ruzachi
gapiradi, ko‘rsatadi. Tinglovchilar ma'ruza o‘qish jarayoniga sust ishtirok etadilar.
Aksincha,
dialog tarzidagi, tinglovchilarning ham fikrini eshitgan holda o‘tkaziladi-
gan ma'ruzalar jonli bo‘lish unda tinglovchilar faolligi ta'minlanadi.
Ta'lim berishning asosiy metod va usullariga ko‘ra, ma'ruzalarni-axborot
beruvchi, muammoli, jadallashtirilgan, binar (bir-biridan farq qiluvchi ikki xil fikr
bildiriluvchi), avvaldan ataylab xato fikr ham bayon
qilinishi rejalashtirilgan,
maslahat ma'ruzalariga bo‘lish mumkin.
Hozirgi paytda nisbatan ko‘p qo‘llaniladigan yoki borgan sari ommalashib
borayotgan ma'ruza shakllari: axborot beruvchi, muammoli va jadallashgan
(chuqurlashtirilgan) ma'ruzalar bo‘lib, ulardan hozirgacha eng ko‘p qo‘llaniladigani
axborot beruvchi ma'ruzadir. U an'anaviy metodga asoslangan bo‘lib, asosiy vazifa
o‘quv axboroti — mavzuning mazmunini
talabalarga bayon qilish, tushuntirishdan
75
iborat. Unda o‘qituvchi asosan bilim beruvchi rolini bajaradi. Bu monolog tarzida
bayon qilinadi.
Mamlakatimizda 80-yillardan boshlab ma'ruzalarni muammoli tarzda bауоn
qilishga e'tibor berila boshlandi. Bundan maqsad yangicha bilim olish, ya'ni yangi
mavzuni o‘rganish, muammoli savollar, masalalar qo‘yish,
muammoli vaziyat
yaratish orqali ainalga oshiriladi. Bilish jarayoni dialog tarzida amalga oshirilib,
o‘qituvchining faoliyati talabalar bilan hamkorlikda kechadi.
Hozirgi kunning talablaridan kelib chiqib, darsda talabalar faolligini oshirishga
qaratilgan chuqurlashtirilgan (jadallashtirilgan) ma'ruza metodini qo‘llash borgan sari
ommalashmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: