280
MA’NAVIYATDAN BEGONALASHTIRUVCHI MADANIYAT
Sadiloyeva Lola
Navoiy olimpiya va paralimpiya
zaxiralar kolleji o’qituvchisi
Madaniyatni yosh niholdek asrashimiz kerak,
aks holda bizni halokat kutmoqda!
Sergey Kapitsa
“Azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan muqaddas
dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchimizdir. Islom- haqiqatni anglash
demakdir,u odamzodni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har birimizni yaxshilik va
tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bo‘lishni o‘rgatadi.”
255
Olam haqidagi diniy ta’limotlarga ko’ra, Yaratuvchi qudratli qalami bilan olamni aniq bir
reja ostida bunyod qilib, butun olamni yaratdi. Olamni yaratishdan oliy maqsadi Insonni
vujudga keltirish bo’lib, u hamma mavjudotlar ichida eng a’losi va uning tengi yo’qdir.
Shunday qilib, Tangri inson jismini bir hovuch tuproqdan chiroyli qilib yaratib, unga
odamiylikning ajoyib shaklini berdi. Insonda odamiylik sifati bo’lganligi uchun ham u
yaratilgan mavjudotlar ichida eng mukarrami va eng azizi hisoblanadi. Insonning ma’naviy
dunyosini boyitib, aql, mehr, rahm, sevish hislari bilan mujassamlashtirdi. Insonning boshqa
mavjudotlardan farqli ravishda mukarramligi shundaki, mana shu ezgulik fazilatlari va aql-
idroki bilan fikrlashidir. Inson –bu so’zni eshitganda yoki biror bir oq qog’ozga yozilganda
bir so’z ostida, bir qancha fikr va keng ma’nolarni anglab olish mumkin. Ona bolasini
dunyoga keltirgan kunidan boshlab, uni ko’zini oqu qarosidek asrab avaylab oq yuvib, oq
tarab tarbiyalaydi va ulg’aytiradi. Farzandining baxtu kamolini ko’rishlik uchun umri
davomida mehri, sevgisi, yuragining qo’rini ayamaydi. Har bir millatning urf-odat va
a’analarida bola tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etganidek, o’zbek xonadonlarida ham
voyaga yetayotgan farzandining taqdiriga alohida ahamiyat berilib kelinadi.Dunyodagi har
bir millatning, xalqning o’ziga xos an’analari, urf-odatlari va diniy, milliy qadriyatlari
mavjud. Mana shunday milliy, ma’naviy qadriyatlari asosida shu xalq, shu millat shakllanadi
va o’zining yuksak madaniyatini bebaho boyligi sifatida asrab-avaylaydi.
Hozirgi kunda shiddat bilan kirib kelayotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti,
globallashuv jarayonlar asri bo’ldi desak, mubolag’a bo’lmasa kerak. Mana shunday
globallashuv jarayonlar, madaniyat almashinuvi natijasida farzandlarimiz va yoshlarimizning
zamonaviylikka intilishi, G’arb olamidagi taraqqiyot bilan hamqadam bo’lishi, internet
olamiga kirib yangiliklardan chetda qolmasligi va zamon bilan hamnafas bo’lib, bir necha
tilda so’zlashish imkoniga ega ekanligi, ularning bilimi va dunyoqarashi kengayotganligidan
darak bersa-da, o’zining madaniyati, milliy, diniy qadriyat va a’nanalariga to’g’ri
kelmaydigan madaniyatni ommalashib kirib kelayotganligi va bu jarayon ularning doimiy
odatiga aylanib borishi, hech kimni befarq qoldirmasa kerak. G’arb davlatlaridan kirib
kelayotgan bunday madaniyatni g’arbning ziyoli, taraqqiyparvar olimlari “g’arbning
muammosi” sifatida baholayotgan “Ommaviy madaniyat” yoki “pop kultura” degan nomlar
bilan atadi.
“Ommaviy madaniyat” tub mohiyatiga ko’ra milliy madaniyatlarning kushandasidir.
Ommaviy madaniyat ortidan paydo bo’layotgan kichik muammolar vaqt o’tishi bilan tuzatib
bo’lmas xavf-xatarlarga olib kelishi mumkinligi dunyodagi bir qancha jamiyatlar hayotida
255
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo`limizni qat`iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko`taramiz. –
T.:,,O`zbekiston” 2017y
281
o’z isbotini topib bo’ldi. Siyosatshunos P.Byukenenning aytishicha: “Amerika
mafkuralashgan davlatga, o’z yangi aqidalarini armiya va politsiya orqali emas ommaviy
madaniyat inkvizitorlari yordamida jahonga singdirayotgan “yumshoq tiraniya” ga
aylangan”
256
.
“Ommaviy madaniyat”- bu ma’naviy-axloqsizlik, behayolik, zo’ravonlik, bilimsizlik,
madaniyatsizlik, tartibsizlikni qo’llab-quvvatlash va boshqa shu kabi milliy axloq-odob
qoidalariga zid harakat va odatlar bo’lib, u hech bir millatning milliy madaniyatiga ham
umumbashariy qadriyatlariga ham to’g’ri kelmaydi. U insonni asl insoniy-ahloqiy
qadriyatlaridan, qisqasi ma’naviyatdan begonalashtiruvchi madaniyatdir. “Ommaviy
madaniyat” axloqsizlik madaniyati hisoblanadi.
Dunyo miqyosida yuz berayotgan turli g’oyalar kurashi, axborot xurujlari, mafkuraviy
tazyiqlar mana shu madaniyat bilan chatishib, uning zamirida turli tuman xurujlar amalga
oshirilayotganligi hech kimga sir bo’lmasa kerak. Bu xurujlarning tobora avj olayotgani,
hozirgi vaqtda dunyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy- g’oyaviy muammosiga aylanib
borishi, o’sib kelayotgan yurt kelajagi hisoblanmish yoshlar tarbiyasiga bo’layotgan
ma’naviy tahdidlardan biri hisoblanadi.
I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida haqli ravishda
ta’kidlanganidek, “Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilishb va aksincha, asl
ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungi
taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va
ko’pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga
qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda”
257
.
Arzimasdek tuyulgan kichik xabar ham odamlarning, ayniqsa yoshlarning hayotini
o’zgartirib, uning ma’naviy olamini boshqarish kuchiga ega bo’lib bormoqda. Bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biri bizning madaniyatimizga to’g’ri kelmaydigan bu
ommaviy madaniyatning zamirida yotgan maqsadi va birlamchi zarari shundan iboratki, u
yoshlarimizning qadriyat mo’ljallarini izdan chiqaradi, ma’naviy ildizidan begonashtiradi.
Oqibatda yoshlarimiz insoniyatning va buyuk ajdodlarimizning ma’naviy qadriyatlarini
mensimasdan, balki ularga eskilik sarqiti deb qarashga odatlanishadi. Bu esa, inson hayoti,
oila
muqaddasligi
va
yoshlar
tarbiyasi,
ma’naviy
olamiga
katta
xavf
solayotganliginishuningdek, voyaga yetayotgan yoshlarga uning kelajagiga zarar keltiruvchi
jihatlari haqida jiddiy o’ylab ko’rishimizni talab qiladi. Ommaviy madaniyatning bunday
buzg’unchi mohiyatini yoshlarga to’g’ri yoritib berish va uning mohiyati nima ekanligini
tushuntirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sharq o’zining madaniyati urf-odati, an’ana va diniy qadriyatlari bilan dunyoni lol
qoldirib kelgan. Farzandlarimiz va kelajak avlodga o’zimizning go’zal madaniyat va milliy
qadriyatlarimizni chuqurroq anglatishimiz va “Ommaviy madaniyat”ni oldini olishda
yoshlarimiz ta’lim-tarbiyasi borasida umuminsoniy qadriyat va millliy urf-odatlarni
e’zozlash, bu yurt jahon madaniyati va sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shgan ko’plab ulug’
allomalarni yetishtirgan zamin ekanligini hamda ularning qoldirgan ilmiy-ma’naviy merosi
jahon hamjamiyati orasida o’z qadr-qimmatining yuksakligi bilan ajralib turishini
yoshlarimizning ongu shuuriga singdirishimiz darkor. Jumladan, Imom Buxoriyning “Al-
Jome’ as-Sahih” va “Adab al-mufrad” asarlaridagi axloqiy masalalarni keng targ’ib qilish eng
samarali usullardan biri hisoblanadi. Toki, bu zamin avlodlari o’zlarining buyuk tarixi va
ma’naviy merosi bilan faxrlanib, bu merosni asrab-avaylab o’zidan keyingi avlodlarga
yetkazishga harakat qilsinlar.
256
Бьюкенен П.Ж. “Жахон адабиёти” журнали //“Ғарбнинг ҳалокати”. 2007 йил феврал.
257
Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: 2008. – Б. 117.
282
Do'stlaringiz bilan baham: |