O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


davlat  byudjetining  barqaror daromad baza- larini mustahkamlash;  



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
davlat 
byudjetining 
barqaror daromad baza-
larini mustahkamlash; 

 
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari rivojlanishini byudjet 
mexanizmlari orqali rag‗batlantirish; 

 
fan-texnika taraqqiyotining jadallashuviga ta‘sir ko‗rsatish; 

 
mamlakatda kambag‗allik va ijtimoiy tengsizlikka barham 
berish; 

 
rivojlanish istiqboli yuqori bo‗lmagan hududlarning 
rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratish; 

 
mamlakatning barcha hududlarida aholining yashash 
sharoitlarini yaxshilash va shu yo‗llar bilan siyosiy va ijtimoiy 
beqarorlikning oldini olish; 

 
davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarning sifatli 
va aholi ijtimoiy muhofazasining manzilli bo‗lishini ta‘minlash; 

 
byudjet siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini 
ta‘minlovchi maqbul byudjet mexanizmini ishlab chiqish va 
uning samarali ishlashini ta‘minlash va sh.k. 
Byudjet siyosatining asosiy maqsadi
– 
jamiyatda yaratilgan boylik va 
ne‘matlarning davlat byudjeti 
mexanizmlari orqali jamiyat a‘zolari 
o‘rtasida maksimal darajada adolatli 
taqsimlanishini ta‘minlashdan iborat. 


119
Byudjet siyosati o‗z-o‗zidan yaxshi yoki yomon bo‗lishi 
mumkin emas. Byudjet siyosatining ahamiyatini baholash 
uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilayotganligini, 
qo‗yilgan 
maqsadlar 
va 
vazifalar qanchalik darajada 
muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini to‗g‗ri belgilash, xolis 
baholash lozim. 
Byudjet 
siyosatining 
mazmuni 
ko‗pqirrali 
bo‗lib, 
quyidagilarni amalga oshirish orqali hayotga tatbiq etiladi: 
1. 
Byudjet 
munosabatlarini 
rivojlantirishning 
ilmiy 
asoslangan konsepsiyalarini ishlab chiqish.
Bu konsepsiyalar 
quyidagilarni o‗rganish asosida ishlab chiqiladi: 

iqtisodiy qonunlar talablarini o‗rganish; 

milliy xo‗jalik holatini har tomonlama tahlil qilish; 

ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlar 
va 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlarining bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini 
o‗rganish; 

aholining talab va ehtiyojlarini o‗rganish. 
2. 
Istiqbolda va joriy davr mobaynida byudjetdan 
foydalanishning asosiy yo‗nalishlarini belgilab olish.
Bunda 
iqtisodiy va moliyaviy siyosatda belgilangan maqsadlarga 
erishish yo‗llaridan kelib chiqiladi, xalqaro omillar inobatga 
olinadi 
va 
moliyaviy 
resurslarni 
yanada 
ko‗paytirish 
imkoniyatlari ko‗rib chiqiladi. 
3. 
Qo‗yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga 
qaratilgan amaliy xatti-harakatlar qilish, chora-tadbirlar 
belgilash, maqbul byudjet mexanizmining dastak va vositalarini 
ishlab chiqish. 
Faqat joriy davrga mo‗ljallangan, kundalik ehtiyojlarni 
qondirishga qaratilgan siyosat samarasizdir, shuningdek, uzoq 
davrni 
mo‗ljallab, 
istiqbolni 
ko‗zlab 
ishlab 
chiqilgan 
konsepsiyalar va yo‗nalishlar, ular qanchalik olijanob, jozibali 
bo‗lmasin, davlatning tegishli amaliy xatti-harakatlari, 
ta‘sirchan dastak va vositalari bilan ta‘minlanmasa, tanazzulga 
yuz tutadi, ko‗zlangan maqsadlar amalga oshirilmay qoladi. 


120
Davlat oldida turgan va muayyan davrda hal qilinishi 
lozim bo‗lgan vazifalarning xarakteri, murakkabligi va 
ko‗zlangan davrning uzoqligiga ko‗ra byudjet siyosati byudjet 
strategiyasi va byudjet taktikasidan iborat. 
Byudjet strategiyasi uzoq muddatli maqsadlarni tanlash 
va maqsadli dasturlarni zarur moliyaviy resurslar bilan 
ta‘minlash, ularni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy 
yo‗nalishlariga safarbar qilishni nazarda tutadi.
 
 
Masalan,
mustaqillikning dastlabki yillarida byudjet 
strategiyasining asosiy vazifalaridan biri – byudjetning 
barqarorligini ta‘minlash, ortib borayotgan byudjet defitsitini 
jilovlash bo‗lgan bo‗lsa, bu vazifani bajarish uchun: ma‘muriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga 
o‗tish davri uchun xos bo‗lgan yangi byudjet qonunchiligini 
ishlab chiqish; mustaqil davlatning yangi soliq tizimini 
shakllantirish; byudjetning xarajatlar qismini qayta tuzish; 
byudjet daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish kabi 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish