O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

4.4. Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy 
byudjetlarni boshqarishdagi huquq va majburiyatlari
 
Hududlardagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga 
solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida o‗rin 
egallaydi. 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan O‗zbekiston 
Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi № 
913-XII sonli qonuniga muvofiq ―Viloyatlar, tumanlar va 
shaharlarda 
(tumanga 
bo‗ysunadigan 
shaharlardan, 
shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan 
tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining 
vakillik organlari‖
67
hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va 
hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo‗lgan 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, 
joylarda qonunlar, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va 
Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi 
xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, 
O‗zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari bilan fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari 
o‗rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni 
boshqarishga jalb etishni ta‘minlaydi. Xalq deputatlari viloyat, 
tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi 
tegishli hududda o‗zini-o‗zi boshqarishni rivojlantirishga 
ko‗maklashish asosida o‗zini-o‗zi boshqarish organlarining 
faoliyatini yo‗naltirib turadilar.

67
O‗zbekiston Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi (02.09.93.) 


913-XII sonli qonuni, 1-modda. 


111
Mahalliy byudjetlarni shakllantirish hamda hududlar 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini 
ta‘minlashda 
mahalliy 
byudjetlardan foydalanish jarayonlari O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
―O‗zbekiston 
Respublikasining 
asosiy 
makroiqtisodiy 
ko‗rsatkichlari 
prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖gi 
qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‗ra mahalliy 
hokimiyat 
organlari 
ixtiyoriga 
―mahalliy 
byudjetni 
shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‗imlarni 
belgilash, byudjetdan tashqari jamg‗armalarni hosil qilish‖
68
vakolati berilgan. Shu bilan mahalliy hokimiyat organlarining 
byudjet 
sohasidagi 
faoliyatining 
konstitutsiyaviy 
asosi 
o‗rnatilgan. Joylardagi mahalliy vakillik hokimiyati va ijro 
hokimiyati organlarining bu sohadagi vazifalari, vakolatlari 
turlicha bo‗lib, ular avvalo ―Mahalliy davlat hokimiyati 
to‗g‗risida‖gi qonunda belgilangan. 
O‗zbekistonda 
olib 
borilayotgan 
islohotlarning 
chuqurlashuvi mahalliy hokimiyat organlarining ularga tegishli 
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini yanada 
oshirib, moliya-byudjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va 
ularning moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi. 
Mahalliy byudjetlarning salmog‗i oshishi ustun ravishda 
xarajatlarning oshib borishi bilan bog‗liq, ya‘ni markaziy 
hokimiyat 
hududiy 
iqtisodiyotni 
rivojlantirish, 
ijtimoiy 
infratuzilmani saqlash, ishchi kuchini qayta tayyorlash bilan 
bog‗liq vakolatlarni joylarga berib bormoqda. Mahalliy 
byudjetlardan davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga ta‘sir 
etishda keng foydalanmoqda, mahalliy boshqaruv organlari 
hududiy darajada davlatning maqsadga muvofiq vazifalarini 
tobora ko‗proq bajarmoqda.

68
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‗R QHT, 2014-y., 16-son, 176-modda


.


112
O‗zbekiston Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati 
to‗g‗risida‖gi 
qonunining 
7-moddasiga 
muvofiq 
―Xalq 
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, 
shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini ma‘muriy-hududiy 
tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, 
tuman va shaharda mavjud bo‗lib, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi. Xalq 
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, 
shahar hokimi mutlaq O‗zbekiston Respublikasi mulkida 
bo‗lgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va 
ijtimoiy obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat 
resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza 
etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga 
oshiradilar. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, 
viloyat, tuman, shahar hokimi o‗zlari idora qilayotgan 
hududdagi 
mulkchilikning 
turli 
shakliga 
asoslangan 
korxonalar uchun O‗zbekiston Respublikasining qonunlarida 
nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xo‗jalik faoliyatini erkin 
yuritishga to‗siqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli 
emaslar‖. 
Yuqoridagi qonunning 8-moddasiga muvofiq esa ―Xalq 
deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini 
chegaralash natijasida o‗ziga berilgan yoki qonunlarga muvofiq 
o‗zi sotib olgan obyektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini 
to‗liq amalga oshiradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar 
Kengashining mol-mulki, mahalliy byudjetlarning mablag‗lari 
va byudjetdan tashqari jamg‗armalarning mablag‗lari viloyat, 
tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga 
ega bo‗lgan muhandislik infratuzilmasi obyektlari va boshqa 
obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta‘limi, sog‗liqni 
saqlash, ijtimoiy ta‘minot, fan va madaniyat muassasalari, 
viloyat, tuman, shahar mablag‗lari hisobidan tashkil etilgan 
yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil 
etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, 
tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul 


113
berilgan qimmatli qog‗ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, 
shahar mulki bo‗lishi mumkin‖
69

Mahalliy byudjetlar orqali xalq ta‘limi, sog‗liqni saqlash, 
madaniyat va sport muasassalari, mahalliy hokimiyat 
boshqaruv organlari, kam ta‘minlangan oilalarga nafaqalar 
berish xarajatlari moliyalashtirib boriladi.
―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi Qonunning 8
1
-
moddasida
70
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi 
byudjetdan tashqari jamg‗armalar tashkil etishi mumkinligi 
belgilab qo‗yilgan, ularga quyidagilar kiritiladi: 
-
fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning 
(bundan byudjet tashkilotlari mustasno) ixtiyoriy badallari va 
xayriyalari; 
-
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa byudjetdan 
tashqari mablag‗lar. 
Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar 
byudjetdan tashqari jamg‗armalarining mablag‗lari shaxsiy 
g‗azna hisobvaraqlarida turadi, olib qo‗yilmaydi hamda tegishli 
xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga ko‗ra 
sarflanadi. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, O‗zbekiston Respub-
likasining amaldagi ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi 
qonuni 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan bo‗lib, mahalliy 
davlat hokimiyati organlari faoliyatida yuzaga keladigan 
dolzarb muammolarni hal qilishda ijobiy rol o‗ynadi. Shu bilan 
birga ushbu qonun qabul qilingan davrdan beri markaziy va 
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining ham 
normativ-huquqiy, ham tashkiliy-amaliy jihatlari tubdan 
o‗zgartirildi va qayta tashkil etildi. Shu sababli ushbu qonunga 
bir qator o‗zgartirishlar va qo‗shimchalar kiritish va uni 
takomillashtirish zarurati yuzaga keldi. Yangi qonun 

69
―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi qonunning 8-moddasi (O‗zbekiston 


Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‗RQ-439-sonli 
qonuni
 tahririda - O‗R QHT, 
2017-y., 35-son, 914-modda) 
70
8
1
-modda O‗zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‗RQ-361-sonli 
qonuniga asosan kiritilgan (O‗R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda). 


114
loyihasining asosiy maqsadi mahalliy davlat hokimiyati 
organlari vakolatlarini O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
va boshqa qonunlariga mos ravishda muvofiqlashtirishdan 
iborat. Umuman olganda qonun loyihasida quyidagi 
yo‗nalishlarda o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritilishi ko‗zda 
tutilgan: 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari 
va vakolatlari; 

Toshkent shahri va viloyat hokimlarining aholi tomonidan 
saylanishi tizimi; 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy 
imkoniyatlarini kengaytirish; 

Hokimlarning aholi oldida hisobdorligi va hokimlarning 
faoliyatini baholash; 

Xalq deputatlari tomonidan hokim, prokuror, sud raislari, 
ichki ishlar organlari rahbarlarining hisobotlarining eshitilishi; 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining iqtisodiy 
asoslari, jumladan, hududning rivojlanish strategiyasi, 
mahalliy byudjet, fiskal nomarkazlashtirish mexanizmlarini 
joriy etish; 

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa davlat 
organlari (O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Vazirlar 
Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari, o‗zini-o‗zi boshqarish 
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlari) bilan o‗zaro munosabatlari. 
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodek-
sining 4-bob, 27-moddasi bilan Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
Jo‗qorg‗i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent 
shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining, 28-moddasi 
bilan Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, 
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar 
hokimlarining, 30-moddasi bilan esa hududiy moliya 
organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari belgilab qo‗yilgan.


115
Kodeksning tegishli moddasiga ko‗ra Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va 
Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari
71

-
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar 
byudjetlarini 
tegishincha 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va 
shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‗rib 
chiqadi va qabul qiladi; 
-
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar 
byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‗g‗risidagi hisobotlarni 
tegishincha Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar 
hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‗rib 
chiqadi va tasdiqlaydi; 
-
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning 
stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida 
belgilaydi. 
Byudjet Kodeksining tegishli bob va moddalarida hududiy 
moliya organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari (30-
modda), mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari 
tarkibi va ularning byudjet tizimi bo‗g‗inlari o‗rtasida 
taqsimlash tartiblari belgilab berilgan. 
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
keyingi 
yillarda 
byudjet 
amaliyotidagi o‗zgarishlar, O‗zbekiston Respublikasi Byudjet 
Kodeksining qabul qilinishi, ―Mahalliy davlat hokimiyati 
to‗g‗risida‖gi 913-XII sonli qonunga qator o‗zgartirishlar 
kiritilishi, har moliyaviy yil uchun O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
―O‗zbekiston 
Respublikasining 
asosiy 
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti 
parametrlari to‗g‗risida‖gi qarorlarida davlat byudjetining 
shakllanishi va ijro etilishi bo‗yicha norma va tartib-

71
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 27-modda. O‗RQHT, 2014-y., 36-son, 


452-modda 


116
taomillarning o‗zgarishi bilan davlat byudjeti va byudjet 
munosabatlarini 
tashkil 
etishning 
huquqiy 
asoslari 
takomillashib bormoqda. Bu holatlar davlat byudjeti amal 
qilishini yangi sifat pog‗onasiga ko‗tardi va byudjet 
resurslarining chegaralanganligi sharoitida butun mamlakatni 
va uning alohida hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda 
davlat byudjetidan samarali foydalanish, barcha darajadagi 
byudjetlar daromadlarining barqarorligini va xarajatlarining 
oqilona ijrosini ta‘minlash masalalariga yangicha talablarni 
qo‗ymoqda. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish