O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Soliq kodeksi, uning davlat byudjetini



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

4.3. Soliq kodeksi, uning davlat byudjetini 
shakllantirishdagi ahamiyati
Mamlakatimizda 
kechayotgan 
iqtisodiy 
jarayonlar, 
tadbirkorlar va ishbilarmonlarga biznesni yuritish va qulay 
ishbilarmonlik muhitini yaratish borasidagi yengilliklar, kichik 
biznes subyektlariga berilayotgan preferensiyalar soliq 
mexanizmlarini ham yanada takomillashtirishni hamda yangi 
tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga 
keltirdi. 
2007-yilgacha amalda bo‗lgan Soliq kodeksi 135 
moddadan iborat bo‗lib, soliq munosabatlarini tartibga solishda 
u bilan birga ko‗pgina yo‗riqnoma, nizom va tartiblar ham 
qo‗llanilar edi. Soliq qonunchiligiga tez-tez o‗zgartirishlar 
kiritilishi va soliq normalarining boshqa me‘yoriy-huquqiy 
hujjatlar bilan tartibga solinishi muayyan noaniqlik, 
tushunmovchilik va soliq normalarining har xil talqin 
qilinishiga olib kelardi, bu aksariyat hollarda soliq 
to‗lovchilarning haqli e‘tirozlariga sabab bo‗lardi. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XII yalpi 
majlisida soliq siyosati va tizimini yanada isloh qilish hamda 
erkinlashtirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasining yangi 
tahrirdagi Soliq kodeksi ma‘qullanib, Prezident tomonidan 
imzolanganidan so‗ng 2008-yil 1-yanvardan e‘tiboran kuchga 
kirdi. Kodeksda ko‗zda tutilgan me‘yor va qoidalar, avvalo, soliq 
tizimi va soliq munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlaka-
timiz iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirishda 


106
soliqlarning 
rag‗batlantiruvchi 
rolini 
kuchay-tirishga 
qaratilgan. 
O‗zbekiston Respublikasining ―O‗zbekiston Respublika-
sining Soliq kodeksini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi qonunining 2-
moddasiga binoan ikki yil davomida O‗zbekiston Respublikasi 
Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligini 
muntazam monitoring va tahlil qilib borish, zarur bo‗lgan 
hollarda esa uni yanada takomillashtirish uchun takliflar 
kiritish belgilandi. Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi 
huzurida idoralararo maxsus guruh va uning doimiy ishchi 
organi tuzildi. Ikki yil mobaynida ushbu ishchi organga Soliq 
kodeksini takomillashtirish bo‗yicha mingdan ortiq takliflar 
kelib tushdi. Ular asosan O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan 
o‗tkazilgan seminarlarda, davra suhbatlarida xo‗jalik yurituvchi 
subyektlar, tadbirkorlar, tijorat banklari, xalqaro moliya 
tashkilotlari va ekspertlar tomonidan berilgan takliflar bo‗lib, 
2008-yildayoq ana shu takliflar asosida Soliq kodeksining 79 ta 
moddasiga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritilgan edi. 
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining 
amal qilishi va samaradorligini muntazam ravishda monitoring 
va tahlil qilib borish bo‗yicha belgilangan muddatning ikkinchi 
yilida, ya‘ni 2009-yil mobaynida kelib tushgan takliflar asosida 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan ―O‗zbekiston 
Respublikasining Soliq kodeksiga o‗zgartish va qo‗shimchalar 
kiritish to‗g‗risida‖gi hamda ―Soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlari 
takomillashtirilishi munosabati bilan O‗zbekiston Respublika-
sining ayrim qonunlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish 
haqida‖gi O‗zbekiston Respublikasining qonunlar loyihalari 
Oliy Majlisning qonunchilik palatasiga kiritilgan. Quyi palata 
tomonidan qabul qilingan mazkur qonunlar Senatning 
yigirmanchi yalpi majlisida ma‘qullandi hamda Prezident 


107
tomonidan imzolanib, 2010-yil 1-yanvardan hayotga tatbiq 
etila boshlandi
65

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi
66
soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish 
hamda O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga va davlat 
maqsadli jamg‗armalariga to‗lash bilan bog‗liq munosabatlarni, 
shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‗liq 
munosabatlarni tartibga soladi. Kodeks 64 ta bob, 392 
moddadan iborat bo‗lib, u soliq masalalarini tartibga soluvchi 
barcha me‘yor va qoidalarni mujassamlashtirgan va to‗g‗ridan 
to‗g‗ri amal qiluvchi hujjatga aylandi. Jumladan, yangi 
Kodeksda iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan Prezident 
farmonlari va qarorlarida bayon etilgan normalar to‗liq ifodasini 
topgan. 
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining tadbirkorlar imko-
niyatlarini kengaytirish va manfaatlarini himoya qilishdagi 
ahamiyatga katta. Unga muvofiq soliqqa tortish masalalarida 
bahsli holatlar yuzaga kelganda, masala soliq to‗lovchi 
foydasiga hal etiladi. Soliq kodeksiga (avvalgi tahrirdagi 
kodeksda mavjud bo‗lmagan) soliq to‗lovchining haqligi 
prezumpsiyasi prinsipi kiritildi, ya‘ni soliq to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlaridagi bartaraf etib bo‗lmaydigan barcha qarama-
qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‗lovchi foydasiga talqin 
etiladi va bu Soliq kodeksining tamoyillarida alohida belgilab 
qo‗yildi. 
Soliq kodeksining 6-11-moddalariga muvofiq soliq 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiyligi, 
aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va, yuqorida 
ta‘kidlanganidek, soliq to‗lovchining haqligi prezumpsiyasi 
prinsiplariga asoslanadi. Soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining 
qoidalari Kodeksda belgilangan ushbu prinsiplarga zid bo‗lishi 
mumkin emas. 

65
―Xalq so‗zi‖ gazetasi 2010-yil 15-yanvar, №10 (4925) 


66
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 1-son, 1-modda 


108
Bundan tashqari Soliq kodeksining soliq ma‘murchiligi 
masalalariga bag‗ishlangan umumiy qismi avvalgisiga nisbatan 
tubdan o‗zgartirildi va kengaytirildi. Mazkur qismda 
fuqarolarga sodda va tushunarli bo‗lishi uchun soliqlar va 
boshqa majburiy to‗lovlar tushunchalariga, shuningdek, 
yuridik shaxs, jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor kabi 
tushunchalarga alohida ta‘riflar berildi. Endilikda barcha soliq 
to‗lovchilar soliqlarni qaysi maqsadda to‗layotganliklari 
to‗g‗risida to‗liq va kengroq tasavvurga ega bo‗ladilar, bu esa, 
o‗z navbatida, soliq madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat 
qiladi. 
Shuningdek, Soliq kodeksida soliq nazoratining shakllari 
ham 
belgilanib, 
ularning 
mazmun-mohiyati 
alohida 
moddalarda aniq-ravshan tarzda yoritildi. Chunonchi, unda 
soliq tekshiruvlari tushunchasi va ularning shakllari, soliq 
tekshiruvlarining turlari, ishtirokchilari, tekshiruvni o‗tkazish 
uchun asos bo‗ladigan holatlar, muddatlar, uning davriyligi 
hamda soliq tekshiruvlarini o‗tkazish tartibi to‗g‗risida 
tushunchalar ochib berildi. 
―Soliq nazorati‖ bobida jumladan, kameral nazorat, 
xronometraj masalalari yoritilgan. Ularni o‗tkazish tartibi, 
muddatlari, davriyligi hamda ularni o‗tkazish uchun zarur 
bo‗lgan hujjatlar ko‗rsatib o‗tilgan. 
Soliq kodeksi soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha 
me‘yor va qoidalarni mujassamlashtirgan, to‗g‗ridan-to‗g‗ri amal 
qiluvchi hujjatga aylantirilganligi bois, uning amalga kiritilishi 
munosabati bilan o‗z ahamiyatini yo‗qotgan bir qator qonun 
hujjatlari butunlay bekor qilindi. ―Muddatida to‗lanmagan 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirib olish 
to‗g‗risida‖gi, 
―Davlat 
boji 
to‗g‗risida‖gi, 
―Patta 
to‗lovi 
to‗g‗risida‖gi qonunlar shular jumlasidandir. 
Lekin keyingi yillarda O‗zbekiston Respublikasi Preziden-
tining 2017-yil 18-iyuldagi ―Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan 
takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning 
yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi farmoni 


109
talablarini amalga oshirish borasida ko‗rilayotgan chora-
tadbirlarga qaramasdan, respublika va mahalliy byudjetlar 
daromadlarini oshirishning qo‗shimcha zaxiralarini aniqlash, 
soliq 
ma‘muriyatchiligi 
jarayoniga 
zamonaviy 
axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
joriy 
etish, 
xorij 
mamlakatlarining soliq qonunchiligi va ma‘muriyatchiligi 
sohasidagi sinalgan ilg‗or yutuqlarini implementatsiya qilish 
ishlari qoniqarsizligicha qolmoqda. Bu kamchiliklarni bartaraf 
etish maqsadida 2018-yil 13-fevralda O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining ―Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish 
bo‗yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmoyishi qabul 
qilindi. Farmoyishda Soliq ma‘muriyatchiligi va soliqqa 
tortishning 
zamonaviy 
usullarini, 
soliqlarning 
to‗liq 
yig‗iluvchanligi va byudjetga o‗z vaqtida tushishi ustidan 
samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish orqali soliq-byudjet 
siyosatini yanada takomillashtirish, byudjet jarayoni shaffofligi 
darajasini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar 
belgilandi. Jumladan, birinchi bosqichda – 2018-yil 1-aprel 
kuniga qadar O‗zbekiston Respublikasi soliq-byudjet siyosatini 
takomillashtirish konsepsiya loyihasini ishlab chiqish; ikkinchi 
bosqichda – 2018-yil 1-iyul kuniga qadar O‗zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasini ishlab 
chiqishni ta‘minlash belgilandi. Shuningdek, O‗zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririni ishlab chiqishga 
xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilish nazarda tutildi.
Xulosa qilib aytganda, Soliq kodeksi mamlakatimiz 
iqtisodiyotining jadal sur‘atlar bilan 
o‗sishiga, uning 
makroiqtisodiy 
mutanosibligini 
ta‘minlashga 
qaratilgan 
islohotlarni chuqurlashtirishga, xususan, tadbirkorlik, kichik 
biznes va fermerlik harakatining izchil rivojlanishiga kafolat va 
imtiyozlar beradigan siyosatni davom ettirishda huquqiy asos 
bo‗lib xizmat qiladi. U soliq tizimi va soliq munosabatlarini 
unifikatsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va 
mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag‗batlantiruvchi rolini 
yanada kuchaytirish, yurtimizda islohotlarni amalga oshirish 


110
uchun ilg‗or zamonaviy soliq solish tizimiga mos keladigan va 
byudjetning daromad qismining shakllanishini barqaror 
ravishda ta‘minlaydigan hamda iqtisodiy o‗sishga ta‘sirchan 
omil bo‗ladigan samarali soliq tizimi barpo etilishini 
ta‘minlaydi. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish