O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 


126
5.3.
 
O„zbekiston Respublikasining yaqin va o„rta 
istiqboldagi byudjet-soliq siyosatining asosiy yo„nalishlari 
 
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik 
davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor 
munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan 
iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot 
kechirishi 
uchun 
shart-sharoitlar 
yaratishga, 
xalqaro 
maydonda 
O‗zbekistonning 
munosib 
o‗rin 
egallashiga 
qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi 
kunda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorlik-
larini hamda aniq marralarini belgilash vazifasini amalga 
oshirish yo‗lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va 
ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari 
va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar 
olib borildi, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlari, milliy va 
xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma‘ruza-
lari, tavsiyalari va sharhlari o‗rganildi, rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. Shularning asosida 2017-
2021-yillarga mo‗ljallangan O‗zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi
72
ishlab chiqildi. 
Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi - olib borilayotgan 
islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va 
jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta‘minlash 
uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiya-
lash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan 
iboratdir
73
. Ushbu maqsadga erishish uchun Harakatlar 
strategiyasida 
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‗nalishi belgilab olindi, ular quyidagilardan 
iborat: 

72
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi ―O‗zbekiston 


Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi PF-
4947-son Farmoni, O‗R QHT, 2017 y., 6-son, 70-modda 
73
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi farmoniga sharh. 


127
1.
Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish. 
2.
Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini 
yanada isloh qilish. 
3.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish. 
4.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish. 
5.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglikni 
ta‘minlash, chuqur o‗ylangan, o‗zaro manfaatli va amaliy 
ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
Mazkur 
yo‗nalishlarning 
har 
biri 
mamlakatdagi 
islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid 
aniq bo‗limlardan iborat. Xususan, ―Iqtisodiyotni yanada 
rivojlantirish va liberallashtirish‖ deb nomlangan yo‗nalish 
yaqin va o‗rta istiqbolda quyidagilarni amalga oshirishni 
nazarda tutadi: 

makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori 
iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini saqlab qolish; 

milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish; 

qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal 
rivojlantirish;

iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‗yicha 
institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish; 

xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor 
mavqeyini yanada kuchaytirish; 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‗bat-
lantirish; 

hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va 
mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish; 

investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz 
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol 
jalb etish. 
Yuqorida sanab o‗tilgan ustuvorliklarni bajarish byudjet-
soliq siyosatida ham muayyan o‗zgarishlarni amalga oshirish 
zarurligini nazarda tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda 
byudjet sohasida olib borilayotgan islohotlar zamirida aholi 
turmush
farovonligini yuksaltirish, iqtisodiy barqarorlikni 


128
ta‘minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal 
rivojiga keng imkoniyat yaratish maqsadlari mujassamlashgan. 
Xususan, iqtisodiyotda soliq yukini yanada kamaytirish, soliq 
solish mexanizmini soddalashtirish hamda soliq ma‘mur-
chiligini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar ana shu 
maqsad ro‗yobiga qaratilgan. 
Ma‘lumki, 
mamlakatimizda 
ishlab 
chiqarishni 
rag‗batlantirish, davlat byudjeti barqarorligini ta‘minlash 
maqsadida har 
yili 
Byudjet-soliq 
siyosatining 
asosiy 
yo‗nalishlari qabul qilinadi. Yaqin va o‗rta istiqbolga 
mo‗ljallangan soliq va byudjet siyosati pirovardida aholining 
turmush farovonligini oshirishga yo‗naltirilgan. Xususan, 
2018-yilga mo‗ljallangan soliq-byudjet siyosatining asosiy 
yo‗nalishlarida soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va 
majburiy to‗lovlar miqdorini kamaytirish, mahalliy byudjetlar 
daromad bazasini mustahkamlash va ularning mustaqilligini 
oshirish, mablag‗lardan oqilona foydalanish hamda byudjetga 
tushumlarning to‗liqligini ta‘minlash belgilangan.
Soliq 
siyosatida amalga kiritilgan o‗
zgarishlar soliq majburiyatlarini 
bajarishda soliq to‗lovchilarga har tomonlama ko‗mak-
lashishga, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktika-sining 
ta‘sirchan 
mexanizmlarini 
ishlab 
chiqishga 
va 
soliq 
to‗lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga, soliq 
nazoratiga oid zamonaviy uslublarni joriy etishga, soliqqa 
tortish borasida muammoli masalalarning kamayishiga, 
byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning to‗g‗ri 
hisoblanishi, o‗z vaqtida va to‗liq hajmda tushishi ta‘min-
lanishiga xizmat qiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
o‗zining 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisiga 
Murojaatnomasida byudjet tizimini qayta ko‗rib chiqish, 
byudjet daromadlari va xarajatlarining xalqimiz uchun ochiq-
oshkora bo‗lishini ta‘minlash zarurligini ta‘kidlagan edi. Zero, 
davlat va jamiyat boshqaruvidagi ochiqlik, mamlakat 
byudjetining taqsimlanishi va sarflanishidagi shaffoflik 


129
chinakam xalq hokimiyatini qaror toptirish va fuqarolik 
jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning 
muhim shartidir. Ushbu holatlar mamlakatimizda yaqin va 
o‗rta istiqbolga mo‗ljallangan byudjet-soliq siyosatining asosiy 
yo‗nalishlarini ishlab chiqishda inobatga olingan. 
Xulosa qilib aytganda, byudjet-soliq sohasida bo‗layotgan 
yangiliklar, 
byudjet-soliq 
qonunchiligidagi 
o‗zgarishlar 
mamlakatimizda 
ishlab 
chiqarish, 
kichik 
biznes 
va 
tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash, iqtisodiyot barqarorligini 
ta‘minlash, aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini 
yaratishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish