O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 O„zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

4.2. O„zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining, 
mazmuni va ahamiyati
 
Ma‘lumki, byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish 
asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish davlat moliyasini 
boshqarish tizimini isloh qilishning asosiy yo‗nalishlaridan biri 
hisoblanadi. 2000-yil 14-dekabrda O‗zbekiston Respublikasi-


101
ning ―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi qonunining qabul qilin-
ganidan beri o‗tgan davr mobaynida byudjet tizimi amaliyotida 
bir qator o‗zgarishlar sodir bo‗ldi, ular: 

davlat byudjeti g‗azna ijrosi tizimining joriy etilishi; 

bir qator davlat maqsadli jamg‗armalari va boshqa 
nobyudjet fondlarining tuzilishi va amal qilishi; 

byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo‗shimcha 
mablag‗larni jalb qilish manbalarining kengayishi va ular 
ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi; 

byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining 
takomillashuvi; 

yangi 
tahrirdagi 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Soliq 
Kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishi va boshqa 
holatlar bilan bog‗liq bo‗lib, byudjet qonunchiligini yanada 
takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.
Natijada amaldagi O‗zbekiston Respublikasining ―Byudjet 
tizimi to‗g‗risida‖gi (14.12.2000) hamda ―Davlat byudjetining 
g‗azna ijrosi to‗g‗risida‖gi (26.08.2004) Qonunlarida belgilangan 
normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Byudjet 
Kodeksida o‗z aksini topdi.
Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan 
boshlab amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksi davlat 
moliyasini 
boshqarishning 
huquqiy 
asoslarini 
yanada 
mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab 
olish, byudjet mablag‗laridan foydalanish samaradorligini 
oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishga 
qaratilgan. Ushbu Kodeks O‗zbekiston Respublikasining 
byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‗rib 
chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan 
mablag‗ jalb qilish va byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlari 
ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga 
soladi.


102
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013-yil 26-
dekabrda qabul qilingan bo‗lib, 9 ta bo‗lim, 28 ta bob, 192 
moddadan iborat. Ushbu Kodeks: 
-
O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va 
uni boshqarish asoslarini;
-
O‗zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish 
prinsiplari va uning tuzilmasini;
-
davlat byudjetini tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish va ijro 
etish tartibini;
-
davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalari 
daromadlarini shakllantirish va ularning xarajatlarini amalga 
oshirish prinsiplarini;
-
davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‗rtasidagi 
o‗zaro munosabatlarni;
-
davlat byudjeti mablag‗lari bilan operatsiyalarni amalga 
oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish 
tartiblarini belgilab beradi.
Kodeksda byudjet tizimi va byudjet tuzilmasiga kiruvchi 
byudjetlar tarkibi, davlat byudjetining daromad va xarajatlari 
tarkibi, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning 
daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet 
bo‗g‗inlari o‗rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet jarayonini 
tashkil qilish tartiblari; byudjet taqchilligini qoplash manbalari, 
davlat maqsadli jamg‗armalari, ularni tashkil qilish va ular 
mablag‗laridan foydalanish tartibi kabilar belgilab berilgan. 
Yangi Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot 
tajribalaridan kelib chiqqan holda tartibga solish, byudjet 
amaliyotida mavjud bo‗lgan ziddiyatlarni bartaraf etish, 
eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet jarayonini 
tashkil etishdagi me‘yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni 
ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirish maqsadida 
ishlab chiqildi. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish