O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Xorijiy davlatlarda byudjet tuzilishi va byudjet tizimi



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

3.5. Xorijiy davlatlarda byudjet tuzilishi va byudjet tizimi
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi 
moliyaviy munosabatlarning quyidagi bo‗g‗inlaridan iborat: 
– davlat byudjeti tizimi; 
– davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, 
federativ davlatlarda esa – federatsiya a‘zolarining krediti; 
– maxsus nobyudjet fondlar; 
– davlat korporatsiyalari moliyasi. 

58
―Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 


O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2847-sonli (18.03.2017) qaroridan. 


90
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi, eng 
avvalo, davlat tuzilishiga bog‗liq. Unitar davlatlarda byudjet 
tizimi quyidagi ikki bo‗g‗indan iborat: 

davlat byudjeti; 

ko‗p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, 
qishloq okruglari byudjetlari). 
Unitar 
davlatlarda 
mahalliy 
byudjetlar 
o‗zlarining 
daromadlari va xarajatlari bilan yagona davlat byudjetining 
tarkibiga kirmaydi. 
Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo‗g‗indan tarkib 
topgan: 

davlat byudjeti (yoki federal byudjet, markaziy hukumat 
byudjeti); 

federatsiya a‘zolari byudjetlari (AQSHda – shtatlar 
byudjetlari, Kanadada – provinsiyalar byudjetlari, GFRda – 
yerlar byudjetlari, Shveytsariyada – kantonlar byudjetlari va 
h.k.); 

mahalliy byudjetlar. 
Mahalliy byudjetlar o‗zlarining daromadlari va xarajatlari 
bilan federatsiya a‘zolarining byudjetlariga va ular ham o‗z 
navbatida, davlat federal byudjetining tarkibiga kirmaydi. 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar moliya tizimining yetakchi 
bo‗g‗inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat va o‗z-o‗zini 
boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va vazifalarini 
moliyaviy ta‘minlashga mo‗ljallangan markazlashtirilgan pul 
mablag‗lari fondini shakllantirish va undan foydalanish 
shaklidir. 
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy 
moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun kuchiga ega. U har yili 
mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi – parlament 
tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, 
iqtisodiy tanazzullar va h.k.) hukumat davlat byudjetining 
mablag‗lariga tayanadi va ular yordamida o‗sib boruvchi davlat 
xarajatlarini qoplaydi. 


91
Xorijiy mamlakatlarning davlat byudjeti milliy daromadni 
qayta taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Moliya 
tizimining bu bo‗g‗ini orqali mamlakat milliy daromadining 40 
foizgacha bo‗lgan qismi qayta taqsimlanadi. 
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat 
bo‗lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70 foizidan 90 
foizigacha, ayrim davrlarda undan ham ko‗proq qismi 
shakllantiriladi. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlarda 
asosiy 
soliqlar 
hisoblangan 
jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‗i, korporatsiyalarning 
foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qo‗shilgan qiymat solig‗i 
va bojxona bojlari davlat byudjetiga biriktirilgan. 
Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo‗ljallangan 
xarajatlar, iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini 
saqlash xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga 
oshiriladi, rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar beriladi. Bir 
vaqtning o‗zida davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, 
hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga 
subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat moliya 
tizimining barcha bo‗g‗inlariga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar aksariyatida davlat byudjeti 
uchun doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bo‗lib, u davlat 
zayomlari 
hisobidan 
qoplanadi. 
Davlat 
zayomlarining 
muomalaga chiqarilishi davlat qarzining o‗sishiga olib keladi. 
Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar 
qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari 
bilan qo‗shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish