O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Ishsizlik. 
Ishsizlik va sanoat ishlab chiqarilishi hajmi 
iqtisodiyot 
joriy 
holatini 
ko‗rsatuvchi 
ikki 
muhim 
ko‗rsatkichdir. Ishsizlik, ish kuchining ish bilan band 
bo‗lmagan qismining foizdagi ifodasi – davlat siyosatining 
maqsadli ko‗rsatkichi hisoblanadi. Bu mezon siyosiy jihatdan 
juda ahamiyatlidir. Ishsizlik darajasining 0,5 foizga o‗sishi yoki 
pasayishi prezidentni mamlakat ommaviy axborot vositalarida 
iqtisodiy taraqqiyot haqida bayonot berishiga yoki oppozitsiya 
liderlarining iqtisodiyotning pasayib borayotganligi uchun 
prezidentni ayblash uchun asos bo‗la oladi. Biroq ishsizlikka 
keng ko‗lamli mavsumiy tebranishlar ta‘sir etadi va uni 
o‗lchash ko‗pgina murakkab omillarga bog‗liq. Ayollar va irqiy 
ozchilik guruhi vakillari, qidirgani bilan o‗ziga mos keluvchi ish 
o‗rinlari yo‗qligiga yoki qidirishga arziydigan ishning yo‗qligiga 
ishonchi komil bo‗lganligi uchun ish qidiruvchilar qatorida 
qayd etilmasligi ham mumkin. Shuning uchun ishsizlik 
ma‘lumotlari har doim ehtiyotkorlik bilan talqin etilishi lozim. 
Ishsizlik ko‗rsatkichlari mamlakatning turli hududlari, shtatlar 
va subshtat hududlar bo‗ylab turlicha bo‗lishi mumkin. Misol 
uchun, qishloq hududlari qattiq iqtisodiy zarbaga uchragan 
paytda, shahar hududlari kamroq aziyat chekishi mumkin. 
Iqtisodiyoti avtomobilda sayohat qiluvchi turistlar tashrifiga 
bog‗liq bo‗lgan shtat yoqilg‗ining yuqori narxlariga nisbatan 
ta‘sirchan bo‗lishi va natijada o‗sha shtatlarda ishsizlikning 
oshishi kuzatilishi mumkin. 
Sanoat ishlab chiqarishi. 
Sanoat ishlab chiqarishi indeksi 
Federal Rezerv Tizimi tomonidan ishlab chiqilgan bo‗lib, uzoq 
vaqt ishlatiladigan mustahkam tovarlar ishlab chiqarilishining 
o‗lchovi hisoblanadi. Chidamli mahsulot ishlab chiqarish, 

42
U.S. Congressional Budget Off ice (2011). Budget and economic outlook: fiscal years 


2011-2021. 


59
ayniqsa, po‗lat ishlab chiqarish sanoati boshqa sanoat 
tarmoqlari uchun katta ahamiyatga ega. Chunki boshqa 
sanoat tarmoqlarining rivojlanishi po‗lat va shu kabi qattiq 
metallarning ishlab chiqarish hajmlariga bog‗liq bo‗ladi. Po‗lat 
ishlab chiqarish va sotish hajmlarining o‗sishi kelgusida 
kapital obyektlarga investitsiyalarning oshirilishiga turtki 
bo‗ladi, pasayishi esa iqtisodiyotga bo‗lgan ishonchning 
kamayishiga olib keladi va korxonalar o‗z zaxiralarini 
kamaytirish harakatiga tushib qoladilar. Bu indeksning 
ahamiyati iqtisodiyotning ishlab chiqarish segmenti xizmatlar 
segmentiga qaraganda kamayganligi bois birmuncha pasaydi. 
Yetakchi indikatorlar.
Statik indikatorlar iqtisodiyotning 
joriy yoki so‗nggi holatini o‗lchashda foydali bo‗lishiga 
qaramasdan, ular ko‗pincha murakkab strategiyalarni belgilab 
olish uchun yetarlicha vaqt bera olmaydi. Prognozchilar natija 
sifatida yetakchi indikatorlarga murojaat qiladilar. Yetakchi 
indikatorlar ishsizlikning o‗rtacha davomiyligi, shuningdek, 
tijorat va sanoat kreditlarining, tovar va xizmatlar iste‘mol 
narxlari indekslarining, ishlab chiqarish va savdoda tovar-
moddiy zaxiralari indekslarining o‗zgarishi kabi ma‘lumotlarni 
o‗z ichiga oladi
Bandlik bilan bog‗liq indikatorlar. 
Asosiy yetakchi 
indikatorlardan biri ishlab chiqarishdagi 
o‗rtacha haftalik ish 
soatlaridir.
Aksariyat ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish 
uchun talab qisqara boshlasa, ishchilarni ishdan bo‗shatish 
o‗rniga, ish haftasi uzunligini qisqartirish amaliyotini 
qo‗llaydilar. Yana bir indikator ishsizlikdan sug‗urta qilish 
bo‗yicha haftalik birlamchi murojaat ko‗rsatkichi bo‗lib, u 
ishdan bo‗shatish darajasining ortishi yoki kamayishini 
ko‗rsatadi. 
Har 
ikkala 
indikator 
ish 
beruvchilarning 
iqtisodiyotdagi 
kutilayotgan 
o‗zgarishlarga 
bo‗lgan 
munosabatini ifodalaydi. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish