Federatsiya va konfederatsiyaning asosiy farqlari:
–
Federatsiyaning huquqiy asosi dastlab shartnoma, keyinchalik esa konstitutsiya bo‘ladi;
Konfederatsiyaning huquqiy asosi bo‘lib faqat shartnoma maydonga chiqadi.
–
Federatsiya - davlat-huquqiy maqomdagi tashkilot, buning natijasida esa yangi davlat vujudga keladi;
Konfederatsiya esa xalqaro-huquqiy ittifoq bo‘lib, davlat sifatida qabul qilinishiga hali erta.
–
Federatsiya hududi yagona maqomga ega; Konfederatsiya esa yagona hududga ega bo‘lmaydi, uning
hududi mazkur ittifoq tarkibiga kiruvchi davlatlarning hududidan tashkil topadi.
–
Federatsiya yagona fuqarolik o‘rnatilgan, Konfederatsiyada esa yagona fuqarolik mavjud emas, lekin
konfederatsiya hududida shaxs maqomining bir-biriga yaqinligini ta‘minlab beruvchi normalar o‘rnatilishi
mumkin.
–
Federatsiyada davlat hokimiyati(qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati)ning yagona organlari
mavjud; Konfederatsiya bunday organlarga ega emas, u yerda faqat yagona maqsadlarni amalga oshirishga
ko‘maklashuvchi muvofiqlashtiruvchi organlar shakllantirilishi mumkin.
–
Federatsiyada umumiy huquqiy aktlarning federatsiya subyektlari aktlaridan ustunligi prinsipi amal
qiladi; Federatsiyada federal organlar tomonidan federatsiya subyektining aktini direktiv yo‘l yoki nizoni ko‘rib
chiquvchi konstitutsiyaviy nazorat organlari tomonidan bekor qilinishi mumkin bo‘lgan tartib mavjud.
Konfederatsiyada esa uning muvofiqlashtiruvchi organi chiqargan qaror konfederatsiya a‘zolarining organlari
qarorlari orqali qabul qilinadi. Bu qarorlar yo ratifikatsiya qilinadi yoki boshqa yo‘l bilan tan olinadi. Bunda
konfederatsiya a‘zolari umumiy qarorlarni o‘zlari uchun majburiy, deb tan olmasliklari mumkin.
–
Federatsiyalarda yagona qurolli kuchlar mavjud. Faqat ayrim holatlardagina federatsiya a‘zolariga ayrim
qurolli kuchlarga ega bo‘lishga ruxsat berilar edi. Lekin ular baribir yagona qurolli kuchlar tarkibiga kirar edi
(masalan, sobiq Sovet Ittifoqining siyosiy tarixidagi ayrim davrlarni olsak, ittifoqdosh respublikalarga harbiy
qo‘shinga ega bo‘lishga ruxsat berilar edi). Konfederatsiyada esa unga kiruvchi davlatlarning mustaqil
armiyalari mavjud, ular umumiy qo‘mondonlik asosida birlashtirilishi mumkin. Davlatlarning kelishuviga
binoan turli davlatlarning harbiy kontingentlaridan tashkil topgan yagona armiya tuzilishi mumkin, lekin
davlatlar o‘zlarining qurolli kuchlarini ham saqlab qolish huquqiga ega.
–
Federatsiyada yagona soliqlar mavjud bo‘lib, ularni federatsiya to‘liq ravishda o‘rnatishi mumkin,
bundan tashqari federatsiya soliq va moliya siyosati borasida ustuvor va andozaviy normalarni o‘rnatishi
mumkin. Konfederatsiyaga kiruvchi har bir davlat o‘z soliqlari va moliya tizimiga ega bo‘lib, Konfederatsiya
mablag‘larining manbasi sifatida unga kiruvchi a‘zolarning badallari hisobga olinadi.
–
Federatsiyada yagona pul tizimi mavjud bo‘lib, barcha hududda amal qiladi. Konfederatsiyaga kiruvchi
har bir davlatda o‘z valyutasi mavjud, to‘g‘ri, pul tizimlari bu holatda bir-biriga yaqinlashtirilishi mumkin.
–
Federatsiya yagona iqtisodiy siyosat yoki uni yagona markazdan boshqarish qoidalariga ega.
Konfederatsiyada esa muvofiqlashtirish mavjud bo‘lishi mumkin, lekin yana Konfederatsiya a‘zolarining
ixtiyoriy tan olishi orqali.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |