O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish 
va xarajatlarini rejalashtirish prinsipiga 
ko‗ra
 
byudjet tizimi 
byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq daromadlar 
ularning aniq manbalari bo‗yicha prognoz qilinadi, xarajatlar 
esa yo‗nalishlar bo‗yicha rejalashtiriladi. 
5.
Byudjet tizimi byudjetlari mablag‗laridan foydalanish-
ning aniq yo‗naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi
byudjet tizimi byudjetlarining mablag‗lari muayyan byudjet 
tashkilotlari va byudjet mablag‗larini oluvchilarga ushbu 
mablag‗lardan aniq belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda 
foydalanish uchun ajratiladi. Tasdiqlangan byudjetda nazarda 
tutilmagan yoki byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga 
kiritilmagan yoxud byudjet tasnifida ko‗zda tutilmagan 
maqsadlarga xarajat qilinishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 
6.
Byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipi
har 
bir byudjet o‗z daromad manbalariga ega ekanligi, xarajat 
yo‗nalishlarini belgilashda mahalliy hukumat organlari ma‘lum 
xarajat vakolatlariga ega ekanliklari, mahalliy byudjetlarni 
tasdiqlash, shuningdek, ijrosi yuzasidan hisobotlarni ko‗rib 
chiqish va tasdiqlash vakolatlari mahalliy boshqaruv 
organlariga berib qo‗yilganligi bilan izohlanadi. 
7.
Byudjet tizimi byudjetlari mablag‗laridan foydalanish-
ning natijadorligi prinsipi
byudjet jarayoni ishtirokchilari 
byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o‗zlariga 
berilgan vakolatlar doirasida o‗z byudjetlarining belgilangan 


78
hajmdagi mablag‗laridan foydalangan holda muayyan natijaga 
erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu prinsip ―natijaga 
yo‗naltirilgan byudjetlashtirish‖ talablaridan kelib chiqqan 
holda Byudjet Kodeksiga kiritilgan bo‗lib, byudjet xarajatlarini 
amalga oshirishda bevosita rejaning bajarilishiga emas, balki 
ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash maqsadida xarajat-
larning natijaviylikka yo‗naltirilganligi bilan izohlanadi. 
8.
Kassaning yagonaligi prinsipi
byudjet tizimi byudjet-
larining barcha daromadlari Moliya vazirligi G‗aznachiligining 
Yagona g‗azna hisobvarag‗iga kiritilishini va ularning barcha 
xarajatlarini to‗lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini 
nazarda tutadi. Ushbu prinsipning amal qilishi davlat byudjeti 
mablag‗larining 
hajmi 
va 
harakati 
to‗g‗risida 
tezkor 
axborotlarga ega bo‗lish, byudjet mablag‗larini samarali 
boshqarish, vaqtinchalik kassaviy uzilishlarning oldini olish, 
byudjet ijrosining operativ joriy nazoratini amalga oshirish 
imkonini beradi. 
9.
Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi
byudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining 
har bir bosqichida o‗z harakatlari uchun javobgar bo‗lishini 
nazarda tutadi, chunki davlat byudjetining shakllanishida 
jamiyatning ko‗pchilik a‘zolari – yuridik va jismoniy shaxslar 
bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, keng jamoatchilikning 
mablag‗lari evaziga shakllangan moliyaviy resurslarning 
maqsadga muvofiq ishlatilishi uchun javobgarlik iqtisodiy, 
ma‘muriy (ayrim hollarda jinoiy) huquq normalari bilan 
tartibga solinadi. 
10.
Ochiqlik prinsipi
davlat byudjetini va davlat maqsadli 
jamg‗armalari byudjetlarini ko‗rib chiqish hamda qabul qilish 
tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari 
uchun ochiqligini, tasdiqlangan davlat byudjeti to‗g‗risidagi 
axborotning ommaviy axborot vositalarida va O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e‘lon 
qilinishini, byudjet ijrosining borishi to‗g‗risidagi axborot 
ommaviy axborot vositalarida davriy ravishda chop etib 


79
borilishini, shuningdek Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida 
joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi. 
Barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko‗rib 
chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish 
O‗zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‗mda amalga 
oshiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasining yuqorida ta‘riflangan davlat 
byudjeti tuzilmasi 
O‗zbekiston Respublikasi
respublika byudjeti, 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent 
shahar mahalliy byudjetlaridan
tashkil topgan. Bu byudjetlar 
mamlakatimizdagi davlat byudjeti amal qilishining tashkiliy 
shakli bo‗lib xizmat qiladi.
Respublika byudjeti byudjet tizimining markaziy bo‗g‗ini 
hisoblanadi. Respublika byudjeti Byudjet Kodeksida va boshqa 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va 
ishlatiladi. 
Respublika byudjeti 
davlat byudjetining umum-
davlat 
ahamiyatidagi 
tadbirlarni 
moliyalashtirishda 
foydalaniladigan qismi bo‗lib, unda daromadlar manbalari va 
ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida 
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‗lar sarfi yo‗na-
lishlari va miqdori nazarda tutiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barcha 
daromadlari tarkibida Respublika byudjeti daromadlari 
o‗rtacha 52-58 foizni tashkil qiladi, davlat byudjetidan amalga 
oshiriladigan xarajatlarning esa 44-46 foizi respublika byudjeti 
hisobiga to‗g‗ri keladi
Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog‗iston Respub-
likasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar 
byudjeti e‘tirof etiladi. Ularning tarkibiga o‗z navbatida, 
mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq ravishda 
quyi (shahar, tuman) byudjetlar kiradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35-
moddasiga muvofiq mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi 
byudjetlar tuzilmasiga quyidagi byudjetlar kiradi: 


80

Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti
tuzilmasiga 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasining 
respublika 
byudjeti, 
Qoraqalpog‗iston Respublikasiga qarashli bo‗lgan tumanlar va 
shaharlarning byudjetlari kiradi; 

viloyatlar mahalliy byudjetlari
tuzilmasiga viloyat byud-
jeti, viloyatlar tarkibidagi tumanlar va shaharlar byudjetlari 
kiradi; 

Toshkent shahar mahalliy byudjeti
tuzilmasiga shahar 
byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari 
kiradi. 
Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili 
davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, 
aniq maqsadlar uchun mo‗ljallangan xarajat yo‗nalishlari aks 
ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish