O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 O„zbekiston Respublikasi byudjet tuzilishi asoslari



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
3.2. O„zbekiston Respublikasi byudjet tuzilishi asoslari. 
Byudjet tizimi. Byudjet tizimi byudjetlari to„g„risida 
tushuncha 
Byudjet qurilishining asosiy tarkibiy qismi 
byudjet 
tizimidir
. Bir qator adabiyotlarda byudjet tizimi tushunchasiga 
keng ma‘noda va tor ma‘nodagi yondashuvlardan kelib chiqib, 
quyidagicha ta‘riflar berilgan: 
Keng ma‘noda byudjet tizimi
– iqtisodiy munosabatlarga 
asoslangan, davlat tuzilishining shakliga mos ravishda 
tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga solinadigan markaziy 
va mahalliy byudjetlar yig‗indisidan, shuningdek, har bir 
byudjet bo‗g‗iniga tegishli bo‗lgan soliq va yig‗imlar 
yig‗indisidan, markaziy va mahalliy hokimiyatlarning xarajat 
vakolatlari 
taqsimoti 
hamda 
byudjetlararo 
transfertlar 
yig‗indisidan iborat.
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining ―Asosiy 
tushunchalar‖ deb nomlangan 6-moddasida: ―
Byudjet tizimi
barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg‗armalari 
byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari 
jamg‗armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil 
etish prinsiplari, ular o‗rtasida byudjet jarayoni mobaynida 
Fiskal federalizm – federal hukumat 
va hududiy hokimiyatlarning moliya 
sohasidagi 
vakolatlarining 
o’zaro 
taqsimlanishi. 
 
Manba: Экономика и право: словарь-
справочник. - М.: Вуз и школа. Л. П.Кураков и 
др. 2004.
 


76
yuzaga keladigan o‗zaro munosabatlar yig‗indisini o‗zida 
ifodalaydi‖
52
, - deb ta‘rif berilgan. 
Tor ma‘noda byudjet tizimi
mamlakat ma‘muriy-hududiy 
tuzilishiga mos ravishda shakllangan va yagona tizimni tashkil 
qiluvchi barcha darajadagi byudjetlar yig‗indisidan iborat.
O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimini shakllanti-
rish, shuningdek, byudjet tizimi byudjetlari o‗rtasidagi 
munosabatlarni tashkil etish O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil 
uchun tasdiqlanadigan ―O‗zbekiston Respublikasining asosiy 
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti 
parametrlari to‗g‗risida‖gi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari 
asosida amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining 
asosiy tamoyillari 
quyidagilardan iborat
53

1.
Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi 

byudjet 
hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi 
yagona bo‗lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining 
daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, 
byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning 
yagona tartibini nazarda tutadi.
2.
Byudjet tizimining O‗zbekiston Respublikasi ma‘muriy-
hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi
– byudjet tizimi 
O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy-hududiy tuzilishiga 
muvofiq bo‗lishini belgilab beradi. Ushbu prinsipga muvofiq 
O‗zbekiston Respublikasining har bir ma‘muriy-hududiy birligi 
(Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o‗z 
byudjetiga ega bo‗lib, u mamlakatdagi yagona byudjet 
tizimining tegishli darajadagi bo‗g‗inini tashkil qiladi.
3.
Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o‗zaro 
bog‗liqligi prinsipi –
byudjet tizimi byudjetlarida nazarda 
tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni 

52
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 2-bob, 6-modda. 


53
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, I-bo‗lim, 2-bob, 7-17-moddalar. 


77
qoplash manbalari yig‗indisining hajmiga muvofiq bo‗lishi 
kerak. Bu prinsip byudjet tizimi tuzilmasidagi har bir 
byudjet(respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar)ning moliyaviy 
jihatdan barqaror bo‗lishini, shu bilan birga byudjet ijrosida 
daromad va xarajatlarning yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan 
nomutanosibligi 
byudjetlararo 
transfertlar 
mexanizmlari 
yordamida tekislanishi lozimligini nazarda tutadi, ya‘ni byudjet 
tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda ularning mablag‗lari 
mazkur byudjetlarning balansliligini ta‘minlash uchun turli 
darajadagi byudjetlar o‗rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. 
4.

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish