O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Iste‟mol narxlarining va ishsizlik darajasining



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Iste‟mol narxlarining va ishsizlik darajasining 
o„zgarishi (1960-2010 yillar)
37
 
2.1-rasmda bunday noan‘anaviy bog‗liqlik ko‗rsatilgan. 80-
yillar davomida bir qadar an‘anaviy modellarni kuzatish 
mumkin, 90-yillargacha bo‗lgan uzoq davr mobaynida 
inflyatsiya 
va 
ishsizlik 
ko‗rsatkichlari 
qarama-qarshi 
yo‗nalishlarda harakat qilgan.
Manba: Data from U.S. Council of Economic Advisers 
(2006). Economic report of the president: 2006 (pp.332, 356). 

37
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. Public Budgeting Systems. 


Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 59. 
Iste’mol narxlarining o’zgarishi 
Ishsizlik 


50
Washington, 
DC: 
U.S. 
Government 
Printing 
Office; 
Economicreport of the president: 2011, 264. 
Rasmda ko‗rsatilganidek, 2000-yilga kelib oxirgi 40 yil 
ichida iqtisodiyotda eng past darajadagi inflyatsiya va eng kam 
ishsizlik ko‗rsatkichiga erishildi. 2000-yildan 2005-yilgacha 
bo‗lgan davrda inflyatsiya va ishsizlikning noan‘anaviy ravishda 
birgalikda oshib borishi kuzatildi. O‗n yillikning oxirgi qismida 
inflyatsiyaning past darajasiga erishilgani holda, teskari 
bog‗liqlik bilan ishsizlik yuqori darajaga ko‗tarildi.
1990-yillarda pul-kredit siyosatining fiskal siyosatdagi 
o‗rnini o‗rgangan iqtisodchilar ishsizlikning tabiiy o‗sishini 
qayta baholash va inflyatsiyaning ishsizlikka nisbatan o‗sish 
sur‘atlarini (
nonaccekrating inflation rate of unempwyment - 
NAIRU)
tadqiq qildilar. NAIRU ishsizlikning shunday darajasiki, 
ishsizlik undan past bo‗lganda ish kuchiga bo‗lgan ortiqcha 
talab ish haqining va narxlarning oshishiga olib keladi. Ilgari 
ushbu ko‗rsatkich 5 foizdan 6 foizgacha bo‗ladi, deb hisoblanar 
edi. Bu diapazondan pasaygan ishsizlik inflyatsiyaning o‗sib 
borishi bilan birga ish haqining o‗sishiga xizmat qiladi, deb 
taxmin qilinardi. 1968-yilda Milton Fridman Amerika Iqtisodiy 
Uyushmasiga (American Economic Association) ishsizlikning 
har qanday darajasida barqaror iqtisodiyotga erishish mumkin 
bo‗lgan inflyatsiyaning tabiiy darajasini taklif qildi. Bunda 
bandlikning oshishi inflyatsiyaga yoki uning kamayishi 
narxlarning tushishiga olib kelmaydi
1
. NAIRU konsepsiyasi 
1990-yillarda ayniqsa, keng tarqaldi.
2.1-rasm shuni ko‗rsatadiki, 1960-2010-yillar mobaynida 
ishsizlik o‗sishining past sur‘atlari (5 foiz yoki undan past 
darajadagi), faqat ishsizlik darajasi 6 foizdan 8 foizga oshishi 
hamda narxlarning ko‗tarilishi kuzatilgan 1990-yilni istisno 
qilganda, inflyatsiyaning natijasi emas. Agar inflyatsiyaning 
tabiiy yoki uncha jadal bo‗lmagan (ular turli, lekin bir-biriga 
bog‗liq tushunchalar) darajasini aniq hisoblab chiqish mumkin 
bo‗lsa, inflyatsiyani nazorat qilishga qaratilgan pul-kredit 
siyosati vositalarini ishsizlik darajasi NAIRUdan past 


51
bo‗lgandagina qo‗llash mumkin bo‗ladi. NAIRUning aniq hisobi 
bo‗lmaganidek, turli boshqa usullar 1dan 2 foizgacha farq 
beradi.
Tabiiy va inflyatsion ko‗rsatkichlar vaqt o‗tishi bilan 
o‗zgarishi mumkin. Masalan, qattiq qurg‗oqchilik yoki sovuq 
qishning ta‘sirida yirik sitrus mintaqalarni sovuq urib ketishi 
natijasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‗tarilishi ish 
haqiga og‗irlik qiladi. Mehnat unumdorligining oshishi 
natijasida deflyatsion bosim chegarasi bo‗lmagan narxlarda 
mahsulot ishlab chiqarish hajmlari ko‗payishi mumkin va 
mehnat unumdorligi darajasi o‗zgarmas yoki ish haqining 
o‗sishiga ta‘sir ko‗rsatmagan holda oshib borar ekan, yollangan 
ishchilar soni ham ko‗payadi. Mana shu mutanosiblik AQSH 
iqtisodiyotining inqirozgacha bo‗lgan davrdagi inflyatsiya va 
ishsizlik ko‗rsatkichlarining nima uchun past darajada 
bo‗lganligini izohlab beradi. Bundan tashqari ish o‗rinlari 
uchun bo‗lgan katta xorijiy raqobat milliy iqtisodiyot holatidan 
qat‘iy nazar ish haqi darajasining past bo‗lishiga sabab bo‗ladi. 
Agar ish haqlarini jiddiy va tez-tez oshirish talab etiladigan 
bo‗lsa, kompaniyalar ishlab chiqarishning xorijiy manbalarini 
qidira boshlaydilar. 
2007-yilda boshlangan inqiroz tuzilmaviy ishsizlik 
muammosini keskinlashtirdi. 2012-yil boshiga kelib ishsiz 
yurgan 6 million amerikaliklar 6 oydan ko‗p davrda ishsiz 
edilar. 2011-yilning o‗rtalariga kelib moliya bozorlarining 
sog‗lomlashishi va korporativ daromadlarning ortishiga 
qaramasdan ishsizlik darajasi 9 foizga yetdi va uzoq muddatli 
ishsizlik xavfini keltirib chiqardi.
24
Kongressning Byudjet 
boshqarmasi 2015-yilgacha ishsizlik darajasining 5,5 foiz 
atrofida saqlanib qolishini bashorat qilgan edi.
25
2011-yilda 
taklif etilgan rag‗batlantirish dasturlari, shu jumladan, 
Amerika mehnat to‗g‗risidagi Qonun (American Jobs Act), 
shuningdek, AQSH Federal Rezerv Tizimi raisi Ben Bernanke 


52
tomonidan aytib o‗tilgan fikrlar ishsizlik va bandlik 
masalalarida hali tuzilmaviy muammolar bo‗lishi mumkinligini 
bildiradi.
26
Kelgusida Qo‗shma Shtatlarda yoki har qanday boshqa 
mamlakatda tuzilmaviy ishsizlikning oshib borishi jahondagi 
iqtisodiy 
shart-sharoitlarning 
o‗zgarishi 
hamda 
kompaniyalarning o‗z tovar va xizmatlarini chegaralar osha 
sotishining ko‗payishi natijasi bo‗ladi. Bunday sharoitda ishchi 
kuchi 
unumdorligini 
texnologik 
va 
infratuzilmaviy 
investitsiyalar hisobiga oshirish imkoniga ega bo‗lgan 
davlatlarda ishlab chiqarish hajmlarining oshishiga va 
harqalay, ishsizlikning kamayishiga erishiladi.
27
Ishsizlik sog‗lom iqtisodiyotning yagona, balki eng yaxshi 
ko‗rsatkichi emas. Hatto ishsizlik va inflyatsiya eng maqbul 
darajada bo‗lganda ham, iqtisodiyotda samaradorlik jiddiy 
pasayib borishi mumkin. YAIMning o‗zgarishi ayrim hollarda 
iqtisodiy samaradorlik ko‗rsatkichi sifatida ishlatiladi. Aholi jon 
boshiga to‗g‗ri keladigan Yaim ko‗rsatkichi aholining yashash 
holatini yanada to‗liqroq ko‗rsatadi. Qo‗shma Shtatlarda 
mehnat unumdorligining o‗rtacha yillik o‗sishi yoki aholi jon 
boshiga YAIMning o‗sishi 1970-2009 yillar ichida 1,6 foizni 
tashkil qildi. Yaponiyada bu ko‗rsatkich 1,8 foizni tashkil 
qilgan.
2.2-rasmda 1979-yildan 2010-yilgacha bo‗lgan davrda 
Amerika Qo‗shma Shtatlari, Frantsiya, Kanada, Germaniya, 
Yaponiya 
va 
Birlashgan 
Qirollikning 
ko‗rsatkichlari 
solishtirilgan. Ko‗rsatkichlar mamlakatlarning inflyatsiyani 
hisobga olgan holda, aholi jon boshiga YAIMning o‗zgarishini 
aks ettiradi. 1990-yilga kelib Yaponiya iqtisodiyoti AQSH va 
boshqa ilg‗or davlatlar darajasidagi o‗sish sur‘atlariga erishdi. 
Yaponiya 1960-yildan 1980-yillargacha bo‗lgan iqtisodiy 
bazaning nisbatan pastligi davrida eng yuqori o‗sish 
sur‘atlariga chiqdi. 


53
2.2-rasm. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish