O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Ishsizlikning siyosiy ahamiyati. 
Siyosiy tizim ishsizlik 
masalasini turlicha qabul qiladi. 80-yillarning boshidagi hamda 
2007-yildan keyingi ishsizlikning umummilliy darajadagi 9-10 
foizlik ko‗rsatkichi zamonaviy standartlarga to‗g‗ri kelmaydi, 
albatta, ammo uning 30-yillardagi Buyuk Depressiya davridagi 
24 foizlik eng yuqori ko‗rsatkichidan ancha past. Ishsizlik 
ko‗rsatkichi 5 foizga qarab pasayib bordi. Jamiyat kimlar ishsiz 
ekanligiga ko‗ra ishsizlikka bosiqlik bilan munosabatda bo‗ladi. 
Ishsizlik asosan past malakalilar va qisman yoshlar orasida 
yuqori bo‗lish tendensiyasiga ega bo‗lishiga qaramasdan, 


48
o‗rtacha daromadli ―oq yoqali‖ ishchilarning ishsizligiga bosiqlik 
bilan qarash tezda yo‗qoladi. 2011-yildagi retsessiyadan 
aholining 99 foizi zarar ko‗rgan bo‗lsa, ularning ko‗pchiligini 
o‗ziga munosib ish topolmayotgan yaxshi ma‘lumotga ega 
bo‗lgan yoshlar tashkil qiladi.
Siyosiy jihatdan ishsizlik darajasi yagona muhim 
muammo emas. 80-yillarning oxiridan boshlab ishsizlikning 5 
foiz yoki undan past darajada bo‗lgani bilan odamlarni yangi 
ish o‗rinlarining turlari ko‗proq qiziqtirardi. Gap shundaki, 
aksariyat yangi ish o‗rinlari eng kam mehnat haqi to‗lanadigan 
yoki juda past darajada haq to‗lanadigan to‗liqsiz ish vaqtiga 
ega bo‗lgan, tibbiy va pensiya imtiyozlari bo‗lmagan xizmatlar 
sohasida yaratildi. Bu, albatta, 90-yillarga tegishli tanqid 
bo‗lib, 2000-yillarning birinchi o‗n yili o‗rtalaridagi 9 foizlik 
ishsizlik darajasi ish o‗rinlarining xarakteri to‗g‗risida qayg‗urib 
o‗tirishga o‗rin qoldirmadi. Ish o‗rinlarining sifatidan ham ko‗ra 
Qo‗shma Shtatlarda boyliklarning eng boy bo‗lgan alohida 
shaxslarning 5 foizi, 2 foizi va 1foizi qo‗lida to‗planganligi, 
ayniqsa tashvishga soladi. Bu masalani biz quyida mazkur 
bobda yana ko‗rib chiqamiz. 
Boshqa bir masala to‗liqsiz ish kuni to‗g‗risidagi bahslarga 
tegishli. Ko‗pchilik odamlar o‗zlari to‗liqsiz ish kunini 
tanlaydilar, lekin kompaniyalar ham ish haqiga xarajatlarni 
qo‗shimcha imtiyozlarni to‗lamaslik evaziga kamaytirish 
maqsadida to‗liqsiz ish kuniga yoki vaqtinchalik xarakterga ega 
bo‗lgan ish o‗rinlariga ishchilarni yollashni ko‗paytiradilar. 
Kompaniyalar iqtisodiy pasayish davrida ish o‗rinlarini 
qisqartirishi natijasida to‗liqsiz yoki vaqtinchalik ishlaydiganlar 
soni ko‗payadi. Garchi ularning bandligi haftasiga 40 soatni 
tashkil qilsada, bu ishchilar doimiy band bo‗lgan ishchilar kabi 
tibbiy va pensiya sug‗urtasiga ega bo‗la olmaydilar. 
Ishsizlik va inflyatsiyaning o‗zaro bog‗liqligi. 
Ishsizlik 
darajasi qanchalik tushib ketsa, ishchilarni topish va ishga jalb 
qilish shunchalik qiyinlashadi. Natijada ish haqi stavkalari 
keskin oshib ketib, inflyatsion bosimni kuchaytirishi mumkin. 


49
Albatta, 60-yillarning o‗rtalariga qadar bandlikning oshishi 
narxlarning oshishiga, pasayishi esa narxlarning tushishiga 
olib kelishi haqidagi an‘anaviy qarashlar so‗ndi. Ammo 70-yillar 
o‗rtalaridan boshlangan pasayish davrida ishsizlikning oshishi 
bilan birga narxlar ham oshib bordi. Avjga chiqqan 1974-yilda 
narxlar o‗tgan yilga qaraganda 11 foiz oshgan bo‗lsa, 1975-yilga 
kelib yana 9 foizga oshib ketdi. Bu davr ichida ishsizlik 
darajasi o‗zining eng yuqori ko‗rsatkichiga – 8 foizga chiqdi. 
2010-yilda esa iste‘mol narxlarining 1,5 foizga tushishi va 
ishsizlikning 9,6 foizga ko‗tarilishi kuzatildi.
2.1-rasm. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish