40
ilmiy ishlanmalarga (R&D), texnologiyalarga va ta‘limga
investitsiya qilish dasturini taklif qildi.
27
Ushbu taklif uning
avvalgi hamkasblari tomonidan ilgari surilgan raqobatdoshlikni
oshirish chora-tadbirlari bilan hamohangdir.
1981-yilda AQSH Kongressi R&Dga xususiy investitsiya-
larni oshirishni rag‗batlantirishga qaratilgan vaqtinchalik
chora-tadbirlar qabul qildi va 2005-yilgacha muntazam
ravishda ularni yangilab bordi. 2001-yilda Kongress R&D
uchun berilgan soliq kreditini doimiy ravishda o‗rnatish
taklifini ko‗rib chiqdi, lekin bu chora samara bermadi. Shunga
qaramay bu chora 2004- 2006- va 2010-yillarda Kongress soliq
kreditini vaqtinchalik uzaytirishi natijasida so‗nggi vaqtinchalik
uzaytirish muddati tugagunga qadar ma‘lum darajada samara
berib
turdi.
Vaqtinchalik
choralar
Kongress
uchun
raqobatdoshlikni rag‗batlantirishga qaratilgan yagona maqbul
siyosiy yo‗l sifatida qabul qilindi.
Iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga qaratilgan
davlatnnig bevosita va bilvosita xatti-harakatlari ta‘sirini
faqatgina uzoq muddatli istiqbolda baholash mumkin.
Masalan, hatto korxonalar davlat tomonidan taqdim etilgan
imtiyozlardan foydalangan holda R&Dga bo‗lgan xarajatlarini
sezilarli darajada oshirgan taqdirlarida ham samaradorlik
nuqtayi nazaridan bu samara kelgusi yillarda o‗zini namoyon
qiladi. AQSHning ko‗pchilik shtatlarida korxonalar uchun
umumiy soliq bo‗yicha turli kredit dasturlari taklif qilingan.
Ayrim shtatlar davlatning aniq geografik hududlari yoki aniq
tarmoq va texnologiyalar, masalan, biotexnologik sanoatning
rivojlanishi uchun R&Dga investitsiyalarga soliq bo‗yicha
chuqur o‗ylangan kredit dasturlariga ega
28
.
27
Superville,D. (2011). Obama calls for investments in education, R&D: West Coast
swing highlights vision of making U.S. more competitive globally. MSNBC.com.
Retrieved November 13, 2011, from http:// www.msnbc.msn.com/id/ 41669273
/ns/business-personal_finance/ t/ obama-callsinvestments-education-rd/.
28
Federal Reserve Bank of San Francisco (2005). The rise and spread of state R&D tax
credits.
Retrieved
August
24,
2006,
from
http:/
/
www.frbsf.org/publications/economics/letter/2005/el2005-26.html.
41
Butun dunyoda iqtisodiyot uchun jozibador bo‗lgan xorijiy
to‗g‗ridan to‗g‗ri investitsiyalar hamda ichki investitsiyalarni
rag‗batlantirishga xizmat qiluvchi bir necha omillare‘tiborga
sazovor. 2.1-ko‗rgazmada dunyo bo‗yicha mamlakatlarda
biznesni yuritish uchun yaratilgan imkoniyatlarni davlat
tomonidan aralashuv va tartibga solish natijalari sifatida
baholash yoki, ayrim masalalar bo‗yicha, ishbilarmonlik
muhitini yaxshilash mumkin bo‗lgan omillarning ta‘sirini
aniqlash natijalari aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: