O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
AQSH va jahon iqtisodiyoti. Transchegaraviy iqtisodiy 
holat. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin aksariyat AQSH 
fuqarolari Qo‗shma Shtatlarni nafaqat jahonning eng asosiy 
ta‘minotchisi (homiysi) sifatida, balki jahon iqtisodiyotini asosiy 
tartibga soluvchisi sifatida ko‗ra boshladilar. 1973-1974-
yillardagi Neft Eksport Qiluvchi Mamlakatlar Tashkiloti (OPEK) 
neft eksportini qisqartirgunga qadar iqtisodiyoti neft importiga 
bog‗liq bo‗lgan AQSH uchun ta‘sirli bo‗ldi. 2005-yildan buyon 
dunyo bo‗ylab asosan, yangi yuzaga kelgan yirik iqtisodiy 
mamlakatlar Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy (manbalar-
da BRIKS deb nomlanadi) neft iste‘molining oshishi hisobiga 
neft narxining yuqori bo‗lishi va neft qazib oluvchi mamlakat-
lardagi ko‗pgina ziddiyatli jarayonlar jahon iqtisodiyotidagi 
o‗zaro munosabatlarni qayta ko‗rib chiqishga sabab bo‗ldi.
Shuningdek, AQSH hanuzgacha jahon iqtisodiyotining 
asosiy (bosh) tarkibiy qismi hisoblanishiga qaramasdan, 
iqtisodiy jihatdan AQSHdan kichikroq bo‗lgan Yaponiya va 
Germaniya hamda oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotining asosiy 
ishtirokchilari sifatida yuzaga kelgan Braziliya, Rossiya, 
Hindiston va Xitoydagi iqtisodiy taraqqiyot AQSHni dunyoning 
muhim milliy iqtisodiyotlaridan biriga aylantirib qo‗ydi.
23
Birinchi 
neft 
inqirozi 
va 
boshqa 
mamlakatlar 
iqtisodiyotlarining kuchayishi Amerikaga bog‗liqligini his qilgan 
Amerika fuqarolari AQSHning iqtisodiy holati dunyodagi 

23
Friedman, T. (2006). The world is flat: a brief histary of the twenty-first century 


(Expandeded.). New York, NY: Farrar, Straus&Giroux; Friedman, T., & Mandelbaum, 
M. (2011). Thatused to be us. how America fell behind in the world it invented and 
how we can come back. New York, NY: Farrar,Straus & Giroux. 


37
milliardlab iqtisodiy munosabatlarga, boshqa mamlakatlar 
hukumatlari 
tomonidan 
chiqariladigan 
iqtisodiy-siyosiy 
qarorlarga bog‗liqligini tushuna olishadi. Dunyodagi iqtisodiy 
jihatdan taraqqiy etmagan va rivojlanayotgan sanoatlashmagan 
mamlakatlar iqtisodiyotlari AQSH va boshqa sanoati 
rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga katta ta‘sir ko‗rsatadi va 
iqtisodiy munosabatlarni belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo‗ladi. 
1997-yilda Osiyoda boshlangan moliyaviy inqiroz dastlab 
Osiyo 
mamlakatlariga, 
so‗ngra 
boshqa 
rivojlanayotgan 
bozorlarga zarba berdi va ularning iqtisodiyotini qulatdi. Bu 
inqirozning ta‘siri o‗zlarining moliyaviy portfellarini tez 
tebranuvchi 
fond 
birjalarida 
oldi-sotdi 
qiluvchi 
va 
sarmoyalarini AQSH va boshqa G‗arb sanoat bozorlariga 
reinvestitsiya qilgan investorlarni qamrab oldi, ammo 
rivojlanayotgan bozorlardagi bunday o‗zgarishlarning oqibati 
ijobiy bo‗lmasligini his etgan aksariyat sarmoyadorlar o‗sha 
iqtisodiyotlarga sarmoya kiritishdan voz kechdilar. 2007-yilda 
G‗arb sanoat bozorlarida yuz bergan moliyaviy inqiroz 
Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy kabi bir qancha iqtisodiyoti 
qudratli mamlakatlarning yuzaga kelishiga olib keldi, ular 
investorlarni 
sanoatlashgan 
mamlakatlar 
sarmoyalariga 
muqobil sifatida o‗ziga ko‗proq jalb eta boshladilar. Bu ikki 
holat shuni ko‗rsatadiki, agar iqtisodiy vaziyat yomonlashib 
borayotgan sharoitda bozorda turli nayranglar hamda 
mamlakatlar tomonidan turli mug‗ombirlik yo‗llari orqali 
bozordagi vaziyatlarga ta‘sir o‗tkazilayotgan holatlar mavjud 
bo‗lsa, investorlar o‗zlarining ulushlarini tezda sotib, bozorni 
tark etishga harakat qilishadi.
Investitsiyalar portfeli fond bozorlari orqali rivojlanayotgan 
iqtisodiyotlarni sanoat tarmoqlariga, zavod-fabrikalarga asosiy 
kapital shaklida kiritiladigan uzoq muddatli investitsiyalarga 
qaraganda kengroq, tezroq mablag‗ bilan ta‘minlaydi. 
Kelgusida jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga 
yordam beruvchi omil – ishlab chiqarish obyektlari, chakana 


38
savdo muassasalari va transchegaraviy hududlar bo‗ylab 
samarali investitsiyalarni amalga oshirishdir. To‗g‗ridan to‗g‗ri 
xorijiy investitsiyalar rirojlanayotgan davlatlarga kapital 
oqimining eng yirik manbayi hisoblanadi. Hozirgi kunda 
rivojlanayotgan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining 30 foizi 
to‗g‗ridan to‗g‗ri xorijiy investitsiyalardan iborat, 1980-yilda bu 
ko‗rsatkich 10 foizdan sal ortiq bo‗lgan edi. Bundan buyon 
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida to‗g‗ridan to‗g‗ri 
xorijiy investitsiyalar hajmining ko‗pligi eng asosiy omil 
hisoblanmaydi. 
Rivojlangan 
mamlakatlar 
Yalpi 
ichki 
mahsulotida to‗g‗ridan to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar 1990-yilda 
10 foizdan kamroqni tashkil etgan bo‗lsa, 2010-yilda foizdan 
ko‗proq bo‗ldi. Bu davrda ushbu ko‗rsatkich Qo‗shma 
Shtatlarda 9 foizdan deyarli 24 foizgacha, Buyuk Britaniyada 
20 foizdan 48 foizgacha oshdi.
24
To‗g‗ridan to‗g‗ri xorijiy 
investitsiyalar aksiya va obligatsiyalarga qo‗yilgan investitsiya 
portfellaridan farqli o‗laroq, bevosita ishlab chiqarish aktivlarini 
yaratadi va iqtisodiyotdagi maqsadli pasayishlar davrida o‗z 
qiymatini osonlik bilan yo‗qotmaydi. Shuning uchun to‗g‗ridan 
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar hajmi maqsadli iqtisodiyotdagi uzoq 
muddatli tendensiyalarga investorlarning qanday munosabat 
bildirishiga bog‗liq bo‗ladi.
Jahondagi mamlakatlar iqtisodiyotini o‗zaro bog‗lovchi 
omillar tovar va xizmatlarning oddiy oldi-g‗sotdisi hisoblanadi. 
Agar siz xorijda ishlab chiqarilgan transport vositasini xarid 
qilsangiz, yoki sizning kompaniyangiz boshqa mamlakatlarda 
neft kompaniyalari uchun nasoslar sotish bilan shug‗ullansa, 
bularning natijasida mamlakatga pul oqimi kirib keladi yoki 
mamlakatdan chiqib ketadi. AQSH xalqaro savdo hajmining, 
ya‘ni mamlakatdagi eksport va importning umumiy hajmining 
mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 1975-yildagi 16 
foizdan 2005-yilda 26 foizdan ko‗proqqa o‗sdi va so‗ngra 

24
United Nations Conference on Trade and Development (2011). Annex table 7. In


World Investment Report. Retrieved November 13, 2011, fr om http:/ / www 
.unctad.org/sections/dite_dir/docs/ WIR11_web%20tab%207.pdf. 


39
iqtisodiyotning yomonlashishi ta‘sirida 2009-yilda 16 foizga 
tushib qoldi.
25
Boshqa transchegaraviy salbiy o‗zgarishlar jiddiy iqtisodiy 
buzilishlarga sabab bo‗lishi mumkin, bu ayniqsa iqtisodiy 
sharoitlar zaiflashib bo‗lgan vaziyatda yuzaga chiqadi. 2011-
yilda Yaponiyada yuz bergan zilzila va sunami Yaponiyaga 
qaraganda boshqa mamlakatlar bozorlariga ko‗proq ta‘sir 
o‗tkazdi. Qo‗shma Shtatlar uchun deyarli tanazzulga 
uchragandan keyin qayta oyoqqa turayotgan avtomobil sanoati 
2011-yildagi halokat asoratlari ta‘sirini yapon mashina ishlab 
chiqaruvchilari bilan raqobat hisobiga normal faoliyat 
yuritmayotgan ishlab chiqaruvchilarning bir qismi sifatida 
o‗zida his qildi.
26
Aksariyat odamlar uchun buni qabul qilish juda og‗ir 
bo‗lsa-da, AQSH hozirgi global iqtisodiyotning asosiy tartibga 
soluvchisi emas, faqatgina tarkibiy qismi ekanligini ta‘kidlab 
o‗tish lozim. Albatta, AQSH, shuningdek, o‗zining iqtisodiyoti 
hajmi va boshqa mamlakatlarga ta‘sir o‗tkazishi sababli qattiq 
tanqid qilinadi.

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish