O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
 

32
Samuelson, R. (2006). Cooling off about keeping up. Washington Post. Retrieved 


August 12, 2006, from http:// www.realclearpolitics.com/articles/2006 /08/ 
experiencing_another _competiti .html. 
33
The White House (2011). We can't wait: Obama administration announces two steps
to help businesses create jobs, strengthen competitiveness [press release]. Retrieved 
November 13, 2011, from http:/ / www.whitehouse.gov/ the-press-offi ce/2011I10
/28 /we-cant-wait-o bama-administratio n-announces­ 
two-steps-help-businesses-cr. 
34
National Economic Council (2011). A strategy for American innovation: securing our 
economic growth and prosperity. Retrieved November 6, 2011, from http:/ 
/www.whitehouse.gov/innovation/strategy. 


45
2.3. Bandlik, ishsizlik, inflyatsiya va ularning
davlat byudjetiga ta‟siri 
To‗liq bandlikning mazmun-mohiyati. 
To‗liq bandlik iqtiso-
diy samaradorlik ko‗rsatkichi bo‗lib, 16 yoshdan katta bo‗lgan 
fuqarolarning rasman korxonalarning daromad keltiruvchi ish 
o‗rinlarida bandligi hisoblanadi. Amerika Qo‗shma Shtatlarida 
mamlakat statistika xizmatlari har oyda 110 000 kishidan 
iborat bo‗lgan 60 000 ga yaqin oilaning katta yoshdagi 
a‘zolaridan so‗rovnoma o‗tkazadilar. So‗rovnomada respondent-
ning o‗tgan hafta mobaynidagi faoliyati to‗g‗risida so‗raladi. 
Agar shaxs haq to‗lanadigan ishda ishlagan bo‗lsa, yoki haq 
olmasdan bo‗lsa ham oilaviy korxonada ishlasa, ta‘tilda yoki 
boshqa biron shunga o‗xshash holatda bo‗lsa, bu fuqaro band 
hisoblanadi. So‗rovda qatnashgan shaxs hech qanday bunday 
holatlarda bo‗lmasa, yoki ish qidirayotgan bo‗lsa, u ishsiz, deb 
tan olinadi. Qolgan barcha aholi mehnatga layoqatsiz sifatida 
ko‗riladi. Ishsiz deb tan olinishi uchun inson hozirgi paytda ish 
joyi bo‗lmagan, oxirgi to‗rt oy ichida faol ish qidirayotgan, 
bugungi kunda mehnatga layoqatli bo‗lishi kerak. Shuningdek, 
ishdan bo‗shatilgan va hozirda ishga qaytishni kutayotgan 
shaxslar ham ishsiz maqomiga ega bo‗ladi.
35
Bandlik holatini ko‗rsatuvchi ko‗rsatkich sifatida tez-tez 
qo‗llanadigan ko‗rsatkich bo‗lib ishsizlik darajasi hisoblanadi. 
Ishsizlik darajasi
muayyan davrda ishsizlar sonining mehnat 
resurslari soniga nisbati orqali aniqlanadi. Ishsiz, deb 
hisoblangan shaxs ish qidirishning rezyume tarqatish, ish 
bilan ta‘minlash tashkilotlariga borish, ish masalasida telefon 
qilish, reklama joylashtirish, onlayn-qidiruv va boshqa 
usullaridan foydalanayotgan bo‗lishi lozim. Ish qidirayotgan-
larning maqomi 1994-yilda aniqlashtirilgan bo‗lib, oxirgi 12 oy 
mobaynida ish qidirmagan yoki ish topolmay hafsalasi pir 

35
U.S. Department of Labor, Bureau of Labor Statistics (2011). How the go vernment


measures unemployment. Retrieved November 10, 2011, fr om http:// www 
.bls.gov/cps/cps_htgm.htm #where. 


46
bo‗lgan kishilar bu ro‗yxatga kiritilmadi. Ish taklif qilinayotgan 
e‘lonlarga qarab yurish yoki onlayn tarzda ish qidirib yurish 
hisobga olinmaydi. Oxirgi to‗rt hafta ichida yuqorida 
ta‘kidlangan ish qidirish yo‗llaridan faol foydalanmagan 
shaxslar mehnat resurslari tarkibiga kiritilmaydi. 
Garchi 1946-yildan keyin qabul qilingan Bandlik 
to‗g‗risidagi qonunda (Employment Act) 3 foizdan 4 foizgacha 
ishsizlik darajasi to‗liq bandlikning mezoni sifatida tez-tez tilga 
olinib kelingan bo‗lsada, to‗liq bandlikning aniq ta‘rifi 
qonunchilikda mavjud emas. 80-yillarga qadar ―ishsizlikning 3-
4 foizgacha bo‗lgan darajasi doimo saqlanib turadi, bu 
chegaradan past bo‗lgan ko‗rsatkichga hech qachon erishib 
bo‗lmaydi‖, degan fikrlar mavjud edi. Mehnat resurslarining 
ayrim a‘zolari mehnatning xarakteri va malaka talablaridagi 
o‗zgarishlar tufayli vaqtincha ishsiz bo‗ladilar. Ayrim 
iqtisodchilar bu toifadagi ―tarkibiy‖ ishsizlarni to‗liq bandlikni 
hisoblashda inobatga olmaslik kerak, deb hisoblaydilar. Ishga 
qaytayotgan uy bekalari, o‗z ixtiyori bilan bir ish o‗rnidan 
boshqasiga o‗tib yuruvchi yoshlar, shuningdek, jahon 
iqtisodiyotidagi talabning tebranishi bandlikning 3-4 foizgacha 
bo‗lgan darajasini ta‘minlashni qiyinlashtiradi.
1948-yildan 2011-yilgacha bo‗lgan davrdagi ishsizlik 
darajasi 64 yil ichida 12 martagina 4 foizdan past bo‗lgan. 
Bunday holat 1970-yildan 1998-yilgacha bo‗lgan davrdagi 4,9 
foizlik ko‗rsatkichga qaraganda birmuncha yaxshiroqdir.
Ketma-ket kelgan to‗rt yil davomida ishsizlik darajasi 4-4,7 
foizgacha, so‗ngra 2006-2007-yillarda 4,6 foiz bo‗lgan.
36
Qo‗shma Shtatlarda ko‗pchilik ishsizlikning 4 foizdan yuqori 
bo‗lgan darajasida ham to‗liq bandlik terminini qo‗llash fikrini 
yoqlaydilar. 
To‗liq bandlikning mezoni sifatida ishsizlik ko‗rsat-
kichining yuqoriroq darajasining qabul qilinishi AQSH 
iqtisodiyotining 
avvalgiga qaraganda 
tashqi 
dunyodagi 

36
U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic report of the president: 2011, 


240. 


47
hodisalarga tobora ko‗proq ta‘sirchanligi bilan bog‗liq. AQSH 
korxonalari tashqi iqtisodiy larzalarga hamda iste‘molchilar 
talablarining avvalgiga qaraganda tezroq o‗zgarishiga javob 
berolmay qolmoqdalar, bu esa ayrim hollarda iqtisodiy 
pasayish va ishsizlikka olib kelmoqda. 1997-yilda ishsizlik 
darajasining 5 foizdan kam bo‗lgan vaqtda AQSHda 
inflyatsiyaning past darajasi va YAIMning kutilmagan yuqori 
o‗sish sur‘atlari natijasida AQSH iqtisodiyoti taraqqiyoti o‗zining 
eng yuqori nuqtasiga erishdi va bu holat deyarli besh yil davom 
etdi. Bu davr mobaynida, AQSHning past darajadagi ishsizlik 
va past darajadagi inflyatsiya erasiga kirishi bilan bog‗liq 
bahslar ishlab chiqarish nazariyasining hamda ishlab 
chiqarishning umumiy hajmida inson kapitalining kamayishi 
nazariyasining o‗zgarishiga olib keldi.
Shu bilan birga bunday gurkirashga ma‘lum darajada 
fond bozorlaridagi o‗yinlar natijasida, ayniqsa, Internet, 
telekommunikat-siyalar orqali savdolar natijasida erishildi. 
Bundan tashqari 90-yillarning oxirida axborot texnologiyalariga 
xarajatlar keskin ortib bordi va yillar davomida nobarqaror 
bo‗ldi. 2011-yildagi voqealar, Afg‗oniston va Iroqdagi urushlar 
natijasida yirik byudjet defitsitlari kelib chiqdi, ishsizlik 
darajasi, 2006-2007-yillarni hisobga olmaganda 5foizdan 6 
foizga ko‗tarildi. xatto 2009-yildan boshlab ishsizlik darajasi 9 
foizdan oshib ketgach, 90-yillardagi 3-4 foizlik ko‗rsatkich ham 
barqarordir, degan tushunchalar qabul qilindi.

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish