O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

Yetakchi
indikator burilish 
nuqtalarini o‗rganish orqali kelajakda qanday o‗zgarish sodir 
bo‗lishini oldindan prognoz qiladi,
ortda qoluvchi
indikator esa 
ilgari qanday o‗zgarish bo‗lganligi haqida ma‘lumot beradi. 
Avvalgi davrlarda AQSH Tijorat Departamentining Iqtisodiy 
tahlil byurosi davriy indikatorlarning har oyligini chop etib 
borgan. 1995-yil oktabrda Tijorat Departamenti biznes davrlari 
indikatorlari ma‘lumotlari bazasini davom ettirish uchun 
xususiy, notijorat iqtisodiy tadqiqotlar va biznes a‘zoligi 
tashkiloti bo‗lgan Konferensiya Kengashi bilan shartnoma 
tuzdi. 
1996-yildan 
boshlab 
Konferensiya 
Kengashi 
indekslarning rasmiy manbayi sifatida xizmat ko‗rsatib keldi.
Statik indikatorlar. 
Statik indikatorlar ayni lahzada 
(ma‘lum bir sanada) iqtisodiyot (trend) qay holda ekanligi 
haqida ma‘lumot beruvchi indikatorlar bo‗lib, har doim 
jamoatchilik e‘tiborida bo‗ladi. Ular sanoat mahsuloti ishlab 
chiqarish, shaxsiy daromad, ishlab chiqarish va chakana savdo 
hajmlari o‗lchovlarini o‗z ichiga oladi.
Narxlar. 
Biz yuqorida ishlab chiqarish va daromadlar 
darajasining qanday ekanligini ko‗rsatuvchi, milliy mahsulot va 
milliy daromadning asosiy o‗lchov mezonlariga tavsif berib 
o‗tgandik. Narxlar iqtisodiy holatni ko‗rsatuvchi yana bir 
o‗lchov mezonidir. Ulgurji narxlar yuzaga kelishi mumkin 
bo‗lgan muammolar haqida milliy daromad o‗lchovlariga 
qaraganda vaqtliroq ma‘lumot berishi mumkin, chunki ular 
ehtimoliy o‗zgarishlarni xaridorlar tomonidan to‗lanuvchi 

40
The Conference Board (2001). Business cycles indicator handbook. New York, NY : 


Conference Board. 


57
narxlarda ifodalaydi. Ulgurji yoki ishlab chiqaruvchilar narx 
indeksi 2800 dan ortiq tovarlarni o‗z ichiga oladi.
Iste‘mol narxlari indeksi (INI)
ishchi va xizmatchilar 
tomonidan sotib olingan tovar va xizmatlarning qiymatiga 
asoslanadi. U aksariyat tovarlarning narxi haqida ma‘lumot 
to‗plash uchun chakana savdo muassasalariga va boshqa 
savdo muassasalariga qo‗ng‗iroqlar va tashriflar, xaridlar 
xususiyatlarini aniqlash, uchun mamlakatning 87 ta aholi 
yashovchi hududlari bo‗ylab 50000 dan ortiq uy-joy 
birlashmalari 
va 
23000 
dan 
ortiq 
chakana 
savdo 
muassasalarida davriy tanlanma kuzatishlar orqali uchta 
manbadan 
hisoblab 
chiqarilgan. 
Tanlab 
olingan 
uy 
xo‗jaliklariga aholining ikki guruhi – shaharlarning barcha 
aholisi hamda maosh olib ishlovchi ishchi va xizmatchilar 
kiritilgan. Iste‘mol narxlari indeksining o‗zgarishi keng 
miqyosda inflyatsiya ko‗rsatkichi hisoblanadi. Uning eng 
muhim amaliy ahamiyati shundaki, hukumat o‗zining turli 
ijtimoiy dasturlarini, ayniqsa ijtimoiy ta‘minot bilan bog‗liq 
qarorlarini inflyatsiyani hisobga olgan holda INI ko‗rsatkichi 
bilan moslashtiradi. Ijtimoiy ta‘minot to‗lovlari iste‘mol narxlari 
indeksining o‗sishiga asoslangan holda avtomatik oshiriladi.
Iste‘mol narxlari indeksining tuzilishi hukumat byudjeti va 
uning defitsitiga ta‘sir etadi, shu sababli ko‗pgina ziddiyatli 
munozaralarga sabab bo‗ladi. Uy xo‗jaliklarining sotib olish 
qobiliyatini o‗rganish ishlari INI ko‗rsatkichi darajasining e‘lon 
qilishidan 4-5 oy oldin amalga oshiriladi. Xarid odatlari 
bo‗yicha dolzarb maishiy tadqiqotlar indeksning nashr 
etilishidan to‗rt yoki besh oylar oldin sodir bo‗ladi. Milliy 
Fanlar Akademiyasining komissiyasi 2002-yilda Iste‘mol 
narxlari indeksini aniqlash metodlarini takomillashtirish 
yuzasidan tavsiyalar tizimini ishlab chiqdi, ulardan ba‘zilari 
qabul 
qilindi.
41
Shunki 
INIdagi 
o‗zgarishlar 
byudjet 
prognozlariga 
ta‘sir 
etuvchi 
asosiy 
parametr 
emas. 

41
Schultze, C. (2003). The consumer price index: conceptual issues and practical 


suggestions. Journal of Economic Perspectives, 17, Winter, 3-22. 


58
Kongressning Byudjet boshqarmasi uzoq muddatli (10 yil) 
byudjet loyihalarida asosiy e‘tiborni YAIMning real o‗sishi, foiz 
stavkalari va inflyatsiya darajasi, YAIMda mehnat haqining 
ulushi kabilarga qaratadi.
42

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish