Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari
. Makon va vaqt 
oʻz rang-barangligida Cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.
Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar oʻz rivojlanishining dastlabki 
bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va oʻtmishning aksariyat mutafakkirlari 
ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va 
bilishining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan. Zero ular kengayib va 
takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq 
tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan koʻlamli 
shakllar va ularni oʻlchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan 
geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar 
hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi 
mulohazalar nuqtayi nazaridan ham alohida e‘tibor qaratilgan. Keyinchalik 
«makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish hech qachon susa‘ymagan. Ular 
bilan bogʻliq koʻp sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan 
biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular 
faqat nimagadir bogʻliq holda keladimi? Matematikadan farqli oʻlaroq fizika 
amalda mavjud boʻlgan makon-vaqt strukturalarini (matematika yaratgan 
vositalar yordamida) bilishga harakat qiladi. Unda bu strukturalarni 
tushunishga nisbatan qarama-qarshi falsafiy nuqtayi nazarlardan kelib 
chiqqan ikki xil yondashuv rivojlanadi. 
Substansional yoʻnalishda makon va vaqt materiya va ongga bogʻliq 
boʻlmagan mustaqil mohiyatlar
sifatida qaralgan. Substansional konsepsiya 
asoschilari Demokrit (makon muammosi boʻyicha) va Platon (vaqtga 
nisbatan yondashuvlarda) makon va vaqtni materiyaga ham, bir-biriga ham 
bogʻliq boʻlmagan mustaqil mohiyatlar sifatida talqin qilganlar. Demokrit 
atomlar harakatlanuvchi boʻshliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni 
ilgari surgan. Uning fikricha, boʻshliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan 
mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy deb tasavvur 
qilgan va uni boʻshliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va 
harakatsiz, vaqt esa bir tekis oqadi deb hisoblangan. Demokrit, Epikur va 
Lukretsiy Kar ta‘limotiga koʻra, makon obyektiv, bir xil va cheksiz. U 
atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish 
mumkin – u oʻtmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof 
davomlilikdan iborat. Vaqt - voqealar yuz beruvchi joy.
Qadimgi yunon faylasuflari materiya, harakat, makon va vaqtni 
mustaqil substansiyalarga ajratuvchi bu gʻoyalar keyinchalik Nyuton klassik 
mexanikasida rivojlantirildi. 


198 
XVIII–XIX asrlarda substansional konsepsiya – mutlaq makon va vaqt 
konsepsiyasi falsafa va tabiatshunoslikda etakchilik qildi. Bu oʻz mohiyatiga 
koʻra metafizik konsepsiya edi, chunki u harakatlanuvchi materiya, makon va 
vaqtning aloqadorligini e‘tiborga olmas edi. Mazkur konsepsiyaga koʻra, 
materiyadan tashqa‘rida sof makon yoki moddiy jarayonlar bilan mutlaqo 
bogʻliq boʻlmagan vaqt mavjud boʻlishi mumkin edi. SHunga qaramay, 
makon va vaqt haqidagi bu tasavvurlar muayyan empirik asosdan xoli emas 
edi. Odatdagi tajriba va past tezliklar sohasida, makrodunyoda (makrodunyo 
esa inson yashaydigan asosiy muhitdir) makon, vaqt va harakatlanayotgan 
narsa oʻrtasida bevosita bogʻlanish kuzatilmaydi. Ob‘ekt muayyan joydan 
uzoqlashishi mumkin, lekin buning natijasida makon oʻzgarmaydi va 
yoʻqolmaydi. Vaqt ham shunday tushuniladi, u obyektlarga bogʻliq emas. 
Shuning uchun ham bunday yondashuvlar saqlanib qolgan, ayniqsa, 
tabiatshunoslik mikrodunyoni oʻrganishga hali yaqinlashmagan sharoitda 
keng tarqalgan.
Ammo F.Gegel bunday yondashuvlarni qat‘iy inkor etgan. U makon 
mustaqil boʻlishi mumkin emasligini qayd etgan, vaqt haqida esa shunday 
degan: «...hamma narsa vaqtda yuzaga kelmaydi va yuz bermaydi, balki 
vaqtning oʻzi shu shakllanish, yuzaga kelish va yuz berishdir»
1
. Bu 
e‘tirozlarida F.Gegel haq edi. Umuman, Gegel oʻzining obyektiv idealizmida 
makon va vaqtga e‘tibor qaratmagan, chunki u vaqtdan tashqari, boqiy, «sof 
mantiqiy» xususiyatga ega boʻlgan bilimlarning mutlaq tizimini yaratishga 
harakat qilgan.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish