Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Relyasion (lot. relativus – nisbiy) yoʻnalish makon va vaqtni mustaqil 
mohiyatlar sifatida emas, balki real dunyo obyektlari va jarayonlari 
oʻrtasidagi 
alohida 
munosabatlar 
sifatida 
tushunish 
bilan 
bogʻlanadi
.Makonning Demokrit taklif qilgan yondashuvga zid, relyasion 
konsepsiya Aristotel tomonidan ta‘riflangan. Aristotel boʻshliqning 
mavjudligini inkor etadi. Uningcha, makon bir xil emas va cheklidir, u 
moddiy jismlar egallovchi tabiiy oʻrinlar tizimidir. «Vaqt nima?», degan 
savolga javob berar ekan, Aristotel shunday mulohaza yuritadi: harakatda 
ham, vaqtda ham doim muayyan «oldin» va undan farq qiluvchi «keyin» 
mavjud. Aynan harakat tufayli biz har xil, oʻzaro mos kelmaydigan «hozir»ni 
farqlaymiz. Vaqt shu «hozir»ning ketma-ketligi, ularning almashuvi, sanogʻi, 
hisobi, «oldingi va keyingiga bogʻlangan harakatlar soni»dir. Aristotelda 
makon harakatsiz yulduzlar sohasi bilan cheklangan, ularning ortida – makon 
va vaqtdan tashqa‘rida yotuvchi va hamma narsani harakatga keltiruvchi 
boqiy, harakatsiz, ilohiy osmon joylashgan. Aristotelning makon va vaqtga 
talqiniga nisbatan yondashuviga oʻxshash tasavvurlar yangi davrda 
1
Гегель Г. Наука логика. - М.: 1970. - С.79. 


199 
G.Leybnits va R.Dekart tomonidan rivojlantirildi. Uningcha, borliqning 
mustaqil asoslari sifatidagi boʻshliq ham, sof davomlilik ham mavjud emas.
Makon narsalarning koʻlamini, oʻzaro joylashish tartibini, uzlukli yoki 
uzluksizligini ifodalasa, vaqt hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning 
davomiyligini ifodalaydi
.
Ob‘ektlarning koʻlamliligi va jarayonlarning 
davomiyligi birlamchi xossalar emas, ular tortilish va itarilish kuchlari, ichki 
va tashqi oʻzaro ta‘sirlar, harakat va oʻzgarish bilan belgilanadi. Mazkur 
nuqtayi nazardan koʻrsatilgan munosabatlar doirasidan tashqa‘rida makon va 
vaqt mavjud boʻlmaydi. Bu yoʻnalishning atoqli namoyandasi G.Leybnitsdir 
(1646–1716).
Oʻrta asrlar falsafasida makon va vaqtga obyektiv idealizm nuqtayi 
nazaridan yondashuv boʻlib unga koʻra faqat Xudo makon va vaqtdan 
tashqa‘rida deb fikrlanadi.
Mazkur nuqtayi nazarning shakllanishiga Avliyo 
Avgustin (354–430) salmoqli hissa qoʻshgan. Idealistik qarashlar makon va 
vaqtning obyektivligini rad etish va ular ongning turli shakllariga qaramligini 
tan olish bilan bogʻliq. Masalan, subyektiv idealizm vakillari (Berkli, Yum, 
Max va boshqalar) makon va vaqtga individual ong shakllari sifatida 
yondashadi. Xususan, D.YUm uchun ular faqat idrokda mavjuddir. I.Kant 
ham makon va vaqtga subyektiv deb qaraydi, ammo ularni aprior, ya‘ni 
insonga tajribaga qadar berilgan hissiy mushohada shakllari sifatida 
tushunadi. I.Kant makon va vaqtni inson hissiyoti shakli – kuzatish shakli 
sifatida talqin qiladi. Unga koʻra, aynan dunyoni bilishga harakat qilayotgan 
subyekt oʻziga berilgan dunyoning muayyan makon va vaqtdagi shakl-
shamoyilini yaratadi... 
Sub‘ektiv-idealistik yondashuv uchun makon va vaqt – tasavvurlarning 
joylashuv usuli, binobarin, ular oʻz kelib chiqishining psixologik manbaiga 
ega

Berklidan Maxga qadar makon va vaqt - sezgilarning tartibga solingan 
qatorlari shakllaridir, degan yondashuv amal qildi.
Ingliz faylasufi Pirson 
fikriga koʻra, makon va vaqt amalda mavjud emas, ular narsalarni idrok 
etishning subyektiv usuli, xolos. Makon – narsalarni idrok etish tartibi yoki 
kategoriyasi 
boʻlsa, 
vaqt 
voqealarni 
idrok 
etish 
kategoriyasidir. 
A.A.Bogdanov makon va vaqtni tashkil etuvchi va uygʻunlashtiruvchi inson 
tafakkuri mahsuli deb hisoblaydi. 
Makon va vaqt tabiati haqidagi metafizik yondashuvlarni rad etuvchi 
tabiiy ilmiy dalillar XIX asr oxirida fizikada elektromagnit nazariyasi yuzaga 
kelishi bilan shakllana boshladi.
Uning rivojlanishi faylasuflarni boʻshliq 
haqidagi tasavvurlardan voz kechishga majbur qildi. Dastlab u ―efir‖ 
toʻgʻrisidagi gʻoya bilan almashtirildi. Efir hamma joyda toʻliq, lekin mutlaq 
va hech narsaga bogʻliq boʻlmagan makonning shakli vazifasini bajargan. 
Keyinchalik bu tasavvurlardan ham voz kechildi.
Makon va vaqtni mutlaqo mustaqil atributlar sifatida qayd etuvchi 
metafizik substansional konsepsiya XIX-XX asrlarda fanning rivojlanish 


200 
jarayonida oʻz ahamiyatini butunlay yoʻqotdi.
Lobachevskiy makon va 
vaqtning evklid geometriyasi tavsiflamagan xossalari mavjud, degan 
taxminni ilgari surdi. Bu taxmin absolyut makon konsepsiyasini inkor etadi, 
chunki makon faqat geometrik tavsiflanishi lozim edi. 
Asosiy gʻoyalari 
A.Eynshteyn 
tomonidan 
1905-yilda 
ta‘riflangan xususiy nisbiylik 
nazariyasida makon va vaqtning geometrik xossalari ularda gravitatsion 
massalarning taqsimlanishiga bogʻliq ekanligi aniqlandi. Uning fikricha 
ogʻir obyektlar yaqinida makon va vaqtning geometrik xossalari evklid 
geometriyasi tamoyillaridan uzoqlasha boshlaydi, vaqtning oʻtish surati esa 
susa‘yadi.
A.Eynshteyn (1916-yilda) oʻzining umumiy nisbiylik nazariyasi 
bilan nafaqat makon va vaqtning substansional konsepsiyasiga, balki makon 
va vaqt mohiyatining subyektivistik aprioristik talqinlariga ham qaqshatqich 
zarba berdi. U makon va vaqt xossalari moddiy tizimlar harakati va oʻzaro 
ta‘siriga bogʻliq ekanligini koʻrsatib berdi. A.Eynshteyn oʻz nazariyasining 
mohiyatini tushuntirar ekan, shunday deb qayd etdi: «Ilgari qandaydir 
moʻjiza yuz berib, barcha moddiy narsalar birdan yoʻq boʻlib qolsa, makon va 
vaqt qoladi, deb hisoblashgan. Nisbiylik nazariyasiga koʻra esa, bu holda 
narsalar bilan birga makon va vaqt ham yoʻq boʻlib ketgan boʻladi»
1
.
Hozirgi zamon tabiatshunosligi va falsafiy xulosalar nuqtayi nazaridan 
obyektiv borliq makon, vaqt, harakat hamda modda va maydon turlari oʻzaro 
ta‘sirining uzviy aloqasidan iborat
. Hozirgi olimlar yagona va obyektiv 
makon va vaqt kontinuumi toʻgʻrisida soʻz yuritishni ma‘qul koʻradilar. 
Makon va vaqt moddiy jismlar mavjudligining oʻzaro bogʻlangan shakllari 
sifatida tushuniladi. 
Makon – materiya borligʻining koʻlamlilik, tarkibiylik 
kabi xossalari va uning oʻzaro ta‘sirlarini ifoda‘lovchi shakli. Vaqt – 
materiya borligʻining barcha obyektlar mavjudligining davomiyligini va 
keyingi holat oʻzgarishlarini tavsiflovchi shakli.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish