Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Makonning koʻp oʻlchovliligi.
Nisbiylik nazariyasini rivojlantiruvchi 
va kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion oʻzaro ta‘sirlarga nisbatan 
yaxlit yondashuvchi hozirgi tabiiy-ilmiy konsepsiyalar makonning uch 
oʻlchovliligi va vaqtning bir oʻlchovliligi (u oʻtmishdan kelajakka qarab 
oqishi)ni moddiy jismlar borligʻining ehtimol tutilgan hollaridan biri sifatida 
talqin qiladi va bizning Metagalaktikamiz bilan bir qatorda oʻzga dunyolar 
ham mavjudligini faraz qilib, makon va vaqtning koʻp oʻlchovliligi gʻoyasini 
ilgari suradi. 
Boshqa olamlarda makon va vaqt butunlay oʻzgacha tuzilish, 
koʻlamlilik va shakllarga ega boʻlishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Makon va vaqt koʻrsatkichlari nafaqat mikro, makro va megadunyo 
darajasida, balki jonli tabiat, ijtimoiy borliq darajasida ham oʻziga xos 
xususiyatlarga egadir.
Erda hayot paydo boʻlishi bilan goʻyo jonsiz tabiat makon va vaqti 
doirasida joylashgan alohida, biologik makon va vaqt oʻlchovi yuzaga keladi. 
SHu munosabat bilan jonli va jonsiz tabiatdagi simmetriklik muammosi 


202 
hayotni oʻrganish bilan shugʻullanuvchi olimlar e‘tiborini oʻziga tortdi. Jonli 
organizmlar simmetriyasi va asimmetriyasi hodisalarini L.Paster, I.Kant, 
V.I.Vernadskiy va boshqalar oʻrgandi. Ular jonsiz tabiatga xos boʻlmagan 
asimmetriya molekulyar darajada atomlar guruhlarida «soʻl» va «chap» 
qanotlar koʻrinishida namoyon boʻlishi, organizmlar darajasida esa ularning 
tuzilishi va dinamikasida aks etishini aniqladilar.
Makon va vaqtning metrik xossalari

Metrik xossalarga makon va 
vaqtning koʻlamlilik hamda davomlilik kabi miqdor koʻrsatkichlari 
kiradi.Koʻlamlilik joy va oʻrinning mavjudligini nazarda tutadi. Joy – makon 
chegarasi va u qamrab oluvchi muayyan hajmning birligi. Oʻrin – bir 
joyning boshqa joylarga nisbatan koordinatsiyasi. Joy va oʻrin makon 
tuzilishini belgilaydi.
SHunday qilib, biz makon tuzilishi haqida soʻz 
yuritganda uning joy va oʻrnini tavsiflashimiz shart. 
Da‘vomlilik va lahza 
vaqtning asosiy metrik koʻrsatkichlari
hisoblanadi. Lahza – davomlilikning 
boshqa parchalab boʻlmaydigan atomi, davomlilik kvanti. Da‘vomlilikning 
oʻzi bunda muayyan chegaraga solingan lahzalar majmui sifatida tushuniladi. 
Muayyan obyekt mavjudligining dastlabki va pirovard lahzalari ana shunday 
chegara sifatida amal qiladi. Da‘vomlilik – obyekt mavjudligining 
davomiyligi va saqlanishidir. 
Da‘vomlilik voqea-hodisalarning ayni bir 
vaqtda yuz berishi – sinxroniya yoki ketma-ketlik – diaxroniya munosabatlari 
bilan tavsiflanishi mumkin.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish