Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Makon va vaqtning dinamik va statik konsepsiyalari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Makon va vaqtning dinamik va statik konsepsiyalari.
Dinamik 
konsepsiya vaqt jarayonlarining, shu jumladan vaqt oqimining obyektiv 
borligʻini, ya‘ni oʻtmish, hozir va kelajak voqealari oʻrtasida real fizik 
farqlar mavjudligini tan oladi. 
Aynii vaqtda, mazkur konsepsiya nuqtayi nazaridan, haqiqiy borliqqa 
hozirgi vaqt voqealarigina ega boʻladi. Oʻtmish xotiralarda mavjud, kelajak 
voqealari amalda roʻy beradimi, yoʻqmi - noma‘lum. Faqat hozirgi vaqtda 
ehtimol tutilgan voqealar oʻtmishdagi sabablar asosida real borliqqa aylanishi 
mumkin. Soʻngra ular ham oʻz davrida muayyan iz qoldirib, oʻtmishga 
aylanadi. 
Vaqt tartibi va yoʻnalishini tushunib etishning ikkinchi statik 
konsepsiyasi 

obyektiv vaqt jarayonlari mavjudligini inkor etmagan holda, 
vaqtning oʻtmish, hozir va kelajakka boʻlinishini rad etadi
. Unda «oldin – 
keyin» vaqt nisbati obyektiv deb e‘tirof etiladi. Ushbu konsepsiya tarafdorlari 
B.Rassel va T.Gold fikriga koʻra, kuzatish e‘tibordan soqit etilsa, dunyoda 
har qanday holat yuz berishi mumkin. Gʻarb falsafiy adabiyotlarida bu 
konsepsiya «Sovib qolgan olam konsepsiyasi» deb ataladi.
Ammo statik konsepsiyadagi vaqtning harakati va oqimi subyekt – 
kuzatuvchiga bogʻliqligi haqidagi asosiy tezisiga qoʻsxilish qiyin. Koʻpgina 
jarayonlar kuzatuvchidan qat‘iy nazar mavjud boʻladi va yuz beradi. Eng 
katta muammo – hozirgi vaqtni qanday tushunish mumkinligida. 
Inson uchun 
eng qimmatli narsa vaqtdir
. Xohish va harakat boʻlsa, hamma narsani topish 
yoki qoʻlga kiritish mumkin, lekin oʻtgan vaqtni orqaga qaytarib boʻlmaydi. 
Ijtimoiy vaqt.
Hozir «Ijtimoiy vaqt mavjudmi» degan masala bahsli 
emas. Muammo uning mazmunida qanday ustuvorliklar va konstantalar 
mavjudligida. 
Ijtimoiy vaqt individ vaqti va avlod vaqtiga boʻlinadi. U 
kishilik jamiyatining oʻzgaruvchan informatsion sigʻimiga bogʻliq.
Falsafiy 
adabiyotlarda vaqt jarayonlariga makon xossalarining kirishi, ya‘ni 
ijtimoiy 
vaqt uzunligi – hayot sikllari bosqichlarining ketma-ketligi sifatida, kengligi 
– faoliyat turlarining miqdoriy rang-barangligi sifatida, chuqurligi – 
individning oʻzi ishtirok etayotgan faoliyat turlaridagi faollik darajasi 
sifatida koʻrsatilishi bilan bogʻliq fikrlarga ham duch kelish mumkin
. Makon 
va vaqt bogʻlanishi hamma joyda har xil boʻlgan «mahalliy vaqt» 
tushunchasida yorqin namoyon boʻladi.


204 
Bularning hammasi makon, vaqt va materiya jarayonlari oʻzaro bogʻliq 
ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Nazariy jihatdan esa, makon va vaqt 
munosabatlarining relyasion va dinamik konsepsiyalari rivojlanishining 
ahamiyatini yanada oshiradi, bu borada tadqiqotlar olib borish zaruratini 
namoyon qiladi. 
Ijtimoiy vaqt ham oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, u, biologik va 
planetar-kosmik vaqtdan farqli oʻlaroq, notekis oqadi. 
Ijtimoiy vaqtning yana 
bir jihati bu subyektiv, ichki vaqtdir. Sub‘ektiv vaqt borliq vaqti emas, balki 
ong vaqti hisoblanadi. Ammo oʻz tabiati va mohiyatiga koʻra bu ijtimoiy 
fenomendir
1
. Sub‘ektiv vaqtni psixologlar bilan bir qatorda san‘atshunoslar 
va estetika mutaxassislari ham keng oʻrganganlar
2
.
Ijtimoiy hayot tabiiy hayotning davomi hisoblanadi. Odamlar 
tugʻiladilar, yashaydilar, oʻladilar, nasl qoldirish yoʻli bilan oʻz nasabini 
muttasil quvvatlaydilar. Ijtimoiy darajada «individ – avlod – nasab» 
uchligigina emas, balki bir strukturaviy darajadan boshqa strukturaviy 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish