334
manfaatga xizmat qiladigan va uning taraqqiyotiga yordam beradigan
axborotlarni tanlab tahlil qilib foydalansalar, ularning ma‘naviyat va
tafakkuri oʻsib, axborot iste‘moli madaniyatga ega yoshlar salbiy va noxolis
ta‘sirga tushib qolmaydilar.
Globallashuv natijasida migratsiya jarayonlarining faollashayotganligi
ham sezilmoqda. Bu jarayon keltirib chiqarayotgan ayrim salbiy oqibatlar
jumladan, transmilliy jinoyatlar (xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, xalqaro
narkobiznes, odam savdosi va boshqalar) ning koʻpayishi kuzatilmoqda.
Xalqaro globallashuv insoniyat, mamlakat hayotining borgan sari yangi-
yangi sohalarni egallab, uning natijasida hozirgi davrga qadar boʻlgan
xalqaro tartibot, madaniyatlar, qadriyatlar yangi ma‘no va mazmun bilan
toʻlib bormoqda. ayniiqsa, inson qadriga ham oʻz ta‘sirini kuchli
oʻtkazmoqda. Noqonuniy migratsiya oqibati sifatida mavjud boʻlayotgan
―odam savdosi‖dek holat dunyo jamoatchiligini tashvishga solmoqda.
Jahon amaliyoti koʻrsatib turganidek, xalqaro globallashuv oʻtish
davrida turgan davlatlardagi demokratiyalashuv jarayonlariga birdek ijobiy
ta‘sir koʻrsatmayapti. Aksincha, globallashuv ayrim jamiyatlarda
demokratiyalashuv jarayonlirini murakkablashtirmoqda. Bundan tashqari, har
bir jamiyat amaliyotidagi demokratiyalashuv jarayonlariga ta‘sir qiluvchi
tashqi omillar soni ham tobora ortayapti. Demokratiyalashuv jarayonlarining
milliy mamlakat doirasidagi barqarorligi ichki omillar bilan bir qatorda tashqi
omillarga ham bogʻliq boʻlib, koʻpgina mamlakatlarda kuzatilganidek,
jamiyat a‘zolarining ma‘sullik hissi pasa‘ymoqda. Chunki globallashuv
tufayli roʻy beruvchi oʻta kuchli integratsiya jarayonlari: iqtisodiy hamda
axborot almashish sohlalardagi chuqur integratsiyalashuv ma‘lum darajada
va obyektiv ravishda milliy davlatlar rolini chegaralab qoʻyadi. Buni
integratsiyalashuv natijasida vujudga keluvchi xalqaro tashkilotlarning ba‘zi
hollarda milliy davlatlar taraqqiyotining yoʻnalishlariga ta‘sir oʻtkazishga
harakat
qilayotganliklaridan
koʻrish
mumkin.
Qadriyatlar
tizimiga
globallashuvning ta‘sir etish muammosiga nazar soladigan boʻlsak, bunga
asosiy sabab, jadal oʻzgarib borayotgan fan va texnologiya, san‘at, axloq,
turmush tarzi ekanligini sezamiz. Bunday oʻzgarishlar kishilarning
qulaylikka, moda va zamonaviylikka intilishida, uning oqibatida esa kundalik
turmush tarzining transformatsiyasida yaqqol koʻzga tashlanadi. Koʻplab
tadqiqotchilarning fikriga koʻra, globallashuv jarayonlari tufayli kelib
chiqayotgan muammolar koʻpchiligi rivojlangan mamlakatlardagi manfaatli
intilishlar bilan bogʻliq.
Do'stlaringiz bilan baham: