Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, 
korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati. 
2017 yil 4 yanvardan 
Oʻzbekiston Respublikasining ―Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida‖gi 
qonuni kuchga kirgani korrupsiyaga barham berish uchun barcha asoslarni 
yaratib berdi. Mazkur qonun ijrosi toʻliq va samarali ta‘minlanishi uchun 
2017 yil 2 fevralda davlatimiz rahbarining "Korrupsiyaga qarshi kurashish 
toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga 
oshirish 
chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida"gi 
qarori 
qabul 
qilindi.
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish oʻta 
dolzarb masala boʻlib, garchi uni bajarish doirasida ma‘sul idoralar 
belgilangan boʻlsa-da, uning toʻlaqonli roʻyobga chiqishi uchun har bir 
fuqaro oʻzida ma‘suliyat his etsa, qoʻyilgan maqsad va muddaolar yechimi 
paydo boʻladi. Har birimiz qaerda, qanday muammoga duch kelsak, uning 
hal etilishida ma‘sul shaxslarning ma‘suliyatsizligi yoki ta‘magirligiga guvoh 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси 
205 — 214

236

238

243-моддалари

2
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2008 й., 28-сон, 260-модда 


347 
boʻlganda sharoitga boʻysunish, indamay ketaverish yoxud chidash oʻrniga 
bong 
urishimiz 
kerak. 
Ma‘suliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan 
murosasizlikni oʻzimizdan boshlashimiz darkor. SHunda mudrayotgan 
mansabdor uygʻonadi, zimmasida qanday ma‘suliyat borligini his etadi.
"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonunda bizning bu boradagi 
huquqlarimiz kafolatlangan. Qonunga koʻra, jismoniy va yuridik 
shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarlik faktlariga doir murojaatlari 
toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqiladi. Korrupsiyaga oid 
huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi 
ta‘minlanadi. Davlatimiz rahbarining "Korrupsiyaga qarshi kurashish 
toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga 
oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori asosida "2017-2018 yillarga 
moʻljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi" 
tasdiqlandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo 
komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya korrupsiyaga qarshi kurashish 
sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi 
hamda amalga oshirilishini tashkil etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish 
boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar 
hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorligini 
ta‘minlaydi. Axolining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, 
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir 
chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi. 
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, 
ularga chek qoʻyishga, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar 
va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi 
oshirilishini ta‘minlaydi.
Komissiya korrupsiya‘ning holati va tendensiyalari toʻgʻrisidagi 
axborotni yigʻadi va tahlil etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 
chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. 
Ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning 
samaradorligini baholash, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun 
hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan 
takliflar tayyorlaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy 
idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini amalga 
oshiradi. Bu vazifalar tegishli idoralar va ma‘sul shaxslar tomonidan izchil 
ta‘minlanadi. Zero, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika 
idoralararo komissiyasining oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha 
qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat 
birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish