Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Sizningcha, jamiyat taraqqiyotini oldindan koʻra bilishning mohiyati 
nimadan iborat ? 
2. Hozirgi davr tarixiy jarayonining oʻziga xos xususiyatlari va ularning 
namoyon boʻlish shakllari haqida oʻz fikr-mulohazalaringizni Qisqacha 
bayon eting. 
3. Hozirgi zamon umumbashariy muammolari, ularni hal etish yoʻllari 
va istiqbollari qanday ? 
4. Inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi haqida nimalar 
deya olasiz ? 


360 
10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha 
tafakkur shakli sifatida 
Kelib chiqishiga koʻra arabcha boʻlgan ―mantiq‖ (grekcha logos) 
ata‘masi «fikr», «soʻz», «aql», «qonuniyat», ―ta‘limot‖ kabi ma‘nolarga ega. 
Biz koʻrib chiqayotgan munosabatda u tafakkur shakllari va qonunlari 
toʻgʻrisidagi ta‘limotni ifodalaydi hamda falsafaning gnoseologiya, 
metodologiya boʻlimlari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan qismini tashkil etadi. 
«Mantiq» soʻzi ilk bor Demokritning «Mantiq haqida yoki Kanon»
1
asarida ishlatgan. Lekin bu terminning doimiy qoʻllanishi ellin faylasuftlari, 
platonchilar, peripatetiklar va ayniqsa, stoiklar ijodi bilan bogʻliq. Stoiklar 
grammatikani (sintaksisni) va falsafiy mushohada tilini mantiqning tarkibiga 
kiritdilar hamda ritorika va dialektikani mantiq bilan uzviy bogʻliq ilm turlari 
sifatida ajratdilar. Xususan, «Ritorika deb – yaxshi muhokama qilishni, 
dialektika deb esa, savol-javoblar orqali vujudga keladigan tortishuvlar 
qoidalari haqidagi fanni tushundilar»
2

Mantiq ilmining oʻrganish obyektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» 
ham 
arabcha 
soʻz 
boʻlib, 
oʻzbek 
tilida«aqliy 
mushohada», 
«fikrlash»soʻzlarining sinonimi sifatida qoʻllaniladi. Tafakkur bilishning 
samarali vositasidir. Tafakkurningmantiq tadqiqot obyekti va predmeti 
sifatidagi oʻziga xosligi uning bir qancha muhim xususiyatlarida yaxshi 
namoyon boʻladi: 
1Tafakkurda voqelik abstraktlashgan va umumlashgan holda in‘ikos 
qilinadi. Hissiy bilishdan farqli oʻlaroq, tafakkur bizga predmetning 
nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan 
belgilanadi)belgilaridanabstraktlashgan(fikran chetlashgan, mavhumlashgan) 
holda, uni umumiy, muhim, turgʻun xususiyatlari, munosabatlari orqali 
bilishimiz, tavsiflashimizga imkon beradi. Masalan, turli kishilarga xos 
individual belgilarni (xulq-atvori, qiziqishi va shu kabilarni) e‘tibordan 
chetda qoldirib,ularning inson sifatida mavjud boʻlishi uchun zarur, muhim, 
umumiy belgilarini, xususan, ongga egaligi, ijtimoiy munosabatlarga 
kirishishi, maqsadga muvofiq holda faoliyat yuritishi kabi xislatlarini fikran 
ajratib olib, «inson» tushunchasini hosil qilamiz.Umumiy belgilarni aniqlash 
predmetlar oʻrtasidagi munosabatlarni, bogʻlanish usullarini oʻrnatishni 
taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida oʻxshash va muhim 
belgilariga koʻra muayyan mantiqiy sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa 
ularni harakterlaydigan qonuniyatlarni bilish, mohiyatini tushunish
imkoniyati tugʻiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida 
1
Sext, Emp. Adv. Math. VII. 16.
2
Луканин Р. К. Органон Аристотеля. –М.: Наука, 1984. –С. 5.


361 
barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular oʻrtasidagi muhim 
bogʻlanishlar(masalan, ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi. 
2. Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita aks ettira oladi 
ham. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, 
mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinishi mumkin. Fikrlash bunda 
predmet va hodisalar oʻrtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning 
xulq-atvoriga qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr 
yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati,ayniqsa, xulosaviy fikr 
hosil qilishda aniq namoyon boʻladi. 
3. Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni 
borliqda real ana‘logiga ega boʻlmagan narsalar – yuqori darajada 
ideallashgan obyektlar (masalan, absolyut qattiq jism, ideal gaz), ularning 
modellarini yaratish, turli xil formal sxemalar, sistemalarni qurish bilan 
kechadi. Ular orqali predmetning tajribada namoyon boʻlmaydigan, lekin 
uing tabiatini belgilaydigan xususiyatlarining mavjudligi taxmin qilinadi, ular 
vositasida prredmetning tajribada kuzatiladigan holatidan farq qiladigan 
ideallashgan bekti yaratiladi va mushohada qilinadi, 
shu tariqa uning muhim xosssalarini, ichki zaruriy aloqalarini, qonuniy 
bogʻlanishlarini oʻrganish,predmet mohiyatini aniqlash, hodisalarni oldindan 
koʻrish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi. 
4. Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U 
faqat tilda – moddiy hodisada (tovush toʻlqinlari, grafik chiziqlar, alfavitlarga 
asoslangan til ifodalari, turli simvollarda) reallashadi, boshqa kishilar 
bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va shu tariqa 
odamlarning oʻzaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, 
til fikrning bevosita voqe boʻlish shaklidir. 
Predmetning asl tabiati, mohiyatini tushuntirish uchun aqlning faol 
ishtiroki, yuqori darajada abstraktlashgan tafakkurning kuchi talab etiladi. Bu 
nazariy bilish bosqichiga oʻtish, bilish predmetinig tabiatini belgilovchi 
muhim xususiyatlari, ular asosida yaratiladigan ideallashgan obrazlari, 
modellari toʻgʻrisida mulohazalar hosil qilish, ularni isbotlash orqali sodir 
boʻladi. Nazariy tafakkurda predmetlar turli mantiqiy sinflarga birlashtiriladi, 
ular turli xil holatlarida olib oʻrganiladi, natijalari izchil va asosli tarzda 
bayon qilinadi. 
SHunday qilib, predmet mohiyatini aniqlash unga xos qonuniyatlarni 
oʻrnatish, ularni muayyan mamtiqiy shakllar, nazariy konstruktlarda bayon 
qilishni talab etadi. Buning chun esa mantiq qonunlarini oʻrganish, toʻgʻri 
fikrlash qoidalarini yaratish zarur. Bu mantiqning maqsadi, asosiy vazifasini 
tashkil etadi. Mazkur holat aqliy mushohada qoidalarini yaratishga boʻlgan 
qiziqishning ortishiga, mantiq ilmining shakllanishiga turtki bergan. Bu 
oʻrinda Aristote ―Organon‖i, Farobiyning mantiqqa oid asarlari, Ibn Sinoning 
―Donishnoma‖si, Bekonning ―YAngi Organon‖i, Dekartning ―Aqlni 


362 
boshqarish uchun qoidalar‖, Lokkning ―Inson aqli toʻgʻrisida tajriba‖, 
Leybnitsning ―Inson aqli toʻgʻrisida yangi tajribalar‖ kitoblarining mantiq 
muammolarini oʻrganish yoʻlida yaratilganligini alohida aytib oʻtish kerak. 
Mantiq fanining asosiy masalalarini ishlab chiqqan, tayanch 
tushunchalari va prinsiplarini yaratgan, ularni yaxlit fan, ta‘limot shakliga 
keltirgan va haqli ravishda shu fan asoschisi,deb ataladigan mutafakkir 
qadimgi grek faylasufi Aristoteldir. U mantiqni sillogistik xulosa chiqarishni 
tahlil etuvchi san‘at hisoblab, uni analitika deb atagan va ―Analitikalar‖ 
asarida asosiy tushuncha, usul va qoidalarini bayon qilgan. 
Aristotelning sillogistik ta‘limoti ilk oʻrta asrlarda YAqin va Oʻrta 
Sharq mutafakkirlari tomonidan chuqur oʻrganilgan. 
Mantiq ilmi ayniqsa, IX-XI asrlarda Markaziy Osiyoda mashhur 
mutafakkirlar Al-Farobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Nasriddin 
Tusi, Da‘voniy, Jurjoniy va boshqalarning asarlarida rivojlantirilgan. Ular 
Aristotelning mantiqiy ta‘limotini tiklabgina qolmay, undagi asosiy 
tamoyillarga taya‘nib, oʻzlari mustaqil ta‘limot yaratishga harakat qilganlar. 
Markaziy Osiyo allomalari mantiqqa oid tadqiqotlarini tushuncha va 
Mulohazaning tabiatini aniqlashdan boshlaydilar. CHunki bilimlar, qaysi 
sohaga taalluqli boʻlishidan qat‘iy nazar, tushuncha va mulohaza shaklida 
ifodalangan boʻlib, mantiqiy xulosa chiqarish bilan uzviy bogʻliq holda 
shakllanadi. 
Abu Nasr Farobiy oʻz ijodida mantiq muammolarini tadqiq qilishga 
katta ahamiyat bergan. U Aristotelning mantiqqa oid barcha asarlariga keng 
sharhlab beribgina qolmay, balki unda qoʻyilgan muammolarni chuqur 
oʻrgandi, ularni yangi fikrlar bilan boyitdi va barcha boʻlimlarini sinchiklab 
tavsiflab berdi. U xulosa chiqarish nazariyasini tadqiq qilishga, xususan, 
sillogizmga yangi bilimlar olishning eng ishonchli vositasi va isbotlash shakli 
sifatida alohida e‘tibor berdi. 
Farobiy ―Mantiqqa kirish‖ risolasida, ―mantiq ilmi xatoga yoʻl qoʻyish 
ehtimoli mavjud boʻlgan holda tafakkurning toʻgʻri kechishini koʻzlab, aqlni 
toʻgʻirlab turadi‖
1
, deb yozadi. Uning fikricha, ―mantiq aqlni toʻgʻri 
tafakkurga eltadigan narsalarni oʻzida mujassamlashtirgan san‘atdir‖
2
. Aqliy 
mushohada bilishning asosiy quroli, toʻgʻri tafakkur, ya‘ni fikrni toʻgʻri 
qurish esa haqiqatga erishishning zaruriy sharti boʻlganligi uchun mantiq 
bilimlar tizimida alohida oʻrin tutadi. Farobiyning ta‘kidlashicha, barcha 
ilmlar aqliy mushohada yoʻli bilan hosil qilinishi sababli, fanlarning orasida 
birinchisi til haqidagi fan boʻladi; u narsalarga, ya‘ni substansiya va 
aksidensiyalarga (predmet va uning xossalari, munosabatlariga – M.SH.) 
nom beradi. Ikkinchi fan grammatika boʻlib, u predmetlarga berilgan 
1
Аль-Фараби. Вводный трактат в логику // Естественно- научные трактаты. – Алма-Ата, «Наука» Казахской 
ССР, 1987. – с.435. 
2
Шу жойда, С. 435 


363 
nomlarni qanday qilib tartibga solish, nutq va gaplarni tuzishni oʻrgatadi. 
―Uchinchi fan – bu mantiq; uning qanday qilib darak gaplarni mantiqiy 
figuralarga mos ravishda joylashtirganda ulardan toʻgʻri xulosalar chiqarishni 
oʻrgatishi natijasida biz bilib olinmagan narsalarni bilamiz va nimaning chin, 
nimaning xato ekanligi toʻgʻrisida fikr bildiramiz‖ 
1
. Bu fanlar, Farobiy 
fikricha, poetika bilan birgalikda, shu tartibda arifmetikadan avval paydo 
boʻladi va undan keyin aynan ana shu tartibda arifmetikaga ergashadi. 
Olimning ta‘kidlashicha, «mantiq san‘ati intellektning ommalashuviga 
olib keluvchi va insonni haqiqat tomon yoʻnaltiruvchi bilimlar, qonunlarni 
oʻrganadi. Bu qonunlar insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va 
adashishlardan saqlaydi. Inson bu qonunlar yordamida bilimlarini tekshirib, 
ularning chin yoki xatoligini aniqlash orqali xulosaga ega boʻladi»
2

U toʻgʻri tafakkurning asosiy tamoyillari: aniqlik, fikrlarning oʻzaro zid 
boʻlmasligi, izchilligi, har qanday xulosaning asoslangan boʻlishi va boshqa 
muhim mantiqiy masalalarni ham har tomonlama ishlab chiqdi. Aytish 
mumkinki, al-Farobiyning mantiqiy ta‘limoti YAqin va Oʻrta Sharqda, shu 
jumladan, Markaziy Osiyoda mantiq fanining rivojlanishini belgilab berdi. 
Abu Ali ibn Sino al-Farobiyning falsafa va mantiqshunoslikda boshlab 
bergan ishini rivojlantirdi. U «mantiqni barcha fanlarning muqaddimasi, 
ularni egallashning zarur sharti hamda falsafaning ajralmas qismi sifatida 
talqin etdi»
1

Ibn Sino oʻzidan juda katta, oʻrta asrda mavjud boʻlgan ilmlarning 
hamma qirralarini oʻz ichiga qamrab olgan ilmiy meros qoldirgan. Hozirgi 
kunda uning risolalari jahondagi koʻplab kutubxonalarda saqlanmoqda
3

Ibn Sino Aristotelning ayrim kamchiliklarini oʻz asarlarida tuzatishga 
uringan. Bu oʻrinda Ibn Sinoning quyidagi fikrlari diqqatga sa‘zovordir: «Biz 
uni (Aristotelni) oldingi peripatetiklar ichida eng buyuk olim deb hisob-
laymiz, chunki u oʻz doʻstlari va oʻqituvchilari bilmagan narsalarni kashf 
qildi, fanlarni tasnifladi, juda yaxshi tizimga soldi, koʻp muammolarni toʻgʻri 
hal etib, uni oʻz xalqiga xabar qildi. Aql-zakovatga murojaat etib, 
Aristotelning xatolarini tuzatish lozim edi. Ammo uning izdoshlari bu ishni 
qilmadilar, ular Aristotelning kuchli ta‘siridan chiqolmay, uning ta‘limotidagi 
toʻgʻri tomonlarini tushunishga va uning notfoʻgʻri qarashlarini koʻr-koʻrona 
qoʻllab-quvvatlashga oʻz umrlarini sarf etdilar. Biz esa, ular xohlagan, ammo 
1
Аль-Фараби. О происхождении наук // Естественно- научные трактаты. – с.435. 
2
Қаранг: Ал-Фараби. О том, что должно предшествовать изучению философии //Философские трактаты. –
Алма-Ата: Наука, 1970. –С. 8-9. 
1
Хайруллаев М. М., Хақбердиев М. Мантиқ. -Т.: Ўқитувчи, 1993. –54-б. 
3
Ибн ал-Асир. Комил и ат-Тарих. -С 170. В фонде института востоковедения АН РУз. Инв. №6280; Семенов 
А. А. Абу Али ибн Сино. Сталинабад, 1945. –С. 57; Мирзаев С. Ибн Синонинг Шарқшунослик 
институтидаги мавжуд асарлари (бибилиография произведений Ибн Сины в ИВ АН РУз). -Т., 1955; 
Вахобова Б. Рукописи произведений Ибн Сины в собрании ИВ АН РУз. -Т., 1982. 


364 
bajara olmagan ishlarni bajardik, uning ta‘limotining ayrim tomonlarini 
toʻldirdik»
1

Abu Abdulloh al-Xorazmiy (X asr) ham oʻzining «Mafotix al-ulum» 
(Ilmlar kaliti) asaridagi fanlar tasnifida mantiq ilmiga alohida oʻrin berdi. U 
mantiq masalalarini koʻrib chiqishni soʻz va iboralarning oʻzaro 
munosabatini tahlil etishdan boshlaydi. Oʻzining qomusiy asarida mantiqqa 
katta e‘tibor beradi. 
Aristotel mantiqning ehtimoliy bilimlarni tadqiq etuvchi qismini 
dialektika (gaplashish, fikr almashish) deb atagan. Buni birinchi muallimning 
YAqin va Oʻrta Sharqdagi, jumladan, Markaziy Osiyodagi izdoshlari, 
xususan nomlari yuqorida zikr etilgan mutafakkirlar ham e‘tirof etishgan.
17-asr fransuz faylasufi R.Dekart deduktiv metodni jiddiy tadqiq etishi 
bilan mantiqni rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshdi. Uning ishlab chiqqan 
aqliy bilish qoidalari hozirgacha oʻzining ilmiy qimmatini yoʻqotgan emas. 
Ular quyidagilardan iborat: 
1. Bilishda hech qanday shubhaga oʻrin qoldirmaydigan aniqlik va 
yaqqollikka erishish. 
2. Tadqiq etilayotgan predmetni tushuntirish uchun uni qancha qismga 
boʻlish talab etilsa, shuncha qismlarga boʻlish. 
3. Aqliy mushohada jarayonida oddiy narsalarni oʻrganishdan boshlab, 
asta-sekin uning murakkab tomonlarini bilishga oʻtish. 
4. Bilish jarayonida predmetning muhim jihatlarini nazardan chetta 
qoldirmaslik, uni fikrda iloji boricha toʻlaligicha qamrab olish.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish