Tafakkur shakli va tafakkur qonuni tushunchalari
Aqliy mushohada, tafakkurni mantiqda tadqiq etish (uni boshqa fanlar,
masalan psixologiya, kibernetika, falsafa kabilar ham oʻrganadi) uchun,
avvalambor,
tafakkurning
mazmuni
va
shaklini
farqlash
zarur.
Tafakkur(
Fikr) mazmuni
deganda u aks ettirayotgan predmetning muhim
belgilari (xossalari va munosabatlari) toʻgʻrisidagi axborotlar tushuniladi.
Fikrning mantiqiy shakli
yoki
tafakkur shakli
deganda esa, fikr mazmunini
hosil qiluvchi elementlar (axborotlar)ning bogʻlanish usuli tushuniladi.
Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, mulohaza (hukm) va xulosa
chiqarish shaklida mavjud. Ularni misollar yordamida koʻrib chiqamiz.
Ma‘lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (toʻplami) kishilar
tafakkurida turli xil mazmunga ega boʻlgan tushunchalarda aks etali.
Masalan, «davlat» tushunchasida oʻzining maydoniga, axolisiga, boshqaruv
vositalariga ega boʻlgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. ―Milliy gʻoya‖
tushunchasida esa millatning, xalqning kelajak bilan bogʻliq orzu-umidlari,
maqsadlari, tub manfaatlari ifoda etiladi. Mazmun jihatidan turli xil boʻlgan
bu tushunchalar mantiqiy shakliga koʻra bir xildir: har ikkalasida predmet
1
Абу Али ибн Сино туғилган кунининг 1000 йиллигига. Мақолалар тўплами. –Т.: Фан, 1980. –18-б.
365
uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. Xususan, «oʻz maydoniga
egaligi», «axolisiga egaligi,«hokimiyat tarzida mavjudligigi», «siyosiy
tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi
shuningdek, «millatning orzu-umidlari, maqsadlari, tub manfatlarini aks
ettirishi» mi lliy gʻoya‘ning muhim belgilaridir. Agar tushuncha aks
ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarini,
ya‘ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning
mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash
mumkin.
Mulohazalarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar oʻrtasidagi
munosabatlar, predmetning mavjud boʻlish yoki boʻlmaslik fakti haqidagi
fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan, «YUksak ma‘naviyat-
engilmas kuch» degan mulohazada predmet (yuksak ma‘naviyat) bilan uning
xossasi (engilmas kuch) oʻrtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquq
bilan uzviy aloqada» degan mulohazada ikkita predmet (axloq va huquq)
oʻrtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jihatdan turli xil boʻlgan bu
mulohazalar mantiqiy tuzilishiga koʻra bir xildir: ularda predmet haqidagi
tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) oʻrtasidagi
munosabat qayd etilgan, ya‘ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy
holda mulohazaning mantiqiy strukturasini (shaklini) S—R formulasi
yordamida ifoda etish mumkin.
Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga oʻxshash hollarni kuzatish
mumkin. Masalan,
―Gul – oʻsimlik‖.
―Binafsha – gul‖.
Demak, ―Binafsha – oʻsimlik‖.
yoki
―Har bir kimyoviy element oʻz atom ogʻirligiga ega‖.
―Mis – kimyoviy element‖.
Demak, ―Mis oʻz atom ogʻirligiga ega‖ kabilar.
Bu xulosa chiqarish hollari mazmuni boʻyicha turlicha boʻlishiga
qaramasdan, bir xil mantiqiy strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil
etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qilayotgan
Mulohazalarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda – «daraxt», ikkinchi
misolda – «kimyoviy element» tushunchasi) orqali bogʻlangan.
YUqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shakli fikrning konkret
mazmuni nisbatan mustaqil holda mavjud boʻlishi , demak, oʻziga xos
qonuniyatlarga egaligi ma‘lum boʻldi. Shuning uchun ham mantiqda uni
alohida oʻrganish predmeti sifatida olib qarash mumkin.
Tushuncha, mulohaza(hukm) va xulosa chiqarish tafakkurning
universal mantiqiy shakllari, uning asosiy strukturaviy elementlari
hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning oʻzaro aloqalarga
366
kirishishi natijasida vujudga keladigan bilimlarning boshqa mantiqiy
shakllari,strukturalari (masalan, muammo, gipoteza, gʻoya, nazariya va shu
kabilar)da amalga oshadi.
Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy
shartlari qatoriga fikrning chin boʻlishi va formal jihatdan toʻgʻri qurilishi
kiradi. CHin fikr oʻzi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr
hisoblanadi (masalan, «temir – metall»). Xato fikr predmetga mos
kelmaydigan fikrdir (masalan, «temir – metall emas»). Fikrning chin yoki
xato boʻlishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir.
Fikrning chin boʻlishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti boʻlsa-
da, oʻz xolicha etarli emas. Fikr muhokama yuritish jarayonida formal
jihatdan toʻgʻri qurilgan ham boʻlishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga
taalluqli boʻlib, tafakkurda hosil boʻladigan turli xil mantiqiy strukturalarda
sodir boʻladigan har xil mantiqiy amallarda oʻz aksini topadi.
Fikrni toʻgʻri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina
erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |