Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

 
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Ong, uning mohiyati va jihatlari haqida soʻzlab bering. 
2. Inson 
va 
uning 
ongi, 
ma‘naviyati 
va 
dunyoqarashini 
falsafiy tahlil qilishning ahamiyati nimadan iborat? 
3. Ongning 
kelib 
chiqishi 
va 
rivojlanishi 
haqidagi 
qarashlar toʻgʻrisida soʻzlab bering. 
4. Tafakkur 
va 
tilning 
birligi 
haqida 
nimalar 
deya 
olasiz. 
5. Sizning 
fikringizcha, 
kibernetik 
qurilmalarda 
ong 
boʻlishi mumkinmi? 
6. Yuksak ongning inson bunyodkorlik faoliyatiga ta‘siri haqida 
nimalar deya olasiz? 
7. Sharq va Gʻarb falsafasida inson masalasi tahlilidagi oʻziga xosliklar 
nimalardan iborat? 
9-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari 
 
Globallashuv – yangi falsafiy mavzu.
Ming yilligimizning oxiriga 
kelib, insoniyat tarixida dunyodagi hayotni umuman boshqa yoʻnalishga 
burib yuborgan globallashuvni guvohi boʻldik. ―Globalizatsiya‖- ―gloub 
(inglizchadan ―globe‖, ya‘ni Yer shari), ―global‖ (―global‖, ya‘ni butun 
dunyoga tegishli) va ―globallashuv‖ (―globalize‖, ya‘ni butun dunyoga 
tarqalishi) soʻzlaridan kelib chiqqan. Globallashuv ata‘masi dastlab XX 
asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir boʻlgan oʻzgarishlarni 
yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T.Levittning 1983 yilda 
―Garvard biznes revyu‖ jurnalida e‘lon qilgan maqolasida qoʻllanilgan edi. 


327 
T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman 
mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini ―globallashuv‖ deb atagan
1
.
Globallashuvning ilmiy muammo sifatida oʻrganish jarayoni esa 
Roland Robertson tomonidan 1985 yili uning jahonni yagona bir butun qilish 
maqsadiga qaratilgan obyektiv jarayonlarning majmuasi sifatida aniqlangan 
davridan boshlangan.
2
Bu tushunchaga ana shu paytdan boshlab to 
hozirgacha turlicha qarashlar davom etib kelmoqda. Globallashuv jarayoni 
axborot inqilobi, ayniqsa, internetning rivojlanishi hamda moliyaviy 
bozorlarning integratsiyalashuvi bilan uzviy bogʻliq. Bugungi kunda 
globallashuv ata‘masi shunchalik mashhur boʻlib ketganganki, uni XXI asr 
mahsuli desak mubolagʻa boʻlmaydi. SHu oʻrinda, izohlash uchun xilma-xil 
yondashuvlar, nazariyalar, paradigmalar ishlab chiqilgan boʻlib, ularning 
hammasini sharhlab quyidagi xulosaga kelish mumkin: globallashuv xalqlar, 
mamlakatlar transformatsiyasi, insoniyatning bir butunlikka integratsiyasini 
keltirib chiqaradi. SHu ma‘noda, muayyan jamiyat oʻzidan etuk deb 
hisoblagan boshqa jamiyatning mafkura, qarashlar, ilmiy-texnikaviy, 
madaniy yutuqlarni oʻzlashtirishi globallashuv ta‘siri ostida boʻladi. SHu 
borada, kimdir buni jahonning yangi tarkibi shakllanishida xalqlarning 
yaqinlashuviga, iqtisodiy farovonlikka ijobiy ta‘sir etadi, deb (K.Omae, 
P.Draker, T.Piters, S.Reysmit, S.Xantington va b.) hisoblasa, boshqalar 
(Z.Bauman, 
N.V.Zagladin, 
F.Fukuyama, 
G.P.Martin, 
X.SHuman, 
M.G.Delyagin, V.I.Dobrenkov va b.) globallashuv milliylikning yoʻqolishi, 
bir mamlakatning boshqa yirik ilmiy sa‘lohiyatga ega boʻlgan davlatlarga 
qaramligini oshiradi deb qaraydilar.
Shu asnoda nafaqat oddiy oʻquvchi, balki oʻz mustaqil mushohada-
mulohazasiga ega boʻlgan odamlarda ham globallashuv jarayoni ta‘sirida 
jahonning yangi tarkibi yoki boʻlmasa millatlarning totuvligini ta‘minlovchi 
madaniyati, ma‘naviyati qanday boʻlishi toʻgʻrisida gumon-shubhalar, 
ikkilanishlar paydo boʻlishi tabiiy.
Bir necha yillik tadqiqotlari natijasida A.CHumakov ―Globallashuv 
ijtimoiy hayotning barcha sohalarning, ma‘naviy qadriyatlar, dunyoqarash 
yoʻnalishlarini universallashuviga olib kelishi bilan birga, anʻanaviylik, 
oʻziga xoslik va madaniy xilma-xillikni saqlashni istisno qilmaydi‖
3
, - degan 
xulosaga keladi. Bunday davrda shaxs murakkab ijtimoiy muhit sharoitida 
faoliyat koʻrsatishga majburdir. 
Bundan tashqari, globallashuv masalasiga oid zamonaviy bahslar ushbu 
muammoni yanada chigallashtirib yubormoqda hamda yangi muqobil gʻoya, 
1
Умаров Б. Глобаллашув зиддиятлари. – Тошкент: Маънавият, 2006. – 8-б. 
2
Гринин Л.Е.. Глобализация и национальний суверенитет. История и современность. -М.: №1, 2005. -С. 
811. 
3
Чумаков А.Н. Глобализация. Контуры целостного мира. М., Проспект.2005.С.259 


328 
nazariyalarning paydo boʻlishiga turtki bermoqda. Jumladan, ―Fransuz olimi 
Jak Le Dyumgi quyidagi yondashuvlarni ishlab chiqadi: 
1.
Liberal yondashuv. Globallashuv faqatgina obyektiv 
jarayon 
emas, 
foydali 
fenomen 
sifatida 
iqtisodiy, 
ijtimoiy 
samaradorlikka olib keladi; 
2.
Madaniy yondashuv. Milliy madaniyatlar inqirozi tarixiy 
jamiyatlar toʻqnashuvi, ―chatishgan madaniyat‖ ning paydo boʻlishi‖
1

YUqoridagi yondashuvlardan farqli oʻlaroq Golland tadqiqotchisi 
Ya.N.Piters globallashuvni izohlashda quyidagi paradigmalar tipologiyasini 
taklif etadi. 
1.
―Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi. Turli madaniyatga mansub 
jamiyat mamlakatlarining konfrontatsiyasi; 
2.
―Makdonaldlashuv‖. Transmilliy kompaniyalar amalga 
oshirayotgan moderinizatsiya ostida (vesternizatsiya, evropeizatsiya, 
amerikanizatsiya) madaniyatlari gegemonlashuvi. 
3.
―Gibridlashuv‖. Xalqaro munosabatlar ostida umumiy, 
aralash madaniyatning paydo boʻlishi‖
2

SHunday qilib, globallashuv koʻp qirrali jarayon boʻlganligi uchun uni 
sharhlashda ancha muammolarga duch kelamiz. Buni bartaraf etish 
maqsadida jahonda globallashuv ta‘siri ostida boʻlayotgan jarayonlarni toʻliq 
va mukammal tahlil etib koʻrishga toʻgʻri keladi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish