Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Hayotning mazmuni va insonning vazifasi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Hayotning mazmuni va insonning vazifasi.
Inson hayotning 
tezoqarligini yodda tutishi, uning shomini kuzatishi, odamzot hayotining 
bebaxoligi haqida oʻylashi, oʻlim haq ekanligini unutmasligi lozimligi 
haqidagi fikrlarga biz falsafa fani shakllanish jarayonining ilk bosqichidayoq, 
Gʻarb falsafiy anʻanasida ham, Sharq falsafasida ham duch kelishimiz 
mumkin. SHundan beri oʻtgan vaqt mobaynida bu borada deyarli hech 
qanday oʻzgarish yuz bergani yoʻq, zero, avvalgidek, odamzotning hayot 
yoʻli tugʻilish va oʻlish sanalari bilan chegaralanadi. SHuningdek, birinchi 
sana doim muayyan, aniq boʻlsa, ikkinchi sana inson umrining oxirgi 
soniyalarigacha mavhum boʻlib qoladi.
aynii shu sababli hayotning mazmuni muammosi har bir inson 
qarshisida erta‘mi-kechmi koʻndalang boʻladi va u oʻziga aniq va uzil-kesil 
javob topish mumkin boʻlmagan savollarni beradi. «Bu dunyoda nima uchun 
yashayapman?», deb soʻraydi oʻzidan inson va agar bu savolga oʻzi javob 
bermasa, oʻz hayotiga muayyan mazmun baxsh etmasa, bu ishni uning 
oʻrniga hech kim va hech qachon bajarmasligini vaqt oʻtishi bilan anglay 
boshlaydi. Abadiyat qarshisida, oʻlim qarshisida har kim oxir-oqibatda oʻzi 
bilan oʻzi tanho qoladi. Albatta, jamiyatda inson oʻzini bu darajada yolgʻiz 
his etmaydi, biroq, ekzistensialistlar fikriga koʻra, bu hol toki inson 
boshqalarning ham oʻz hayoti borligi va ular ham oʻz hayotining mazmuni va 
oʻzining vazifasi haqidagi oʻta shaxsiy muammolarni mustaqil echish 
zaruriyati qarshisida turganini anglab etgunga qadar davom etadi.
Bundan ekzistensializm falsafasida yolgʻizlik muammosi kelib chiqadi. 
Aslida, mazkur muammo falsafiy antropologiyada ham inson borligʻi 
tahlilidagi bosh muammolardan biri hisoblanadi.
Hayotni tark etish bosqichlari.
Biologik mavjudot sifatida har bir 
inson oʻlimga mahkumdir. Buni qadimgi mutafakkirlar ham yaxshi 
tushungan. Xususan, oʻz muxoliflaridan birining: «Oʻttiz tiran seni oʻlimga 
hukm etdi», degan gapiga Suqrot: «Ularni esa oʻlimga tabiat hukm etgan», 
deb javob bergan. Ammo odamzot ijtimoiy mavjudot sifatida ham oʻlimga 
mahkumdir.
1
Ўша ерда.– Б. 418.


325 
Hozirgi zamon fanida oʻlish jarayonining toʻrt bosqichi farqlanadi. Bu 
bosqichlarga organizmda yuz beradigan va uning qarishini tavsiflaydigan 
orqaga qaytarib boʻlmaydigan biologik oʻzgarishlar sabab boʻladi.
Xususan, 25 yoshdan boshlab va ayniqsa 45 yoshdan keyin insonda har 
kuni u tugʻilgan paytga qadar «jamlangan» va boshqa hech qachon 
yangilanmaydigan oʻn minglab nerv hujayralari (neyronlar) ha‘lok boʻladi. 
Ammo bosh miya qobigʻida bunday hujayralar soni 40 milliardga etadi va 
shu sababli «qariyotgan normal miya uchun bu jiddiy oqibatlarga sabab 
boʻlmaydi, chunki unda yana oʻn milliardlab neyronlar normal faoliyat 
koʻrsatishda davom etadi»
1
.
Amalda insonning hayotni tark etishi u odamlardan oʻzini olib qochib, 
jamiyatdan uzoqlashishi bilan tavsiflanadigan 
ijtimoiy oʻlim
yuz berganida 
boshlanadi. Surunkali giyohvand moddalarini iste‘mol qilish, kasha‘ndalik, 
ichkilikbozlik, oʻz hayotidan doimiy norozilik, yoʻl qoʻyilgan xato va 
jinoatlar oqibatida jamiyatdan ajralish holatlari ijtimoiy oʻlimni bildiradi. 
Soʻngra 
ruhiy
oʻlim yuz beradi, bunda inson hayot tugagani va oʻlimning 
muqarrar ekanligini va oʻz hayoti davomida hech narsaga erisha olmaganini 
anglaydi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish